Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 15

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Demografiya va mehnat bozori 2016 yil I-chorak

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2016 yilning 1 aprel holatiga viloyatda doimiy aholi soni 793,2 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 2,6 kishiga yoki 0,3 foizga ko’paydi.

Aholining tabiiy harakati 2016 yil yanvar-martda quyidagicha ifodalanadi:

 

Kishi

Har 1000 kishiga

2015 y 2016 y o’sish, kamayish 2015 y 2016 y
Tug’ilganlar 3635 3833 198 18,9 19,5
O’lganlar 854 934 80 4,4 4,7
shu jumladan bir yoshgacha bolalar 1000 tug’ilgan bolalarga nisbatan 48 57 9 0,1 0,1
Tabiiy o’sish 2781 2899 118 2,8 2,9
Nikohlar 934 917 -17 4,9 4,7
Ajralishlar 188 227 39 1,0 1,2

 

Tug’ilish darajasi. 2016 yilning yanvar-martida tug’ilganlar soni 3833 kishini tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (3635 kishi) nisbatan 198taga ko’paydi. Tug’ilish koeffitsienti mos ravishda 19,5 promilleni tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (18,9 promille) nisbatan 0,6 promillega
ko’paydi.

Tug’ilish darajasining kamayishi viloyatning Shirin shahrida (18,5 dan 17,2 promillega), Yangier (19,2 dan 18,8 promillega), Sayxunobod tumani (21,7 dan 19,1 promillega), Mirzaobod tumani (21,8 dan 21,1 promillega) tumanlarida kuzatildi.

O’lim darajasi. 2016 yilning yanvar-martida o’lganlar soni 934 kishini tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (854 kishi) nisbatan 80 taga ko’paydi. Mos ravishda o’lim koeffitsienti 4,7 promilleni tashkil qildi (2015 yil
yanvar-martida  4,4 promille).

O’lganlar sonining ko’payishi Yangier shahrida (4,2 dan 4,9 promillega), Sirdaryo (4,5 dan 6,1 promillega), Sardoba (3,8 dan 4,2 promillega) Boyovut (4,4 dan 4,7 promillega), Oqoltin (3,5 dan 4,0 promillega) tumanlarida kuzatildi.

O’lganlar umumiy sonidan 63,5 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,6 foizi – o’sma kasalliklaridan, 7,0 foizi – ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 4,0 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 6,2 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2016 yilning yanvar-martida bir yoshga to’lmagan 57 ta bolalar o’limi kuzatildi. Bolalar o’limi koeffitsienti  0,1 promilleni tashkil qildi (2015 yilning yanvar-martida 0,1 promille).

Bir yoshgacha o’lgan bolalarning umumiy sonidan 53,4 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,0 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 8,6 foizi – tug’ma anomaliyalardan va 17,2 foizi infektsiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli vafot etgan.

Nikohlar va ajralishlar. 2016 yilning yanvar-martida FHDYo organlarida 917 ta nikohlar va 227 ta ajralishlar ro’yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 4,7 ta nikoh (2015 yilning tegishli davrida – 4,9 ta) va 1,2 ta ajralishlar
(2015 yilning tegishli davrida – 1,0 ta) to’g’ri keladi.

Migratsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2016 yilning yanvar-mart oylarida viloyat bo’yicha ko’chib kelganlar soni 1582  kishini, shu davr mobaynida ko’chib ketganlar soni esa 1844 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig’i minus   262  kishiga (2015 yilning shu davrida – minus 69 kishi) teng bo’ldi.

Eng katta minus qoldig’lar Sayxunobod (minus 66), Okoltin (minus 65), tumanlarida kuzatildi.

Aholining tabiiy harakati 2016 yil yanvar-martda quyidagicha ifodalanadi:

15

Mehnat resurslarining soni dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2015 yil yanvar-martga nisbatan 101,4 foizga ko’payib, 467,4 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 59,0 foizini tashkil qildi.

2016 yil yanvar-mart oylarida bandlikka ko’maklashuvchi markazlaridan ish qidiruvchi sifatida ro’yxatdan o’tganlar soni 484 nafar fuqaroni tashkil qildi. Ish qidirib murojaat etganlar Shirin (8 kishiga), Yangter (17 kishiga) shaharlarida, Sayxunobod (20 kishiga), Sardoba (5 kishiga)  tumanlarida ko’p.

Bandlikka ko’maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 419 nafari ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko’rsatkich, Yangier (35 kishi) shahrida, Oqoltin (42 kishi), Boyovut (45 kishi), Sayxunobod (61 kishi), Sardoba    (56 kishi) va Xovos (50 kishi) tumanlarida yuqori darajada bo’ldi.

O’tgan davr mobaynida bandlikka ko’maklashuvchi markazlarida ro’yxatga olingan fuqarolardan 129 nafari ishsizlik maqomini olgan.

Bandlikka ko’maklashuvchi markazlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:

16

 

333

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil 4 chorak

2017 yil yillik

Videolavha
 
Yanvar 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Dek    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  


© 2010-2016 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×