Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 6

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Kichik tadbirkorlik (biznes)

2015 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkor-lik (biznes) sub’ektlarining (dehqon, fermer xo’jaliklarsiz) soni 7222 tani tash-kil qildi. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida yalpi hududiy mahsulotning 73,7 foizi kichik biznes va yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar (2014 yil yanvar-sentyabrida 72,9 foiz) tomonidan ishlab chiqarildi.

Iqtisodiyotda jami bandlikning 79,0 foizi (272,9 ming kishi) kichik tadbirkorlik sektori tomonidan ta’minlangan, shundan band bo’lganlarning katta qismi xususiy sektorda bo’lib 73,0 foiz (252,2 ming kishi)ni tashkil qildi, jum-ladan kichik va mikrofirmalarda 31,8 foiz (109,8 ming kishi)ga to’g’ri keldi.

Kichik biznes sub’yektlari tomonidan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 11,5 foizga o’sdi va 516553,6 mln.so’mni (viloyat sanoat ishlab chiqarishining 31,4 foizi), qishloq xo’jalik mahsuloti hajmi 7,3 foizga o’sib, 1218914,0 mln.so’mni (qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 99,2 foizi) tashkil qildi.

Viloyat iqtisodiyotida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmining 30,5 foizi ya’ni 181310,0 mln.so’m kichik biznes sub’ektlari tomonidan kiritilgan investitsiyalarni tashkil qildi, qurilish ishlarining 98,2 foizi yoki 249723,6 mln.so’m kichik biznes sub’ektlari hissasiga to’g’ri keldi.

Kichik biznes sub’yektlarining avtomobil transportida yuk aylanmasi 6,3 foizga ko’paydi va viloyatda avtomobil transporti yuk aylanmasining 88,3 foizini tashkil qildi. Yo’lovchi aylanmasi esa 7,2 foizga ko’payib, umumiy yo’lovchi aylanmasining 96,7 foizini tashkil etdi.

2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik biznes sub’ektlari tomonidan xizmatlar hajmi 16,7 foizga o’sdi va 517939,4 mln.so’mni (viloyat xizmatlar hajmining 62,0 foizi) tashkil qildi.

Chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 51,8 foizi yoki 484158,3 mln.so’m (o’sish 115,4 foizni tashkil qildi) va aholiga pullik xizmat ko’rsatish umumiy hajmining 33,2 foizi yoki 85780,0 mln. so’m kichik biznesda shakllandi.            2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik biznes sub’ektlari tomonidan 166919,6 ming AqSh dollari miqdorida tashqi savdo aylanmasi va shundan 69254,1 ming AqSh dollari miqdorida eksport, 97665,5 ming AqSh dollari miqdorida import muomalalari amalga oshirilib, viloyat tashqi savdo aylanmasi hajmida 77,0 foiz, jami eksportda 68,7 foiz va jami importda 84,2 foiz ulushni tashkil qildi.

Iqtisodiyot tarmoqlari mahsuloti (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmida kichik tadbirkorlik ulushining o’zgarishi quyidagicha ifodalanadi:

umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida

kichik biznes

         Xususiy tadbirkorlik kichik biznesning asosiy qismini tashkil qiladi. 2015 yilning yanvar-sentyabrida kichik tadbirkorlikda yaratilgan mahsulot (ish, xizmatlar) umumiy hajmida xususiy tadbirkorlik (fuqarolar mulki) sub’yektlari mahsulotining ulushi quyidagicha ifodalanadi:

 Xo'jalik yurituvchi kichik tadbirkorlik sub'yektlari mahsuloti (ish, xizmat) hajmi, mln.so'mKichik tadbirkorlik mahsuloti (ish, xizmat) hajmida xususiy sektor ulushi, foiz hisobida
Sanoat229146,759,9
qishloq xo'jaligi1218914,041,2
qurilish169482,158,2
Chakana tovar aylanmasi300252,257,7
Yuk tashish, ming.tn3393,266,2
Yo'lovchi tashish, ming.kishi13083,788,9
Pullik xizmat18089,283,4
Eksport, ming. AQSH doll.69191,80,09
Import, ming. AQSH doll97665,50,0

 

460

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil 4 chorak

2017 yil yillik

Videolavha
 
Yanvar 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Dek    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  


© 2010-2016 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×