Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 9

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Viloyat tarixi

 Sirdaryo viloyati tarixining manbalarda aks etishi va hududdagi qadimgi. shaharsozlikning arxeologik jihatdan o‘rganilishi tarixi

Sirdaryo viloyati hududi o‘rta asrlarda shimoliy Ustrushona tarkibiga kirgan. Hududning katta qismi cho‘l bo‘lsa-da, u erda rabotlar, karvonsaroylar,  tog‘ oldi hududlarida esa o‘rta asrlarda bir qator qal’a-qo‘rg‘onlar, shaharlar  qad  rostlagan. Ilk o‘rta asrlar Ustrushonasi haqida yozma manbalarda ma’lumotlar kam uchraydi. Xitoy solnomalaridagi ma’lumotlar ko‘pincha geografik jihatdan tavsif berish bilan chegaralanadi. Markaziy Osiyoni VII asr boshlarida kezib yurgan Syuan Szanning yozishicha, Ustrushona podshohlari turklarga qaram bo‘lganlar. Numizmatik ashyoviy dalillarda bu podshohlarning nomlari Chirdmish, Satachari, Raxanch deb keltirilgan.

Ustrushonaning o‘rta asrlar tarixi va tarixiy geografiyasiga oid ma’lumotlar arab tilidagi yozma manbalarida mavjuddir. Ularda aytilishicha,  o‘lka hududi Xo‘janddan Samarqandgacha, Sirdaryo daryosidan va Mirzacho‘ldan to Hisor tizma tog‘larigacha bo‘lgan.

Istaxriy (X asr) ma’lumotiga ko‘ra, Ustrushona hududida «kemalar suzishi mumkin bo‘lgan daryo ham, ko‘l ham yo‘q…Ustrushona chegaralari: g‘arbdan – Samarqand chegaralari; shimoldan – Shosh va Farg‘onaning g‘arbiy qismi; janubdan – Keshning sharqiy qismi, Chag‘oniyon, Shuman, Vashjird va Rasht; sharqdan – Farg‘onaning g‘arbiy qismi» bilan chegaralangan.   Ibn Havqal (X asr) Ustrushonada Arsianiket, Kurket, Gazak, Vagket, Sabat, Zomin, Dizak, Nujikat, Xarakana va Bunjikat shaharlari bo‘lganligini keltiradi.  Havkalning yozishicha, Ustrushona aholisi asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish bilan shug‘ullangan.  Hunarmandchilik ham rivoj topgan bo‘lib, jumladan, Mink va Marsmandada ishlab chiqarilgan temir buyumlari  Xurosonda ham ishlatilgan.

Istaxriy va ibn Havqallarning ma’lumot berishlaricha, Ustrushona poytaxti Bunjikat bir farsax doirasida (6-8 km) bo‘lgan. Uylar va boshqa imoratlar paxsa va yog‘ochdan qurilgan. Shahar ikki qator devor bilan o‘ralgan.  Shaharda saroylar,  uy-joylar, bog‘lar, uzumzorlar, masjid va qamoqxona bo‘lgan.  Shahar devorida to‘rtta darvoza bo‘lib, Zomin, Marsmanda, Nujaket va Kaxlobod yo‘nalishida bo‘lgan.

Ikkinchi yirik shahar Zomin bo‘lib, Farg‘onadan So‘g‘dga olib boradigan katta yo‘l bo‘yida joylashgan.  Arab sayyohi ibn Havkal uning nomi Sarsanda bo‘lganini, u borib ko‘rgan paytda, eski shahar xarobaga aylanganini, bozor va masjid esa yangi shaharga o‘tkazilganligini yozadi. O‘rta asr manbalarida Zomindan keyin Dizak tilga olinadi. O‘rta asrlarda Dizak Feknan rustoqining markazi bo‘lib, aholisi ko‘p edi.  Uning rabotlari  va jundan tayyorlangan kiyimlari mashhur bo‘lgan.

O‘rta asr Ustrushonasidagi boshqaruv tizim  haqida arab muarrixi Xilol as-Sabiy xalifa al-Mu’tasim billoh «Haydar bin Qovusni al-afshin laqabi bilan nishonladi, chunki u ustrushonalik bo‘lgan, al-afshin esa ularning tilida «podshoh» demakdir», degan ma’lumot keltiradi.

Ustrushonaning Buyuk Ipak yo‘lida muhim o‘rin tutganini ham manbalardagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkin.  Arab geograflari tomonidan Sirdaryo viloyatidagi ikkita manzilgoh tilga olinadi. Bular Sabat va Xovosdir. Sabat o‘sha nomdagi rustoqning markazi bo‘lgan. Ibn Hurdodbeh ma’lumotiga ko‘ra, u Zomindan ikki farsax nariroqda, Istaxriy yozishicha esa – uch farsax narida joylashgan. Istahriy, Havkal, YOqut Sabatni Ustrushona shaharlaridan biri  deyishsa, Muqaddasiy va Qudamiy uni katta qishloq bo‘lgan deb hisoblashadi. «Ustrushonaning bosh shahri (Bunjikat) va Sabat oralig‘i…uch farsax» bulganini Istaxriy keltiradi. Arab manbalarida yozilishicha, Sabatdan katta ariq oqib o‘tgan, uni bog‘lar o‘rab turgan. Usti yopiq bozorlari bo‘lgan.

O‘rta asr manbalarida tilga olingan yana bir manzilgoh Xovosdir. Xovos ham o‘sha nomdagi rustokning markazi bo‘lgan bo‘lsa-da, manbalarda faqat karvon yo‘llari chorrahasidagi manzilgoh sifatida tilga olinadi.  Xususan Ibn Havkal Xovos yo‘li haqida: «Agarda kim Zomindan Xo‘jandga Xovos yo‘lidan bormoqchi bo‘lsa, uning yo‘lida Qurkat uchraydi», “Xovosdan ash-Shosh daryosi qirg‘og‘igacha 9 farsax, so‘ngra ko‘prikdan Banokatga o‘tiladi”, deb tilga olgan. Bu yo‘l Qudama tomonidan ham tavsiflab, “Xovosdan Shosh daryosigacha 5 farsax, keyin ko‘prik bo‘ladi. Bu to‘xtash joyidan…Banokatgacha 14 farsax”, deb keltiradi. Xovosning shahar bo‘lmaganligi uchun manbalarda ko‘p tilga olinmaydi. XIII asr muarrixi YOqut «Xovos – Ustrushonadagi qishloq”, deydi.

Shu tariqa o‘rta asr yozma manbalarida ma’lumotlarning kamligi shuni ko‘rsatadiki, mualliflar Xitoyning Farg‘ona orqali O‘rta Osiyodagi Samarqand, Buxoro,Toshkent singari yirik shaharlar bilan bog‘lab turuvchi Buyuk Ipak yo‘lidagi katta shaharlarni batafsil tavsiflab berishga katta e’tibor berib,  karvon yo‘llarida uchragan boshqa shahar va qishloqlar haqida kam to‘xtalib o‘tganlar.

Arxeologiya mustaqil fan bo‘lsa-da,  doimo tarix fani xizmatida bo‘ladi. Qadimgi, antik va o‘rta asrlar tarixini mukammal bilish uchun  arxeologik izlanishlar natijalari bilan tanishish kerak bo‘ladi. Qadimgi va o‘rta asrlar tarixiga oid ma’lumotlarning ancha qismi arxeolog olimlarning murakkab faoliyatining natijasidir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

1984 yildan boshlab  viloyat hududida  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Sirdaryo otryadi  ishlagan. Unga arxeolog A.A.Gritsina rahbarlik qilgan bo‘lib, bir qator yillar mobaynida  cho‘l hududlari, tog‘ oldi vodiylarini o‘rgandi, Xovos, Sabat, Zominda arxeologik qazishmalar olib bordi.  1992 yilda A.A.Gritsinaning «Sirdaryo viloyatidagi arxeologik yodgorliklar» nomli monografiyasi chop etildi.1  Unda  mintaqaning antik, o‘rta asrlar davri  tarixiga oid  manbalar, afsonalar, arxeologik izlanishlar natijasida aniqlangan yodgorliklar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, Guliston davlat universiteti Sirdaryo viloyatidagi yagona oliy o‘quv yurti bo‘lib, tarix yo‘nalishi dasturiga maxsus kurs sifatida voha tarixini  chuqurroq o‘rganish  maqsadida  Umumkasbiy fanlar blokidagi Talaba tanlovi bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar tarkibiga (3.16.07) O‘lka moddiy madaniyati tarixi kursi kiritilgan.  Bu borada, fikrimizcha, aynan arxeolog olim A.A. Gritsinaning monografiyasi qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun ham bu kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilish kerak, deb o‘ylaymiz. Kitobda  Shimoliy Ustrushonaning tarixiy-arxeologik ocherki bayon qilingan bo‘lib, Sirdaryo viloyatining arxeologik xaritasi, Shimoliy Ustrushona tarixining manbalarda yoritilishi aks ettirilgan.

«Sirdaryo viloyatidagi arxeologik yodgorliklar» monografiyasida A.A.Gritsina yodgorliklarni topografik jihatdan ikkita – shimoli-sharqiy (Sirdaryobo‘yi) va janubi-g‘arbiy (cho‘l va tog‘ oldi) zonalariga bo‘lib o‘rganadi. Birinchi zonada Mirzacho‘ldagi yodgorliklar kiritilgan bo‘lib, u iqtisodiy jihatdan Toshkent mintaqasiga bog‘langan edi, ma’lum tarixiy bosqichlarda esa Choch tarkibiga kirgan. Ikkinchi zona – Ustrushonaga oid bo‘lib, ular  mintaqadagi yirik suv manbalariga bog‘langan Sho‘rbuloqsoy, Xo‘jamushkentsoy, Mo‘g‘olsoy, Tag‘obsoy va Sarmichsoy guruhlariga bo‘lib o‘rganilgan.  Har bir guruhda  shahriston yoki yirik manzilgoh  bo‘lib,  u ma’lum bir rustoqning markazi bo‘lgan va uning atrofida  mayda manzilgohlar joylashgan edi.

A.A.Gritsina Sirdaryo guruhiga oid 11 ta, Sho‘rbuloqsoy guruhiga oid 16 ta, Xo‘jamushkentsoy guruhiga oid 48 ta,  Mo‘g‘olsoy guruhiga oid 9 ta,  Tag‘obsoy guruhiga oid 30 ta, Sarmichsoy guruhiga oid 8 ta yodgorliklar va bir qator qo‘rg‘onlarni arxeologik va topografik  jihatdan qisqacha tavsiflab bergan.  Umuman olganda, A.A.Gritsinaning kitobida keltirilgan ma’lumotlar Sirdaryo viloyati hududidagi yodgorliklar haqida ma’lumotlarning dastlabki majmui desa bo‘ladi. A.A.Gritsina tomonidan  tilga olingan yodgorliklarni o‘rganish, arxeologiya ishini o‘rganib, bo‘lg‘usi arxeologik  tadqiqot ishlarida ishtirok etishni, viloyat hududida mavjud yodgorliklarni asrab-avaylashni yo‘lga qo‘yishni tashkil etish lozim, deb o‘ylaymiz

 

Sirdaryo Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik, davlat suverenitetini qo‘lga kiritishi bilan o‘lkamiz tarixini yanada chuqurroq o‘rganishda yangi imkoniyatlar yaraldi, o‘tmish tariximizni, ajdodlarimiz yaratgan madaniyatni tadqiq etish imkoni tug‘ildi.  Ma’lumki,  mustabid tuzum davrida Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi sho‘rolar davri, partiya rahnamoligi bilan  bog‘lab kelindi.  Aslida Mirzacho‘l atrofida antik davrlardan o‘troq hayot shakllanib, urbanistik jarayonlar shakllangan.

Mirzacho‘l urbanizatsiya jarayonlarining rivojlanishida yunon-makedonlar talofati ta’sirining susayishi va  Buyuk Ipak yo‘li muhim ahamiyat kasb etdi. Mil.av. II asrda Xitoyni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi savdo yo‘li Ustrushona davlatiga qarashli bo‘lgan Mirzacho‘lning janubiy qismidan o‘tib, Samarqand shahriga borgan. Qadimgi Mirzacho‘l hududidagi shaharlar janubida aloqa-savdo yo‘llari bo‘ylab joylashgan bo‘lib, ularning rivoji aloqa-kommunikatsiya tizimi rivojiga mos ravishda borgan. Buni biz Xo‘jand – Jizzax yo‘nalishida ilk o‘rta asrlarda yirik savdo va ishlab chiqarish markazlari bo‘lgan Savat, Jizzax, Xovos, Kurkat, Bunjikat kabi shaharlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Shu tariqa O‘rta Sirdaryo havzasida yangi davlatchilik boshqaruvi vujudga keldi.

Miloddan avvalgi II va milodiy IV asrlarda qang‘arlar hukmronligi davrida Mirzacho‘lning atrofi va tog‘ oldi havzalarida mahalliy aholi va ko‘chmanchi chorvadorlarning o‘troqlashuvi hisobiga aholi ko‘payib boradi. Ilk o‘rta asr shaharlari – ularning atrofidagi qal’a-qo‘rg‘onlar hisobiga o‘sdi. Bunda Buyuk Ipak yo‘li savdosi muhim o‘rin tutgan.

Somoniylar davridagi siyosiy mo‘‘tadillik, iqtisodiy rivojlanish sababli Mirzacho‘l shaharsozligi rivojlanib bordi.  Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan hududlarda yangi erlar o‘zlashtirilib, karvonsaroy, qal’a-qo‘rg‘on va shaharlarda aholi o‘troqlasha boshladi.

Nurota (Xushkat) IX-XI asrlarga oid yodgorlik, Sayxunobod tumani, Sholikor jamoa xo‘jaligi xududida, Sirdaryo bo‘yida joylashgan. Shahar xududida 40-45  gektarni  tashkil etgan, o‘zlashtirish davrida bir qismi ekin ekiladigan erlarga qo‘shib yuborilgan, bir qismi ustida zamonaviy qishloq joylashgan, qolgan 7,5 gektari esa qabriston uchun ajratilgan.

Mazkur shahar IX asr oxirlarida, Sirdaryoning o‘ng sohilidagi Binokent shahriga karvonlar o‘tuvchi, qo‘rg‘on qo‘nalg‘a sifatida vujudga kelgan. Bu  erdagi hayot to XI asr birinchi yarmiga qadar davom etgan. Ikkinchi shahar hayotining rivojlanishi mo‘g‘ullar istilosidan keyinga davrga to‘g‘ri keladi. Shahar o‘rta asrlar davrida Xushkat nomi bilan yuritilgan.

Nurota shahar yodgorligidan topilgan sopol buyum qoldiqlari, numizmatik (tangalar) topilmalar shaharning Shosh (Choch) bilan uzviy aloqada bo‘lganligini isbotlaydi. Ikkinchi tomondan esa mazkur shahar Ustrushona shaharlari aynan, samoniylarning Kultepa (Sovot) shahri bilan uzviy aloqada bo‘lganligini ashyoviy dalillar ko‘rsatadi. Shahar xarobalarining tashqi qo‘rinishdan markaziy minora bo‘lganligi, shahar shimolidan janub tomon markaziy bo‘lgan. Shaharning asosan taraqqiysiga Movarounnahrning janubiy viloyatlarini   shimol bilan birlashtiruvchi karvon yo‘li katta rol o‘ynagan. Arab geograflari ma’lumotiga ko‘ra bu yo‘l Xovos orqali o‘tgan. Ibn Xurdodbek ma’lumotiga ko‘ra Xovosdan ash-Shosh daryosi bo‘yigacha 9 forsax. Keyin esa Binokent ko‘prigidan  o‘tiladi.

O‘lkamizning qadimiy tarixini o‘rgangan arxeolog olim A.A.Gritsinaning fikriga ko‘ra Binokent shahri qarshisida IX asrda avval daryodan o‘tish hududi, karvonsaroy Chochda shu davrda mavjud bo‘lgan sopol buyumlar bu erdan topilgan. Keyinchalik karvonsaroy atrofida shahar shakllangan.

Shaharga qadar Sho‘rko‘l yaqinida Uchyog‘och, Mirza-Rabot degan joyda, va Guliston tumani «Boyovut» shirkatlar uyushmasida Kallatepa degan joylarda, karvonlar to‘xtab o‘tishi uchun karvonsaroylar bo‘lgan. Mazkur xududlarda qadimshunos olimlar M.E.Masson, YU.F.Buryakov va rus tarixchisi V.F.Karavaevlar karvonsaroylar qoldig‘i  ko‘rganliklarini yozib qoldirishgan. Arab geograf sayyohi Kudama ham o‘z davrida mazkur karvonsaroylar haqida yozib qoldirgan.

Xushkat (Nurota) shahrining vujudga kelishi Samoniylar davlatining shakllanishi va yuksaklishi bilan uzviy bog‘liqdir. YAngi bir davlatning yangi iqtisodiy yuksalishi sababli vujudga kelgan shahar, shu Samoniylar davlati tannazuli bilan, Nurota shahri ham asta sekin xarobaga aylanib borgan. X asrning yarmidayoq Sirdaryoning yuqori oqimida karvonlarning yangi bir o‘tishi joyi shakllanishi bilan Xushkat shahri o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.

Mirzacho‘lda rus qishloqlarining vujudga kelishi va aholi demografiyasi 

Qadimdan Mirzacho‘l deb  ulkan tog‘lar orasida joylashgan  tekslikni aytishgan bo‘lib, bu tekislik  Sirdaryo daryosining chap qirg‘og‘ida, uning o‘rta oqimida, janubda Turkiston tog‘ tizmasi va g‘arbda Biliqliqtov tog‘ tizmasi hamda Qizilqum sahrosi oralig‘ida joylashgan.  Mirzacho‘l Toshkentdan 70 km masofadan boshlanadi. Bu hudud  rejada uchburchak shaklida ko‘rinib,  uning cho‘qqisi  Chordara hududida, asosi esa Turkiston tog‘ tizmasiga tutashdir. Hududning eng janubiy qismi  Turkiston tog‘ tizmasiga tutash tog‘oldi tekislik bo‘lib,  hozirgi Janubiy Mirzacho‘l kanalidan yuqoriroqda joylashgan va odatda Jizzax cho‘li deb ataladi.

Ko‘rsatilgan chegaralardagi erlarning umumiy maydoni 1,1 million gektarga teng bo‘lib, shundan Mirzacho‘lning o‘zi 850 ming gektarni egallagan edi.

XIX asr o‘rtalariga kelib, Mirzacho‘l  less-suglinka tuproq bilan qoplangan  jazirama sahroni eslatardi. Uning yuzasining ayrim qismlari sho‘rlangan bo‘lib, oppoq tuzi  quyoshda yarqirab turardi, suv kamdan-kam uchrab, hayot deyarli yo‘q edi.  Faqat karvon savdo yo‘llarining goh u eri, goh bu erida  quduqlar va sardobalar mavjud bo‘lgan.

Bahorda cho‘l jonlanib,  uning yuzasi  yam-yashil o‘simliklar va qip-qizil qizg‘aldoqlar bilan qoplangan.

Chor Rossiyasi istilosi davrida Mirzacho‘l kimsasiz sahroni eslatardi. Shu boisdan ham dastlab Qirg‘iz cho‘li deb atalib kelgan cho‘lni ruslar “Golodnaya step”, ya’ni “Ochofat cho‘l” deb atay boshladilar. Rus olimlaridan cho‘lni birinchilar qatori tadqiq etgan o‘lkashunos olim Semyonov-Tyanshanskiy “Turkiston o‘lkasi” nomli kitobida Mirzacho‘l haqida quyidagilarni yozgan edi:”YOz paytida Ochofat cho‘l quyoshda kuydirilgan sap-sariq tekislikdan iborat bo‘ladi, jazirama issiq va yuzada hayot asoratlarining butunlay yo‘qligi cho‘lning nomi topib qo‘yilganligidan dalolat beradi. May oyidayoq o‘t-o‘lanlar sarg‘aya boshlaydi, ranglar xiralashadi, qushlar uchib ketadi, xatto toshbaqalar inlariga kirib ketadi va cho‘l yana quyoshda qovurilgan, jonsiz kenglik qiyofasiga kiradi…”  Bu haqda V.F.Karavaev ham 1914 yilda yozgan edi.

Sirdaryoga tutash bo‘lgan Mirzacho‘lning shimoliy va shimoli-sharqiy qismlari tarixiy sharoitlarga binoan  eski sug‘orish zonasi deb atalgan. Bu hudud Chirchiq, Oxangaron va Sirdaryo daryolarining qadimgi qumloq va toshloq  allyuvial qatlamlarida joylashgan bo‘lib,  usti lyoss-suglinka va supeslar  bilan qoplangan (quvvati 1 dan 40 m.gacha). Bu hududda er yuzasiga kichik qiyaliklar xosdir.

Mirzacho‘lning janubiy qismi  prolyuvial qiya tekislik bo‘li, ushbu landshaft uchun xarkterli  er yuzasi kiyalikka ega va  mayda tosh qatlamlari hamda loyqa porodalar qatlamlaridan iborat.  Shimolga tomon qiyaliklar  asta-sekin  tekislanib boradi,  siniq porodalar qatlami  tuproqqa cho‘kib, singib boradi  va undan keyin esa qum, suglinka va loyga o‘tadi1.

Tarix taqozosi bilan shunday holga kelib qolgan cho‘lga e’tibor chor Rossiyasi ma’murlarini qiziqtirib qoldi. Bu qiziqish Turkiston ahlining tub manfaatlariga xizmat qilish uchun emasdi, albatta. Rossiyada kapitalizmning rivojlana boshlagani, to‘qimachilik sanoati uchun o‘z xususiy paxta manbaiga ega bo‘lishni taqozo etardi. O‘sha paytlarda to‘qimachilik korxonalarida ishlatilayotgan paxta xomashyosining 80 foizi Amerikadan keltirilar, amerikaliklar yil sayin paxta narxini oshirar, etkazib berish shart-sharoitlarini og‘irlashtirardi. Shu boisdan xususiy paxtachilik bazasini yaratish Rossiya uchun birlamchi ahamiyatga molik vazifa bo‘lib qolgandi.

Mirzacho‘lga birin-ketin harbiy suratchilar, loyihachilar, muhandis-texnik mutaxassislar guruhlari jo‘natila boshladi. Harbiy topograf G.A.Aminov boshchiligidagi birinchi guruh 1869 yilning 22 sentyabrida ish boshladi. Shundan so‘ng injener-texnolog N.F.Ulyanov 44 ming gektar erni sug‘orishga mo‘ljallangan loyiha tuzdi.

1873 yilda maxsus komissiya loyihani ma’qulladi. Shu yil bahorda Nurota uezdidan 23 ming, Xo‘jand uezdidan 20 ming ishchi 10 kunga, Toshkent uezdidan 10 ming ishchi ikki haftaga ariq qazishga jalb etildi. Ko‘rinib turibdiki, juda katta hajmda, jami 570 ming ishchi kuni miqdoridagi kuchlar jalb etish mo‘ljallangan. Kanal qurilishga g‘azna mablag‘ ajratishni paysalga solaverganidan qurilish xiyla cho‘zildi. To‘rt yil mobaynida (1874-1878 yillar) kanal qazish ishlarida o‘rta hisobda 7 mingdan kishi qatnashdi. Nihoyat, Turkistonning birinchi general-gubernatori K.P.Kaufman nomi bilan atalgan bu kanal qurilishining birinchi navbati yakunlandi. Biroq jami 13,5 qilometr masofagacha cho‘zilgan ushbu qurilish 1881 yildan e’tiboran butunlay to‘xtatildi.

Oradan o‘n besh yilcha vaqt o‘tgach, anig‘i 1895 yilda Kaufman kanalidagi ishlarni yakunlash uchun konsessiya (ruxsatnoma) so‘rab amerikalik muhandis Fitsyug va moskvalik tadbirkor N.I.Reshetnikovlar rasmiy Peterburgga murojaat etishdi.Ularga izn berilmadi.

1876 yilda Toshkentga surgun qilingan buyuk knyaz N.K.Romanov ulkan daromad manbai bo‘lgan sug‘orish inshootlari qurilishi bilan shug‘ullana boshladi. 1884 yilda Turkistonning o‘sha paytdagi general-gubernatori M.G.Chernyaev unga Kaufman kanali qurilishini yakunlash taklifi bilan murojaat qildi. Biroq Mirzacho‘lga doir barcha tadqiqotlarni diqqat bilan o‘rganib borayotgan knyaz “bu ish juda qimmatga, bir necha million rublga tushajagini bilgani uchun” taklifni rad etdi va o‘z mablag‘i hisobidan yirik sug‘orish tarmog‘i qurish (keyinchalik o‘zlashtirilgan erlarni davlatga topshirish sharti bilan) uchun ro‘xsat so‘rab amakivachchasi hisoblanmish imperator Nikolay II-ga murojaat qiladi va oliy darajadagi ro‘xsatnomani olgach, ishga kirishadi.

Buyuk knyaz tarixiy Buxorariqni tiklashga o‘rinib ko‘rdi. O‘tmishda  yuzlab chaqirim masofaga suv eltgan bu ko‘hna suv inshootiga juda katta umid bog‘lagan edi. 1885-1890 yillarda cho‘lning ichkarisiga qarab 25 kilometrga cho‘zilgan ariq barpo etildi.

1890 yilning 24 sentyabrida Mirzacho‘lga chor Rossiyasining moliya vaziri Vishnegradskiy tashrif buyurib, knyazning Buxorariq bo‘yicha ishlarini ko‘zdan kechirdi va uning shaxsiy harajatlariga qo‘shimcha davlat g‘aznasidan 100 ming rubl ajratishni lozim topdi. Bu mablag‘ ishlarning qisman bo‘lsada, tezlashib ketishida muhim omil bo‘ldi.

Sirtdan o‘ta xalqparvar ko‘ringani bilan botinan o‘ta rusparast bo‘lgan buyuk knyaz o‘zining Mirzacho‘lga suv chiqarish borasidagi faoliyati chorizmning Turkiston hududidagi kolonizatsiya siyosatiga xizmat qilajagini yashirmasdi ham. Turkistonning o‘zida ishchi kuchlari oshib-toshib yotganini, ularga qilinadigan harajat ham juda kam bo‘lishini ko‘ra-bila turib, u Rossiyaning turli go‘shalaridan xizmatini tugatgan soldat va kazaklarni, tirikchiligi yurishmagan rus dehqonlarini bu ishga jalb qila boshladi. Natijada cho‘l bag‘rida birin-ketin rus qo‘rg‘onlari paydo bo‘ldi. Buxorariq qurilishi boshlangan joyda ruslarning birinchi aholi punkti – Zaporoje shaharchasi shu tariqa vujudga keldi. Keyinchalik, 1886 yilda Nadejda, 1887 yilda Romanov, 1891 yilda Nikolskoe qo‘rg‘onlari tashkil etildi. 1896-1897 yillarda cho‘lning shimoliy qismida, Sirdaryo sohiliga yaqin joylarda, eski pochta yo‘li yoqalarida yana to‘rtta aholi punkti – Obetovanniy, Verxnevolinsk, Nijnevolinsk va Konnogvardeysk qo‘rg‘onlari barpo qilindi. Ushbu qo‘rg‘onlarga ko‘chirma qilingan ruslar dastlab kanal qazishda, keyinchalik qimmatbaho xomashyo hisoblanmish paxta etishtirishda asosiy ishchi kuchi bo‘lib xizmat qilishlari, asta-sekin Mirzacho‘lning  chinakam egasi, tub aholisi bo‘lib qolishlari lozim edi.

Turkiston o‘lkasida rus qishloqlarining paydo bo‘lishi  oldindan rejalashtirilgan reja asosida olim borilmasdan, balki  “hech qanday tartibsiz, faqat  aynan o‘sha daqiqada  vujudga kelgan ehtiyoj talab qiladigan chora-tadbirlar asosida” olib borildi.  Turkiston o‘lkasi ma’muriyati  voqealar orqasidan haraqat qilib, bu holat qo‘chiruvchilik ishida boshboshdoqlikni vujudga keltirardi.  O‘lkaga kelib, krestyanlar  shu zaxotiyoq  yangi joylarda  birmuncha qulay joylasha olmasdilar;  bunday joylashtirish haqida hatto hech qanday ko‘rsatmalar ham bo‘lmagandi, shuning uchun  ayrimlari  o‘z vatanlariga qaytishga, boshqalar i esa  bir joydan boshqa joyga  o‘tishga majbur edilar.  Bu Turkiston o‘lkasidagi alohida yuqori lavozimdagi mansabdorlarni xavotirga solmay qolmasdi. Ular  o‘zlarining xavfsirashlari haqida harbiy gubernatorlarga krestyanlarning bir joydan boshqa joyga harakat qilishlari yoki qayta ko‘chirilishi  o‘lkada ruslarni mustahkam o‘rnashib qolishiga imkon bermayotganini yozardilar.  1880 yilda Avliyo-Ota uezdli boshlig‘i Sirdaryo viloyati harbiy gubernatorning ruhsatisiz o‘zboshimcha ravishda  krestyanlarga harakat qilish erkinligini taqiqlab qo‘ydi v hatto ularga qayta vatanlariga qaytib ketishlariga ruhsat bermadi. Biroq harbiy gubernator bunday choralarga javoban euzd boshlig‘iga u vatanlariga qaytishni xohlayotgan ko‘chib kelganlarni ushlab turish mumkin emas deb hisoblashini yozdi.

Turkiston o‘lkasidagi alohida mansabdorlarning  krestyanlarni O‘rta Osiyoga ko‘chib ketishini man qilishga urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.

XIX asr 70-yillar oxirigacha ko‘chib kelganlarni joylashtirish to‘g‘risida o‘lka ma’muriyatining hech qanday ko‘rsatmalari yoki farmoyishlari chiqarilmadi, bu esa ko‘chirishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 1881 yil 3 martda general-gubernator ishloqlarga iste’fodagi quyi mansablarni qabul qilish haqida farmoyish chiqardi. Hujjatda ularga  meros mulk sifatida foydalanish huquqi bilan har biriga 7 desyatinadan er berilishi ko‘rsatib o‘tilgan edi.  shuningdek, ushbu erlarni  ijaraga berish man qilingani hamda ular begonalashtirilmasligi ta’kidlangan edi.  Uchastka (er maydoni) olganlarning  barchasi  erga birinchi yildan boshlaboq ishlov berish majburiyatini olgandilar.

Ushbu ko‘rsatma o‘lka ma’muriyatining ruslarni joylashtirish bo‘yicha dastlabki farmoyishi edi.  U hali harbiy xarakterga ega bo‘lib,  iste’fodagi va zahiradagi quyi mansablarni joylashtirishni belgilab bergan edi.  Boshqa qonunchilik hujjati esa  1883 yildagi qoidalar bo‘lib, ular  yangi turkistonlik general-gubernator Chernyaev tomonidan chiqarilgan (chop etilgan) edi. YAngi hujjat  asl ruslashtirish xarakteriga ega edi:  O‘rta Osiyoga faqat kelib chiqishi ruslardan bo‘lgan shaxslarni ko‘chirishga ruhsat berilgandi.

O‘sha davrda er olish tartibi to‘g‘risida K.K.Palen quyidagilarni hikoya qiladi: “Uchastkalar ko‘chib kelganlarga merosiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan, biroq, ular ajratilgan vaqtdan 10 yil o‘tganidan so‘nggina, agar bu muddat davomida u o‘z uchastkasiga yildan yilga uzluksiz ishlov bersa, er uchastkalari ko‘chib kelganning to‘liq mulki bo‘lishi mumkin edi.    Bundan keyin ko‘chib kelgan o‘z uchastkasini kelib chiqishi rus bo‘lgan boshqa shaxsga berishi mumkin edi. Ko‘shchib kelgan vafot qilgan holda, er uning vorislariga xuddi o‘sha cheklovlar bilan o‘tardi. Mazkur qoidalarni chiqarib, Chernyaev ko‘chib kelganlarni o‘lkaga mustahkam o‘rnashtirib olishni hamda O‘rta osiyoda rus ta’sirini mustahkamlash maqsadini ko‘zlagan edi. Ushbu qoidalar ko‘p bilan 1 yilgacha amal qila oldi, xolos. Ularning uzoqqa cho‘zilmaganini shu bilan tushuntirish mumkinki, mahalliy ma’muriyat deyarli umuman yangi qishloqlar ustidan g‘amxo‘rlik qilmasdi. Eng ehtiyojmand oilalarga har doim va o‘z vaqtida ssuda berilmasdi, bu esa ularga qoidaning ikkinchi talabini bajarishga imkon bermasdi. Ayrimlar esa nafaqat 10 yil davomida, balki hatto 2 yil ham dehqonchilik bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olmasdi. YAngi ko‘chib kelganlarning ko‘pchiligi o‘z erlarini tashlab, yangi erlarga ko‘chib ketardi.

O‘sha 1883 yildayoq rus posyolkalarini tuzish   uchun maxsus komissiya tuzilib, unga “krestyanlarni Sir-Daryo viloyatiga joylashtirish qoidalarini ishlab chiqishda ko‘maklashish vazifasi yuklatildi. Ammo komissiya hatti-harakatlari ko‘chiruvchilik masalasini tartibga solishga yordam bermadi va 1885 yil yilda u tarqatildi.

Bu davrda (1886 y.) “Turkiston o‘lkasini boshqarish haqida Nizom” chiqqan edi – bu mohiyat jihatidan o‘lkada krestyanlarni joylashtirish qoidalarini qonunlashtirgan dastlabki qonuniy hujjat edi. Rus krestyanlariga faqat “erkin (bo‘sh) davlat erlariga” ko‘chib ketishga ruhsat berilgan edi. Ruhsat birinchi navbatda Turkiston harbiy okrugining quyi zahiradagi mansablariga berilardi. Ularga shuningdek, quyidagi imtiyozlar berilgandi: “erkin (bo‘sh) davlat erlaridan har bir ishchiga (rabotnik) 10 desyatinadan oshmagan maydonni ajratish; 2) 10 yil davomida davlat er solig‘ini to‘lashdan ozod qilish hamda har bir kishiga 100 rubldan oshmagan miqdorda nafaqa berish. Biroq  ushbu qonun Rossiyada burjuaziya va pomeshchiklar o‘rtasida keskin iqtisodiy ziddiyatlar hukmronlik qilayotgan davrda e’lon qilindiki, bu mustamlakalarda er masalasini hal qilishga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Hukmron sinflardan har qaysisi uni chekka joylarda o‘z foydasiga hal qilishga urinardi. “Nizom”ning o‘zi ham ziddiyatli xarakterga ega edi. U  mahalliy aholi uchun er masalasini hal qilishi lozim edi hamda  rus ko‘chib kelganlarga beriladigan er maydonlarini aniq belgilab berishi kerak edi.  bizga ma’lum bo‘lishicha,  O‘rta Osiyo xonliklarida ularning Rossiyaga qo‘shib olinishidan oldin  er mezonlarini aniqlash jihatidan  yagona fikr hanuz yo‘q. Tarixchilarning bir guruhi hisoblashicha,  xonliklarda erlarning uchta mezoni (kategoriya) ma’lum bo‘lgan: amlok (davlat), mulk (xususiy er egaligi bo‘lib, davlat solig‘i solinmaydigan erlar) va vaqf.   Boshqalarining ta’kidlashicha, erlarning to‘rtta mezoni ma’lum edi6 amlok, mulk, xiroj ( xususiy er egaligi bo‘lib,  hosilning o‘ndan bir qismi miqdorida davlat solig‘i solingan erlar) va vaqf.

O‘lkani Rossiyaga qo‘shib olinishidan keyin chorizxm  iqtisodiy qudratni bosish va feodallarning ijtimoiy mavqeini pasaytirish uchun erlarning barcha mezonlarini (amlok, xiroj, mulk) davlat erlari deb e’lon qildi hamda ularni bevosita ishlov berayotganlarga meros (vorisiy) mulk sifatida taqsimlab bergan. Ko‘chmanchilarning erlari ham davlat erlari deb e’lon qilingan edi va ko‘chmanchilarga muddatsiz foydalanish uchun qoldirildi.  Shu tariqa, “Nizom” (Qoidalar) da  mustamlakachi fondlar to‘g‘riisda lom-mim deyilmagan edi.  Faqat “mavot” (o‘lik) erlar  bo‘sh (erkin) qolgan edi  va ular mustamlakachi fond bo‘lishi mumkin edi. Ammo ularni ko‘tarish uchun katta pul harajatlari talab qilinardi chunki sug‘orish ishlarini o‘tkazish kerak edi.

Sir-Daryo statistik qo‘mitasi kotibi vazifasini bajaruvchi I.I.Geyer o‘zining 1891 yil 20 mayda Sir-Daryo viloyati harbiy gubernatori nomiga yozgan  ma’ruzasida  ma’lumot berishicha: “Ko‘chib kelishga rag‘bat bo‘lib barcha hollarda krestyanlarni o‘rab turgan sharoitlardan noroziligi, ko‘p hollarda bu sharoitlar ko‘pincha iqtisodiy xarakterda bo‘lgan”.

Ko‘chib kelganlarning ko‘payib ketishi o‘lka ma’muriyatini qiyin ahvolga soldi, chunki u ko‘plab odamlarni kutib olishga tayyor emasdi. 1893 yilda Sir-Daryo harbiy gubernatorining hisobotida joylashtirilmagan ko‘chib kelganlar o‘tgan yilda ilgari tuzilgan qishloqlarga joylashtirilgan va shu tariqa 1893 yilda viloyatda yangi posyolkalar paydo bo‘lmagan, deb ta’kidlagan edi. Agar O‘rta Osiyoning Sir-Daryo viloyati kabi asosiy mustamlakachilik viloyatida ko‘chiruvchilik harakatining eng yuqori rivojlangan paytida yangi qishloqlar tashkil topmagan bo‘lsa, demak ma’muriyat o‘z vakolatida erkin erlarga ega bo‘lmay, qarshilik ko‘rsatmaslik yo‘lidan borganligini aytish mumkin. Bu hol doimiy yashayotgan aholini yangi ko‘chib kelganlar  tomonidan siqib chiqarlishiga olib keldi, bu esa, o‘z navbatida,  birinchilarning xo‘jalik turmushiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Barcha ko‘chib kelganlarni birdaniga joylashtirishga imkoni etmagan ma’muriyat ularni taqdir taqozosiga tashlab qo‘ydi. YAngi kelganlar o‘zboshimchalik bilan uchastkalarni egallab olishga majbur bo‘lishdi. Ayrim hollarda bunday o‘zboshimchalik bilan joylashib olish mahalliy  aholi va rus krestyanlari o‘rtasidagi kelishuv asosida amalga oshirilgan. Ayrim hollarda esa so‘nggilari dehqonlar erlarini kuch ishlatish yo‘li orqali egallashgan. Bu hol ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yomonlashuviga olib keldi, va chorizm maqsadlariga to‘g‘ri kelardi, chunki chorizm ruslar va mahalliy aholi o‘rtasida milliy ziddiyatlarni yondirib, shu yo‘l orqali ularning diqqat-e’tiborini  sharoitlarni yaxshilashtirish uchun kurashdan chalg‘itardi hamda bunday hol chorizmga  ham birinchilarni, ham ikkinchilarni cheksiz zulm ostida tutishga imkon berardi.

1893 yilda chor ma’muriyati hatto rus ko‘chib kelganlarga miltiqlar berdi. Ichki ishlar vazirligi qoshidagi maxsus topshiriqlar mansabdori A.A.Polovsevning yozishicha: “Bu miltiqlar odatda ularda eng ko‘rinarli joylarda osig‘lik turardi. Ular nimaga xizmat qiladi degan savolga krestyanlar ular boshliqlar tomonidan “qirg‘izlarni o‘z joyiga solish” uchun berilgani, deb javob qaytarardi”.

Qanday bo‘lmasin, ko‘pchilik ko‘chib kelganlar o‘z eriga ega bo‘lolmadi va ular yirik rus er egalariga, masalan, buyuk knyazga yoki sanoat korxonalari egalariga xizmatkorlik qilishga majbur bo‘lishdi.

Ma’muriyat yordamid joylashtirilgan krestyanlar ham o‘zboshimchalardan yaxshiroq yashamadi. Er uchastkalari ilgari shoshilinch ravishda taqsimlanardi, ularning xo‘jalik uchun yaroqliligi  hisobga olinmagan edi. Tez orada barcha erlarni ham sug‘orib bo‘lmasligi aniqlandi. Suv tanqisligidan ekinlar payhon bo‘la boshladi.

1890-yillar hosilsizligi nafaqat qishloq xo‘jaligiga zarar etkazdi, balki sanoatga ham salbiy ta’sil o‘tkazdi. Tog‘ zavodlarida aholi, ayniqsa krestyanlarning sotib olish qobiliyatining pasayishi natijasida zavod buyumlarini ishlab chiqarish  qisqara boshladi, bu esa ishchilar ahvolini og‘irlashtirib yubordi. Ishsiz qolib, ular oziq-ovqat qidirib ketardilar. Ulardan ayrimlari Turkiston o‘lkasiga kelib qolib, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullana boshlaydi. Asta-sekin o‘troqlashib, ular rus posyolkalarini tashkil etishadi. Keyinchalik hammasi ham O‘rta Osiyoda o‘rnasha olmadi. “Chernyaevskiy qishlog‘iga birinchi bo‘lib Orenburg gubernasidagi tog‘ zavodlartdan ishchilar kelgan edi. Hosilsizlik tufayli zavodlardagi ishlab chiqarish qisqardi, oqibatda ishchilar boshqa tomonda tirikchilik izlashga majbur bo‘lishdi. Ammo kon ishchilari haqiqiy dehqon bo‘lmagan, erga o‘rgnmagan edi; ularga bu erda krestyanlik qilish yomadi, bundan tashqari bezgakli iqlimdan ham og‘ir ahvolga tushgan edilar. Shuning uchun o‘troqlashib qolgan tog‘ ishchilarining katta qismi yana ko‘tarilib, uchastkadan yana konlarga qaytib ketishadi; ularning o‘rnini esa Rossiya dashtli guberniyalaridan ko‘chib kelganlar egallashadi”.

1903 yil 10 iyundagi qonunda ko‘chib kelganlarga ayrim imtiyozlarni beradigan moddalar mavjud edi. Masalan, 8-moddada : “a) dastlabki 5 yil davomida  ular vaqtinchalik obrok solig‘idan va pullik mahalliy hokimiyat idoralari yuklatgan (zemskiy) majburiyatlardan  ozod qilinadilar; ushbu davr o‘tishi bilan  ular vaqtinchalik obrok solig‘ini to‘laydilar, 5 yil davomida bu soliqning yarmini tashlaydilar, pullik mahalliy majburiyatlarini esa 3 yil davomida yarmini to‘lab keladilar, va b) o‘lkaga ko‘chirilgan paytda 15 yoshga to‘lgan shaxslar  6 yil davomida harbiy majburiyatlardan ozod qilinadilar”, deyilgan.

Ko‘chirish tartibi quyidagicha edi. Krestyan o‘z gubernatori orqali ichki ishlar vaziriga iltimosnoma yozardi. Joylardan faqat  bunga ruhsat olingandan keyingina siljishi mumkin bo‘lgan. Shuning uchun krestyan taqdiri ko‘p hollarda vazir fikriga bog‘langan edi. Bundan tashqari,  qonunda  boshqa, ya’ni yaylov va o‘tloq erlar chegaralari aniq belgilanmagan edi, bu esa ko‘chirish davomida er tuzish ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

YAngi qonun chop etilganidan keyin ichki ishlar vaziri nomiga  O‘rta Osiyoga ko‘chib ketish haqida  juda ko‘plab  iltimosnomalar tushdi. Iltimosnomalar nafaqat ichki guberniyalarda yashovchlardan, balki  sobiq Sibirdan ko‘chib     kelganlaridan ham bo‘lgan. Sibirga ko‘chib kelganlaridan keyin ular bu erda o‘z ishlarini tartibga sololmay, butunlay xonavayron bo‘lgan edilar.

Inqilobiy to‘fonlar paytida  O‘rta Osiyoga ko‘chib keluvchilar oqimi yil saiyn  ko‘payib borardi. Ayniqsa u  Stolipin reaksiyasi yuqori nuqtaga kelgan davrda (1900-1910 yy.) juda kuchli bo‘ldi.  O‘sha davrda hukumat krestyanlarni  ko‘chirib kelishga katta umid bag‘ishlagan edi.  Haqiqatda esa  ko‘chib kelganlar oqimining kuchayishi krestyan ommasi ahvolini faqat qiyinlashtirdi, xolos.  O‘zining ko‘chiruvchilik siyosatida markaziy hukumat  o‘lka ma’muriyati tomonidan qarshilik ko‘rsatilishiga uchradi.  Ko‘chirish boshqarmasi va o‘lkadagi mahalliy ma’muriy organlar o‘rtasida doimiy ravishda  O‘rta osiyoda krestyanlarni ko‘chirish va joylashtirish masalasi yuzasidan  kelishmovchiliklar sodir bo‘lardi.  Agar Ko‘chirish boshqarmasi o‘z hisobotlarida  va ma’lumotnomalarida  o‘lkada  ko‘plab erkin er maydonlari borligini tasdiqlashga harakat qilsa, ikkinchilar buning aksini ta’kidlab o‘tardilar.  Fikrlarning bunday qarama-qarshiligi  ijtimoiy (sotsial) negizlarga ega edi: markaziy hokimiyatlar  iloji boricha tezroq  siyosiy jihatdan ishonchsiz bo‘lgan krestyanlardan xalos bo‘lishga intilsa,  mahalliy ma’muriyat, tabiiyki, o‘lkadagi xotirjamlikni buzishi mumkin bo‘lgan odamlarni qabul qilishni xohlamasdi.

Mahalliy aholi erlarini begonalashtirish (musodara qilish) 1916 yilgacha davom etdi. Xo‘jand uezdida u Mirzacho‘lda  sug‘orish tarmog‘ini o‘tkazish bilan bog‘liq edi. Masalan,  Sir-Daryo ko‘chirish rayonidagi   er ajratish-taqsimlash ishlari to‘g‘risidagi 1915 yilga oid hisobotda yozilishicha, Mirzacho‘lda  sug‘orish va  aholini joylashtirish ehtiyojlari uchun 385 199 desyatina tortib olingan edi.  Keyingi yilda  Xo‘jand va Jizzax uezdlaridagi ko‘chmanchi aholi erlarini tortib olish evaziga yangi mustamlakachilik fondini tashkil qilish rejalashtirilgan edi. “Qayd qilinayotgan tortib olingan maydonning Xo‘jand uezdida joylashgan bir qismi so‘nggi vaqtgacha Savat volostidagi qirg‘izlar (128 o‘tov egalari) ning umumiy foydalanishida bo‘lgan. Ular yilning  katta qismida  O‘rta Osiyo temir yo‘lidagi Chernyaevo stansiyasi yonida istiqomat  qilishadi.  Ular 4 bo‘g‘inga bo‘linadilar: Parchayuz, Qo‘qon-qarapchi, Nayman va Turkman hamda  bitta Qarapchi-parchayuz jamoasini, nomi zikr etilgan volostdagi 3 ta ma’muriy ovulni tashkil etadilar”. Shunday qilib, Xo‘jand uezdida mahalliy aholidan 150 671 desyatina er tortib olingan edi.

1914 yil 21 iyundagi qonunga muvofiq Mirzacho‘lning sug‘orilgan erlariga o‘rnashish (zaselenie) maqsadida “rus a’yonlaridan barcha nasroniy mazhablardagi, tabaqaviy farqlanishsiz, ma’lum moddiy ta’minotga ega bo‘lganlar” jo‘natilar edi.

Shu tariqa chorizmning ko‘chiruvchilik siyosatida ikkita asosiy bosqichni ajratish mumkin: XX asr boshigacha va XX asr boshlaridan to 1917 yil fevralidagi ikkinchi rus inqilobigacha. Birinchi bosqichning xarakterli xususiyati joylarda aholi ortiqchasini ushlab qolishdan iborat edi.

90-yillarda Rossiya imperializm davriga kirgan edi. Bir tomondan, qishloq xo‘jaligiga kapitalistik munosabatlarning yanada kirib borishi, krestyanlik sinfiy differensiatsiyasining kuchayishi, boshqa tomondan krestyan harakatining kuchayishi hukumatni qiyin ahvolga soldi. Chor hukumati o‘sha paytda siyosiy jihatdan ishonchsiz bo‘lgan krestyanlardan xalos bo‘lishga urinardi. Ko‘chiruvchilikdan burjuaziya ham manfaatdor edi. Biroq ko‘chirishga qarshi keng miqyosda pomeshchiklar chiqqan edi. Ikkala hukmron sinfnning manfaatlariga mos keluvchi kompromiss echimni topishga intilib, samoderjavie ko‘chiruvchilik siyosatida ikkilanish belgilarini namoyon qiladi.  Dastlabki vaqtda O‘rta Osiyoga nisbatan chorizm harbiy-strategik xarakterdagi siyosat tutdi. O‘lkani ko‘chiruvchilik uchun rasmiy ravishda yopilishigacha (1897-1898) hukumat intilishlari asosan bosib olingan joylarda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashga qaratilgan edi. Shuning uchun xam XX asr boshlarigacha O‘rta Osiyo hali ortiqcha aholini ko‘chirish uchun platsdarm sifatida qaralmagan edi. O‘lkada rejali mustamlakalashtirish olib borilmagan. Ko‘pchilik posyolkalarning paydo bo‘lishi ko‘chib kelganlarning xohishi yoki alohida ma’murlar faoliyatiga bog‘liq edi. YAngi posyolkalarni rivojlantirish uchun hech qanday ma’muriy yoki xo‘jalik choralar ko‘rilmagan edi. O‘lka oliy ma’muriyati o‘zboshimchalik bilan paydo bo‘lgan rus posyolkalariga (ayniqsa Mirzacho‘ldagi) hech qanday e’tibor bermagan. shuning uchun u erda aholining katta oqimi  kuzatilgan. Faktik jihatdan krestyanlarning huquqsizligi ularning moddiy ahvolida o‘z aksini topgan. Ularning ko‘pchiligi uzoq vaqt davomida bir joyda yashab, o‘z xo‘jaligini ko‘tara olmasdi.

O‘rta Osiyoga  ko‘chib kelganlar oqimining kuchayishi, joylashtirilmagan krestyanlarning juda ko‘plab yig‘ilib qolishi o‘lka ma’muriyatini juda qo‘rqitib yubordi. O‘lkani ko‘chib kelganlar uchun rasmiy ravishda yangidan yopish haqidagi masala ko‘tarildi hamda bir qator shoshilinch qarorlar qabul qilindi. Jumladan, 1906 yilda Sir-Daryo partiyasi degan tashkilot tuzilib,  uning vazifasi yangi posyolkalarni tashkil etishdan emas, balki faqat tadqiq etishdan iborat edi. Partiya ishi unda etarlicha shtat bo‘lmaganligi tufayligina muvaffaqiyatli amalga oshirilmadi.

Ikkinchi bosqichda chorizm  ko‘chiruvchilik siyosatining o‘ziga xos xususiyati shu bo‘ldiki, u mashhur stolipin islohotlariga asoslangan edi ( eng ishonchsiz krestyanlarni chekka joylarga  ko‘chirishga, xo‘jaliklarning otrubli* va xutorli turlarinmi tuzishga va hokazolarga). Biroq O‘rta Osiyoda xo‘jaliklarning bunday turlari faqat 1910 yildan boshlab tashkil etilgan,  Xo‘jand uezdidagi Mirzacho‘lda esa – 1913 yildan keyin tashkil etilgan. Bunda ularning tashkil topishi Rossiyadagi tajriba sigari jamoa xo‘jaliklarini buzish yo‘li blan emas, balki erkin davlat erlari deb nomlangan erlar hisobiga olib borildi.

Samoderjaviening ko‘chiruvchilik siyosati asl reaksion bo‘lib, markazdagi inqilobiy chiqishlarning eng inqilobiy kayfiyatdagi krestyanlarini chekka joylarga ko‘chirish yordamida susaytirishga, pomeshchik er egaliklarini saqlab qolishga qaratilgan edi. Chekka joylardagi aholini ommaviy tarzda talon-taroj qilishga asoslangan, Rossiyadagi krepostnoylik qoldiqlarini saqlab qolishni maqsad qilib qo‘ygan. “Bo‘lib ol va hukmronlik qil” siyosatidan kelib chiqib,  chor hokimiyatlari rus kelgindilari va erli aholi o‘rtasidagi milliy ziddiyatlarnini yondirshga harakat qilardilar.

Bunga qaramasdan, O‘rta  Osiyoda, jumladan, Xo‘jand uezdida ham, rus posyolkalarining paydo bo‘lishi progressiv ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta jihatda o‘z ifodasini topgan: iqtisodiy, siyosiy va madaniy. Umuman, ko‘chiruvchilik harakatining ob’ektiv progressiv ahamiyati to‘g‘risida gapirganda, shuni ta’kidlab o‘tish joizki, u O‘rta Osiyodagi mahalliy xalqlarni nafaqat rus xalqi bilan, balki Rossiyadagi boshqa xalqlar bilan ham yaqinlashuviga turtki bo‘ldi.

*****

Mirzacho‘l — nomining kelib chiqishi 1900 yilga borib taqaladi. Toshkentlik bir boy 1900 yilda cho‘lga suv chiqarib ekin ekkan. Uning ismi Mirza bo‘lib, u mardikorlarni olib kelib, ishlatgan. Ekinlar yaxshi bo‘lgani uchun boy mardikorlarga yaxshi haq to‘labdi. Buni eshitgan odamlar har tomondan ko‘chib kela boshlabdilar. Odamlar ko‘chib kelayotgan kishilarga «qaerga ketayapsizlar?» deyishsa, «Mirzaning cho‘liga ketyapmiz», deb javob berishar ekan. Uning ekkan qovun-tarvuzlari shahar bozorlarida yaxshi sotilar ekan. «Bu mahsulotlar qaerdan keltirilgan?» desalar, sotuvchilar «Mirzaning cho‘lidan», ya’ni Mirzacho‘ldan deb aytishar ekan. Shundan so‘ng bu erga Mirzacho‘l nomi berilgan ekan. YAna boshqa ma’lumotlarga ko‘ra cho‘lda birinchi o‘zlashtirish boshlanganida erlar haydalib, o‘zlashtiriladigan erlarga marza tortilgan ekan (marza — tuproq uyumidan tortilgan chegara). Xalq shu erlarni marza tortilgan er deb atalgan. Keyinchalik bu erlar «Marzacho‘l», talaffuzda buzilib  «Mirzacho‘l» bo‘lgan, deyiladi.

YAna ayrimlari Mirzacho‘l degani qup-quruq , «och cho‘l» degani deyishadi. Uni bu erga kelgan ruslar “Golodnaya step” deb ataganlar.

Mirzacho‘l 1917 yilga qadar Samarqand viloyatining Xo‘jand uezdiga qarashli bo‘lib, keyinchalik, Turkiston Avtonom Respublikasi — Golodnostepskaya uezdiga o‘gdi. Mirzacho‘l 1923 yili qo‘rg‘on, 1925 yili tuman deb e’lon qilindi.1 Mirzacho‘l 1948-50 yillarda shahar tipidagi ko‘rg‘on nomini olib, 1952 yilga kelgach, shahar nomiga ega
bo‘ldi.

Xozirgi kunda Mirzacho‘l nomi bilan Sirdaryo viloyati
Mirzaobod tumanidagi birgina posyolkaga Mirzacho‘l nomi
berilgan.

YUqorida keltirilgan Mirzacho‘l shaharcha-qo‘rg‘on deyilgani bu hozirgi Guliston shahriga aylangan.

Sabot (Savot) — Xovos tumanidagi qishloq. Hozir YAngiobod  tumaniga qaraydi.  Bu qishloq tarixiy joy bo‘lib, katta savdo yo‘li ustida joylashgan. Bu nom arab geografi Ibn Havkal, Istaxriyn va Maqdisiy asarlarida tilga olinadin. Sabot — arabcha nom bo‘lib, «yom», «bekat», «karvonsaroy» demakdir.

To‘pak — Mirzaobod tumanidagi qishloq. O‘zbek urug‘laridan bo‘lgan parchayuz urug‘ining bir bo‘lagi to‘pak deb atalib, nom shundan olingan.

So‘fi qishloq – Mirzaobod tumanidagi qishloq bo‘lib, qishlokda dinga berilgan so‘filar ko‘p bo‘lgani uchun qishloq keyinchalik xalq orasida shu nom bilan atalgan deyiladi.

Qorasiyroq – Mirzaobod tumanidagi qishloq nomi bo‘lib, parchayuz urug‘ining bir bo‘lagi. Qishloq axolisining ko‘pchiligini shu urug‘ vakillari tashkil etadi. «Siyroq» — «yuz», «bet» degan ma’nolarni bildiradi. Urug‘ boshlig‘i yuzi qora bo‘lgani uchun «siyrog‘i qora», «Qorasiyroq yigit» deb chaqirilgan. Shundan so‘ng ushbu nom keng ommalashib qishloqa ham aynan shu nom beriladi.

Beshqo‘sh — Mirzaobod tumanidagi kishloq bo‘lib, o‘zbek urug‘laridan birining nomi. Asosiy aholisi “besh qo‘sh” urug‘idan bo‘lgani uchun ushbu qishloq nomini olgan. Bu erda yashovchi aholi asosan Zomin tog‘laridan ko‘chib kelgan.

Sirdaryo viloyati markazi bo‘lgan bugungi kundagi o‘z chiroyini ko‘rsatib rivojlanishi sari ildam borayotgan  Guliston shahri, ya’ni Guliston nomining kelib chiqishi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Guliston shahri XVI asrdan e’tiboran Achchiqko‘l nomi bilan ma’lum.1

Guliston — Sirdaryo viloyati markazi va tuman nomi. Mirzacho‘l erlari gulistonga aylantiriladi, degan maqsadda xalqimiz halol va tinimsiz mehnatlari evaziga cho‘lda kanallar qazib, suv  chiqarib, taqir erlarni bog‘u-bo‘stonga aylantirishdi, o‘nlab kishloq va shaharchalar bunyod etishdi. Mirzacho‘lning markazi sanalgan va avval Mirzacho‘l stansiyasi deb yuritilgan joyga, ya’ni 1959 yili sobiq Mirzacho‘l shahriga Guliston nomi berildi.2

Guliston shahri 1923 yil Mirzacho‘l aholi qo‘rg‘oni edi.
1952 yilda shahar maqomini olib, 1901 yil 8 mayda Guliston
shahri deb atalgan. «Do‘stlik» mahallasi, sobiq
«Oktyabr» kolxozi o‘rnida 1992 yil 27 yanvar kuni tashkil
topdi.3

«Guliston shahrining bugungi kunda o‘z nomiga munosib tarzda chiroy ochib, tobora ko‘rkamlashib borayotganini alohida e’tirof etmoqchiman»,- degan edi Prezidentimiz I. Karimov 1990 yil 5 martda Guliston shahrini Sirdaryo viloyati markazi sifatida tiklashganida.

Paromovul —Guliston tumanidagi qishloq nomi. Bu qishloq daryo bo‘yida joylashgan bo‘lib, daryodan kechib o‘tish uchun parom shu kishloqqa nom tariqasida qo‘yilgan. Qishloq shuning uchun ham Paromovul deb yuritilgan. Juvonsiyroq – Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi qishloq nomi. Juvonsiyroq – etnonim: aynan «pochasi yo‘g‘on» degan ma’noni bildiradi.

Obitavon — Sayxunobod tumanidagi qishloq nomi. XIX asr oxirlarida Rossiyadan ko‘chib kelgan ruslar tomonidan bunyod etilgan bo‘lib, «Obetovanniy» (obetovannaya zemlya) — «orzu qilingan er» deb atalgan. Keyinchalik maxalliy xalq uni Obitavon deb o‘zlashtirib olgan.

Sho‘ro‘zak — Sayxunobod tumanidagi qishloq va ariq nomi. O‘zak so‘zidan tarkib topgan. Xususan suv joy nomlari o‘rnida o‘zak, o‘qo‘zak (daryocha) so‘zining o‘zgarishidan paydo bo‘lgan.

Sardoba — Sirdaryo viloyati Oq Oltin tumani markazi
bo‘lib, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida ham Sardoba
qishlog‘i bor. «Sardoba»-tojikcha sard-sovuq, ob-suv
so‘zlaridan hamda ot yasovchi -a qo‘shimchasidan tarkib topgan
bo‘lib, «muzdek suv saqlanadigan joy» degan ma’noni
bildiradi. «Sardoba» asli suv inshooti nomi. Oqar suvi
bo‘lmagan joylarda usti gumbazsimon qilib yopilgan, tagi va
devorlari tosh, g‘ishtdan terilgan, suv kiradigan teshigi,
ustida mo‘risi va suvidan foydalanish uchun odam kirib
chiqadigan maxsus joyi bo‘lgan kadimiy suv havzasi Sardoba
deb yuritilgan.

Qamariston – Sirdaryo shahridagi yashash shaharchasi. Tarixdan bexabar bo‘lganlar uni komar, ya’ni chivinlar makoni deydi. Aslida esa bu erda bo‘lgan ko‘l suvi sathidan oy qamar aks etib turgani uchun bu shaharcha Qamariston deb ataladi.

Baxt shahri 1913 yilda O‘rta Osiyo temir yo‘li ustida
dastlab bekat, so‘ngra Veliko-Alekseevsk nomli aholi qo‘rg‘oni sifatida shakllandi. 1961 yil 11 oktyabrdan boshlab Baxt nomi bilan ma’lumdir. 1995 yilda 22 dekabrda shahar maqomiga loyiq deb topildi.1  

YAngier shahri tarixi 1957 yil 15 martdan boshlangan. YAngier cho‘lquvarlar shahri sifatida nom taratgan.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, sho‘ro
tuzumidan qolgan eskn nomlar o‘rniga yangi mazmunli joy
nomlariga almashtirildi. Bu ham mustaqillikning mevasi,
o‘zimizga xos, o‘zimizga mos, yashab turgan joyimizning nomini
tanlash imkonini yaratganligining yaqqol misolidir.

Joyga nom berish jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarining taraqqiyot darajasiga bog‘liq. Shu erdagi kishilarning asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lsa, joy bir xil, dehqonchilik bo‘lsa, ikkinchi xil, sanoat bo‘lsa, uchinchi xil nom olishi mumkin. Shunday qilib, nom joyining xususiyatlarinigina emas, balki shu nomni qo‘ygan jamiyatning xususiyatlarini ham aks ettiradi. Joy nomlarini tahlil qilayotganda ana shu muhim qoidalarni nazarda tutish zarur, bu qoida toponimikaning asosiy qonuni deb ham ataladi.

Shunga qaramasdan, ta’kidlash joizki, Muntasir Vatan mustaqilligini (bu erda somoniylar davlatini)  tiklash uchun kurashgan tarixiy shaxsdir. Uning Xovosda tug‘ilganmi yoki boshqa joyda tug‘ilganmi haqida aniq ma’lumot topish zarur bo‘ladi.

Sirdaryo viloyati mustaqillik yillarida

Sirdaryo viloyati Mirzacho‘l markazida joylashgan bo‘lib, u 1963 yilda tashkil etilgan. Viloyat markazi Guliston shahri. Sirdaryo viloyati shimolda Qozog‘iston, janubda Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Sirdaryo viloyatining er maydoni 4,3 ming kvadrat kilometr bo‘lib, 700 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Sirdaryo viloyatida asosan o‘zbeklar (60 %), shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa 70 dan ortiq millat vakillari yashaydi. 1 kv. km.ga 159 kishi to‘g‘ri keladi.

Sirdaryo tarixi – xalqimiz tarixining uzviy bir qismi sifatida shonli va qadimiydir. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da Sirdaryo «Danu» deb, qadimgi yunon tarixchilari asarlarida esa YAxartes-YAksart deb atalgan. YUrtimizga arablar kirib kelgandan so‘ng bu daryo solnomalarda «Sayxun» deb yuritila boshlandi. O‘zining egallagan o‘rniga ko‘ra viloyatimiz So‘g‘dni Choch, Farg‘ona orqali Xitoy bilan bog‘laydigan muhim joyda joylashganligi sababli ham bu erda qadimdan aholi yashab kelgan. Bu yo‘llarda joylashgan aholi manzilgohlari savdo-sotiq va o‘tib ketayotgan karvonlarni ta’mirlash kabi ishlar sharofatidan gullab-yashnagan edi. Viloyat hududida 2,5-3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan Eski Xovos, Sag‘anaktepa, Xontepa, Savot singari aholi manzilgohlari bo‘lgan. Sirdaryo viloyati hududi ilk bor alohida o‘lka – Ustrushona sifatida Xitoy yilnomalarida ilk o‘rta asrlarda tilga olinadi. Qadimda viloyat aholisi Xo‘jamushkentsoy, Sho‘rbuloqsoy, Mo‘g‘ulsoy, Tag‘obsoy, Sarmichsoy singari soy va chashmalar bo‘ylarida hayot kechirishgan. Suv balansining buzilishi manzilgohlarning yo‘q bo‘lib ketishiga va aholining boshqa joyga ko‘chib ketishiga sabab bo‘lgan.

Qadim manbalarda keltirilgan «olchoq cho‘l», «ajdaho cho‘l», «mirzacho‘l» kabi tavsiflar bu o‘lkaga nazar solganlarda qo‘rquv uyg‘otgan. Cho‘lning uzoq o‘tmishi afsonalarga, aytimlarga boy. Qolaversa, Mirzacho‘lning Buyuk ipak yo‘lining qoq markazida joylashganligi bilan bog‘liq rivoyatlar ham kam emas. Aytishlaricha, bir zamonlar Chinozdan Jizzaxgacha bo‘lgan oralikda aholi zich yashagan.

Shuni ta’kidlash joizki, dunyo tarixida ilk bor erni kompleks o‘zlashtirish ayni bizning viloyatimizda amalga oshirilgan.

Mustaqillik yillarida respublikamizda erishilgan  yutuqlarga bizning Sirdaryo viloyatimiz ham o‘zining  munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Respublikamiz istiqlolga erishganidan so‘ng Sirdaryo viloyatida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Viloyat sanoat sohasining asosiy turlarini mamlakat elektr energiyasining to‘rtdan bir qismini ishlab chiqaradigan  Sirdaryo GRESi va Farhod  GESi faoliyat ko‘rsatmoqda.  Undan tashqari paxta tozalash zavodlari, “Gulistonekstraktyog‘” hissadorlik jamiyati, “Xovosdon” va “Oqoltindon” kombinatlari, “Sarbonteks” qo‘shma korxonasi, “Bobur” parrandachilik qo‘shma korxonasi va boshqa korxonalar nafaqat viloyatimiz,  balki respublikamiz ichki va tashqi bozorini xalq iste’moli mollari bilan to‘ldirishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

Viloyat iqtisodiyotining asosiy qismini agrar sektor tashkil etadi. Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi paxtachilik, g‘allachilik, pillachilik, mevachilik, sabzavot-polizchilik, parrandachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan.

Mustaqillik davrida asosiy e’tibor fermer xo‘jaliklarini tashkil etishga qaratilganligi munosabati bilan viloyatdagi mavjud 100 dan ortiq xo‘jalik to‘liq fermer xo‘jaliklarga aylantirilib, bugungi  kunda 8365 ta fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida islohotlarning yanada chuqurlashtirilishi natijasida pilla, g‘alla, paxta va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning barqaror o‘sishiga erishilmoqda.

Mustaqillik yillarida viloyatda qurilish, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. Viloyat hududidan o‘tgan «Toshkent-Termiz» Katta O‘zbek Trakti jahon andozalari talablariga mos ravishda qayta ta’mirlandi. Mustaqillik bosh maydonining rekonstruksiyasi, Xotira maydoni, Markaziy va tijorat bank binosi,  Birja va Biznes markazi, Sharq me’morchilik andozalariga mos ravishda qurilgan «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, akademik litseylar, «Kemping» tipidagi majmualar, supermarketlar, ko‘p qavatli turar-joy binolari, «Sog‘lomlashtirish markazi», «Alpomish» sport saroyi, Boks saroyi, Suzish havzasi, «Delfin» sinxron suzish havzasi va bir qancha sport komplekslari, kasb-hunar kollejlari istirohat bog‘lari, mustaqillik munosabati bilan ko‘plab mahalla guzarlari hamda barcha shahar va tuman markazlaridagi dehqon bozorlarining qaytadan qurilishi shahar va tuman markazlarining ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratdi.

2006 yilda Guliston shahrida yangi zamonaviy temir yo‘l vokzali ishga tushirildi.  2009 yilda Guliston shahrida maktab o‘quvchilarining “Umid nihollari” sport  musobaqalarining o‘tkazilishi munosabati bilan viloyatdagi barcha katta yo‘llar, sport maydonchalari va o‘yingohlar ta’mirlandi, katta obodonchilik ishlari bajarildi. “Alpomish” sport kompleksi to‘liq ta’mirlandi, 4-TIP sport inshooti qurib foydalanishga topshirildi. Markaziy o‘yingoh zamon talabi asosida kengaytirildi.

Hozirgi kunda Sirdaryo viloyatida 305 ta maktab, 4 ta akademik litsey, 34 ta kasb-hunar kollejlari va Guliston davlat universiteti faoliyat ko‘rsatmoqda, ularda 173996 nafar o‘quvchi va talabalar tahsil olmoqda, besh mingdan ortiq o‘qituvchilar mehnat qilishmoqda.

Qishloq joylarni ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturi bo‘yicha 283 ta aholi punktlari ichimlik suvi bilan 90,8 % ga, tabiiy gaz bilan 84,1 % ga ta’minlandi.

Viloyatda tashqi iqtisodiy faoliyat yildan-yilga o‘sib bormoqda.  Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishga katta e’tibor qaratildi.  Eksport mahsulotlarining asosiy qismini paxta tolasi tashkil etadi. Bugungi kunga kelib viloyatda 48 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi  korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 28 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.  Viloyat jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarishida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning salmog‘i 8,2 foizga, mahsulot eksportida 5,8 foiz va mahsulot importida 38, 6 foizga to‘g‘ri kelmoqda.

Ijtimoiy sohada asosiy e’tibor aholining turmush darajasini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ularga byudjetdan ajratilgan mablag‘ yildan-yilga o‘sib bormoqda.

Viloyatda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturining ijrosi bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik davrida 145 ta qishloq vrachlik punktlari ishga tushirildi.  Ular Jahon tiklanish va taraqqiyot banki krediti hisobiga qariyb 4,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qiymatdagi eng zamonaviy tibbiy jihozlar bilan to‘liq jihozlandi.  Viloyat shifoxonasining negizida 200 o‘rinli aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazi tashkil etildi. Guliston shahrida 100 o‘rinli tashhis bo‘limi, shuningdek, 250  o‘rinli poliklinikaga ega bo‘lgan «Sog‘lomlashtirish markazi» foydalanishga topshirilib, Finlyandiyaning «Mediko-Medikal» firmasining qariyb 3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan zamonaviy tibbiy jihozlari bilan ta’minlandi. 120 o‘rinli viloyat bolalar shifoxonasi, “Ona va bola skrining markazi” foydalanishga topshirildi.

Sport sohasida viloyat sportchilari katta yutuqlarga erishmoqdalar. Bugungi kunda viloyatimizda sportchilarga va aholiga 11 ta suzish havzasi, 12 ta o‘yingohlar, jami 1476 sport inshootlari va maydonlari xizmat  ko‘rsatmoqda.  Mustaqillikning o‘tgan 19 yili davomida viloyat sportchilari Olimpiada o‘yinlari, jahon, qit’a, xalqaro va respublika musobaqalarida yuqori saviyada qatnashib,  munosib o‘rinlarni egallashgan. Har 4 yilda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida, shu jumladan 1996 yilda 2 nafar, 2000 yilda 2 nafar va 2004 yilda Afina shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda 4 nafar sportchimiz ishtirok etdi. 2009 yil avgust oyigacha 42 nafari jahon chempionatida, 6 nafari Osiyo o‘yinlarida, 60 nafardan ortig‘i, Osiyo chempionatida, 130 nafari xalqaro turnirlarda hamda 1300 nafardan ortig‘i respublika musobaqalarida g‘olib bo‘lishgan va sovrindorlar safidan joy olishgan.

2010 yilda  Andijon shahrida oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Universiada – 2010” sport musobaqalarida Sirdaryo viloyati jamoasi faxriy sakkizinchi o‘rinni oldi va 1 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Sirdaryo viloyatida viloyat matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan ro‘yxatga olingan 31 ta gazeta, 1 ta jurnal, 2 ta televidenie faoliyat ko‘rsatmoqda. Viloyatda Olim Xo‘jaev nomli musiqali drama teatri, «O‘zbeknavo» gastrol konsert birlashmasi, «O‘zbekraqs» viloyat bo‘limlari, «Sirdaryo navolari» dastasi, viloyat xalq ijodiyoti va ma’naviyat-targ‘ibot markazi, «Mirzacho‘lni o‘zlashtirish tarixi» muzeyi, Badiiy Akademiyaning viloyat bo‘limi, 105 ta klub muassasalari, 14 ta bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat va istirohat bog‘lari xalqimizga xizmat ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda viloyatda 2 ta muzey, 163 ta kutubxona – ARM, 1152 ta sport maydoni, 16 ta videosalonlar, 18 ta kompyuter markazlari, 43 ta madaniyat saroylari faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Sirdaryo viloyati Mustaqillik sharofati tufayli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanib, xalq farovonligi yuksalib, yildan-yilga gullab-yashnab bormoqda.

 

1,579

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil I chorak:

Jami: 172

Ko'rib chiqilgan: 111 (82 %)

Jarayonda: 31 (18 %)

Videolavha
 
Mart 2017
M T W T F S S
« Feb    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  


© 2010-2016 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

  • 1985-yildan 1992-yilga qadar Toshkent avtomobil-yo`llar insituti talabasi (1986-1988 yillarda Harbiy xizmatda).
  • 1992-1993 yillarda Sirdaryo viloyati avtomobil-transport parki dispetcheri.
  • 1993-1995 yillari Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ichki ishlar bo`limi militsiya uchastka inspektori, davlat avtomobil nazorati bo`limi katta muhandisi.
  • 1995-1999 yillarda Sirdaryo viloyati Sardoba tumai ichki ishlar bo`limi navbatchilik qismi katta inspektori.
  • 1999-2004 yillari Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ichki ishlar bo`limi jinoyat qidiruv bo`limi tezkor vakili, jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi tezkor vakili.
  • 2004-2005 yillarda Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`ining birinchi o`rinbosari – jinoyat qidiruvi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi boshlig`i.
  • 2005-yildan 2007-yilgacha Sirdaryo viloyati Sardoba tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i.
  • 2007-2008 yillarda Sirdaryo viloyati Boyovut tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i.
  • 2008-2010 yillarda Sirdaryo viloyati ichki ishlar bo`limi boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari.
  • 2010-yildan Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi.

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

  • 1984-yildan 1991-yilga qadar Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti talabasi (1984-1986 yillar. – harbiy xizmatda)
  • 1991-1992 yillarda Andijon viloyati “Sanoatenergomontaj” boshqarmasi ustasi.
  • 1992-1999 yillari Andijon viloyati “Sanoatenergomontaj” boshqarmasi “Po`latmontaj” uchastkasi ustasi, 5-razryadli montajchisi, 2-uchastka prorabi, uchastka boshlig`i.
  • 1999-2001 yillarda Andijon viloyati “Sanoatenergomontaj” boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari.
  • 2001-2004 yillari “Po`latqurilma” ochiq aksiyadorlik jamiyati Andijon viloyati “Sanoatenergomontaj” sho`ba xo`jalik jamiyati boshlig`i o`rinbosari.
  • 2004-2005 yillarda Andijon vioyati “Sanoatenergomontaj” ma`suliyati cheklangan jamiyati direktori o`rinbosari.
  • 2005-2010 yillarda “Po`latqurilma” ochiq aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar “Po`latmontaj” sho`ba korxonasi direktori.
  • 2010-2013 yillarda “Po`latqurilma” ochiq aksiyadorlik jamiyati Andijon viloyati “Po`latmontaj” sho`ba korxonasi direktori.
  • 2013-2014 yillarda “Po`latqurilma” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari.
  • 2014-yildan Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

  • 1990-1995 yillari Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
  • 1996-1997 yillarda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani  «Agroxizmat» uyushmasi maslahatchisi.
  • 1997-yildan 1997-yilga qadar Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani qishloq qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi «Dehqonchilikda yangi texnologiya qo`llash» bo`limi boshlig`i.
  • 1997-2001-yillari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani «Bahor» shirkat xo`jaligi agronomi.
  • 2001-2004-yillarda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani qishloq xo`jalik bo`lmi boshlig`i.
  • 2004-yildan 2007-yilgacha Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo`jalik va obodonlashtirish majmuasi bosh mutaxassisi.
  • 2007-2008-yillari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani qishloq va suv xo`jaligi bo`limi boshlig`i.
  • 2008-2009-yillarda O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi qishloq xo`jaligi ekinlari navlarini sinash komissiyasi raisi o`rinbosari.
  • 2009-yildan 2010-yilgacha Sirdaryo viloyati Qishloq xo`jaligi va suv boshqarmasi boshlig`ining agrotexnologiya masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari.
  • 2010-2013-yillari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimi.
  • 2013-yildan Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimi.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

  • 1989-1994 yillari Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi.
    1994-1995 yillarda Sirdaryo viloyati Yangiyer qurilish-iqtisodiyot bilim yurti o`qitivchisi.
    1995-1996 yillari Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimligi qoshidagi yakka tartibdagi uy-joy qurilishi bo`limi loyihachisi.
    1996-1997 yillarda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimligi qoshidagi “Kooperativ va yakka tartibda uy-joy qurilish” bo`limi bosh muhandisi.
    1997-1997 yillari Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar yer kadastr bo`limi boshlig`i o`rinbosari.
    1997-1997 yillarda “Mirzacho`lmelioqurilish” trestiga qarashli 44-mehanizatsiyalashgan ko`chma kollona loyihachisi.
    1997-yildan, 1999 yilgacha “O`zbekgazsuvqurilish” aktsiyadorlik jamiyati Sirdaryo qurilish-montaj boshqarmasi dispetcheri, ishlab chiqarish bo`limi yetakchi muhandisi.
    1999-2000-yillari Yangiyer shahar kasb-hunar kolleji o`qituvchisi.
    2000-2001 yillarda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar me`morchilik va shaharsozlik bo`limining xo`jalik hisobidagi guruhi muhandisi.
    2001-2003 yillari Sirdaryo viloyati arhitektura va qurilish bosh boshqarmasi Yangiyer shahar bo`limi bosh arhitektori o`rinbosari.
    2003-2011 yillarda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar bosh arhitektori.
    2011-yildan, 2013 yilga qadar Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo`jalik va obodonlashtirish masallari bo`yicha birinchi o`rinbosari.
    2013-yildan Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

  • 1979-1984yillar. – Toshkent davlat universiteti talabasi
  • 1984-1985 yillar. – Sirdaryo viloyati non ishlab chiqarish  boshqarmasi huquqshunosi.
  • 1985-1985 yillar. – Sirdaryo viloyati Guliston non qabul qilish korxonasi huquqshunosi.
  • 1985-1987 yillar. – Sirdaryo viloyati Xovos tumani prokurorining yordamchisi lavozimizda ish o`rganuvchi.
  • 1987-1991 yillar. – Sirdaryo viloyati Xovos tumani prokurorining yordamchisi.
  • 1991-1993 yillar. – Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar prokuroraturasi katta tergovchisi.
  • 1993-1994 yillar. – Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani prokurori yordamchisi.
  • 1994-1997 yillar. – Sirdaryo viloyati prokuroraturasi umumiy bo`limi prokurori.
  • 1997-1997 yillar. – Sirdaryo viloyati prokurorining sudlarda fuqarolik ishlari ko`rilishida prokuror vakolatini ta`minlash katta yordamchi vazifasini bajaruvchisi.
  • 1997-2004 yillar. – Sirdaryo viloyat prokuroraturasi umumiy nazorat bo`limi prokurori.
  • 2004-2004 yillar. – Sirdaryo viloyati prokuroraturasi fuqarolarning huquq va erkinliklari,jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish bo`limi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi.
  • 2004-2008 yillar. – Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani prokurori.
  • 2008-2009 yillar. – O`zbekiston Respublikasi bosh prokuroraturasi xo`jalik sudlarida ishlar ko`rilishida prokuror vakolatini  ta`minlash bo`limi boshlig`inning o`rinbosari.
  • 2009-2011 yillar. – Sirdaryo viloyati prokuroraturasi iqtisodiy jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish bo`limi boshlig`i
  • 2011 yildan.  – Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hokimi

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

  • 1982-1987-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi.
    1987-1991-yillari Jizzax viloyati Zafarobod tumani xo`jalik kanali boshlig`i.
    1991-yildan 1995-gacha Jizzax viloyati Zafarobod tumani suv xo`jaligi birlashmasi tumalararo kanallar boshqarmasi uchastka boshlig`i.
    1995-1998-yillari Jizzax viloyati Zafarobod tumani xo`jaligi bosh irrigatori.
    1998-2000-yillda Jizzax viloyati Zafarobod tumani qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari.
    2000-yildan 2001-yilgacha Jizzax viloyati Zafarobod tumani qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`i, “Turon” shirkat xo`jaligi boshqaruvchisi.
    2001-2002-yillarda Sirdaryo viloyati Sardoba tumani qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari.
    2002-2004-yillari Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hokimining birinchi o`rinbosari-tuman qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`i.
    2004-2006-yillar Sirdaryo viloyati Sardoba tumani qishloq va suv xo`jaligi bo`limi boshlig`i
    (2004-2005-yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi).
    2006-yildan hozirgacha Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hokimi.
     

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×