Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 6

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimining 2014 yil 14 yanvar kuni O. Xo‘jayev nomidagi viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadigan Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 22 yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanadagi ma’ruzasi

Viloyat hokimi O. SH. ASHURMATOVning

 O. Xo‘jaev nomidagi viloyat  musiqali  drama teatrida bo‘lib o‘tadigan Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 22 yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanadagi

MA’RUZA MATNI

  

2014 yil 14 yanvar                                                        Guliston shahri

 

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar !

Hurmatli askar va ofitserlar,

aziz Vatan himoyachilari !

 

Sizlarni  Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 22 yilligi bayrami munosabati bilan  samimiy tabriklayman va xalqimizni osuda hamda farovon hayoti uchun tunu kun   sergak bo‘lgan siz, azizlarning mashaqqatli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Shu kunlarda mustaqil Vatanimizning har bir go‘shasida bayram shukuhi davom etmoqda. Yaqinda yangi yilni tantana qilgan edik. Bugun esa Vatan himoyachilari  kunini  keng nishonlamoqdamiz. Qolaversa, respublikamiz Qurolli Kuchlari tashkil topganiga  yigirma ikki yil to‘ldi.

Mubolag‘asiz aytish mumkinki, muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida erishgan  yutuqlarimiz poydevorini mustaqillikni o‘z mehnatimiz bilan  mustahkamlaganimiz, chegaralarimiz daxlsizligi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini ishonchli  ta’minlab turganimiz tashkil qiladi.

Sizlar tufayli ana shunday dorilomon kunlarda yashayapmiz.  Sizlar ajdodu avlodlarimizga oshiyon bo‘lgan, Vatan deb atalmish muborak yurtni ko‘z qarochig‘iday asrab, hamisha hushyor va sergak  turibsizlar! Sizlar o‘z qalblaringizni,  oru nomuslaringizni, g‘ururlarlaringizni o‘rtaga qo‘yib Vatan, uning tinchligi, hurligi va barqarorligini himoya qilishdek olijanob va muqaddas ishga bel bog‘lagansizlar. Sizlar elu yurt osoyishtaligi uchun har qan­day   jasoratga tayyor turganlaringiz  bizlarni xotirjam yashab, mehnat qilishga da’vat etadi.

Bugun O‘zbekiston farzandlari, professional asosdagi milliy armiyamiz  saflarida xizmat qilayotgan jasur va mard o‘g‘lonlarning har biri  sadoqatda, fidoyilikda tengsiz sanaladi. Bugun ularga havas qilib, harbiy xizmatga borish va farzandlik burchini ado etish istagini bildirayotgan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani qalbimizga alohida g‘urur hissini bag‘ishlaydi. Bu aholi o‘rtasida harbiy xizmatning obro‘ – e’tibori yuksalganidan dalolatdir.

Bugun shavkatli Qurolli Kuchlarimiz O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”, “Umum harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”, “Muqobil xizmat to‘g‘risida”gi  Qonunlari va harbiy Doktrinaga muvofiq o‘z burchlarini astoydil, sidqidildan ado etmoqdalar.

Qadim Turon zaminining alp yigitlari hamisha bir so‘zli bo‘lgan. Ular bir qarich erni ham dushmanga bermagan.  O‘zbekning bolalari ana shunday ajdodlarning vorisi!  Ular  armiyamiz o‘zining jangovar va muqaddas tarixiga ega ekanligini, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Boburdek mashhur sarkardalar nomlari bilan bog‘liq ekanligini yaxshi biladilar.

Biz o‘z vorislari an’anasiga sodiq qolgan, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga, hududiy yaxlitlik, xalqimiz tinchligi va  xavfsizligini ta’minlash uchun, kerak bo‘lsa, jonlarini ham ayamaydigan, Harbiy qasamyodiga sodiq qolib,  sadoqat bilan xizmat qilayotgan jasur Vatan  himoyachilari bilan   haqli ravishda faxrlanamiz.

Vatan himoyasi uchun xizmat qilmoqni oliy burch deb bilgan, kerak bo‘lsa, ona-yurt uchun fido bo‘lmoq shiorini yuragiga mahkam tukkan, chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega o‘g‘lonlardan jamlangan Milliy armiyamiz tom ma’noda hur diyorimiz,  zahmatkash xalqimizning suyanch tog‘lari, baxtli kunlarimizning  ishonchli kafolatidir!

Muhtaram Yurtboshimiz rahnamoligida qo‘lga kiritilgan Mustaqillik yurtimizga buyuk ne’mat, hurlik nafasini olib keldi.  SHuning uchun ham har  jabhada zalvorli odimlar tashlamoqdamiz. Bizga butun  dunyoning eshiklari ochildi. Yurtimiz esa kundan-kunga  chiroy ochmoqda.

Barcha sohalar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, harbiy islohotlar bosqichma – bosqich amalga oshirilmoqda. Qurolli Kuchlarimizning qudrati, jangovar salohiyati, harbiy qism va bo‘linmalarning harakatchanligi yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Buni nimalarda ko‘rish mumkin?

Mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan va kelib chiqayotgan xavf-xatarlarni har tomonlama tahlil etish asosida armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturi  ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturga muvofiq Mudofaa vazirligining bo‘linma va qismlarini, chegara qo‘shinlarini, boshqa vazirlik va idoralarning harbiy tuzilmalarini yagona qudratli tizimga birlashtirgan Qurolli Kuchlar qismlarining tarkibi va joylashuvi qayta ko‘rib chiqildi.

Qurolli Kuchlarimiz va ularning asosiy jangovar bo‘linmalarining prinsipial jihatdan mutlaqo yangi tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi joriy etildi, boshqaruv va tuzilmalarning bir-birini takrorlaydigan, kam samarali bo‘g‘inlari tugatildi. Bu, o‘z navbatida, mazkur boshqaruv va tuzilmalarning harakatchanligi, tezkorligi va jangovar qobiliyatini oshirish imkonini berdi.

Mamlakatimiz hududiga suqilib kiradigan har qanday tajovuzkor bosqinchiga qarshi qatьiy zarba berishga qodir bo‘lgan Maxsus operatsiyalarni amalga oshiradigan kuchlar, Terrorchilikka qarshi kurashish korpusi bo‘linmalari va boshqa zamonaviy jangovar  bo‘linmalar tashkil etildi va  ularning faoliyatini kuchaytirish davom ettirilmoqda.

Muddatli  harbiy xizmatniig bir yil etib belgilangani, muddatli xarbiy xizmatga chakiruvning bir yilda bir marta tashkil etilayotgani, qo‘shinlarda shartnoma asosida xizmat qilayotgan serjantlar tarkibining sezilarli darajada kengaygani, safarbarlik-chaqiruv rezerv xizmatining joriy etilgani armiyamizning qiyofasini, uning mazmun-mohiyati va jangovar imkoniyatlarini, harbiy jamoalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni prinsipial jihatdan tubdan o‘zgartirdi.

 

SHu yillar mobaynida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ turlari bilan qurollantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, pul ta’minotini oshirish, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarni rag‘batlantirishga qaratilgan aniq maqsadli, kompleks dasturlarning izchil ijro etilishi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining moddiy, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini sezilarli ravishda yaxshilash imkonini berdi.

Shu davr ichida amalga oshirilgan ishlarni baholar ekanmiz, bugungi kunda O‘zbekiston amalda o‘zining zamonaviy, ixcham va harakatchan, yaxshi qurollangan, mamlakatimiz barqarorligi va xavfsizligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyasiga ega, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.

Shu bilan birga, mintaqamiz va butun jahondagi murakkab, tez o‘zgarayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, birinchi navbatda, Afg‘onistondagi tobora keskinlashib  borayotgan ahvol bilan bog‘liq tarzda  xavfsizlikka qarshi real va ehtimol tutilayotgan xavf-xatarlarning kuchayib, narkoagressiya, xalqaro terrorizm, ekstremizm va boshqa tahdidlarning miqyosi kengayib borayotgani Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligini har tomonlama mustahkamlash, davlat chegaralarimizni himoya qilish va qo‘riqlash choralarini yanada kuchaytirishni talab etmoqda.

Qolaversa, qo‘shni Afg‘oniston davlatidan xalqaro aksilterror kuchlarining olib chiqilishi ham harbiylarimizdan  yanada sergak va hushyor bo‘lishlarini talab qiladi.

 Hurmatli tantana qatnashchilari!

 Bugun respublikamizda eng qadrli, eng qutlug‘ bayramlar qatoridan munosib o‘rin olgan Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 22 yilligi bayrami katta tantana qilinmoqda.

Shu munosabat bilan fuqarolarimiz o‘z hayotini Vatan himoyasiga, uning chegaralari daxlsizligini ta’minlashga bag‘ishlagan, el-yurt tinchligi va osoyishtaligining posboni bo‘lgan jasur o‘g‘lonlariga o‘zlarining chuqur hurmatlari va samimiy mehr-muhabbatlarini  takror va takror izhor qilmoqdalar.

Bu minnatdorchilik va e’tirof katta ma’noga ega. Chunki istiqlol yillarida muhtaram Yurtboshimiz Islom Abdug‘anievich Karimov  rahnamoligida yurtimizda tinchlik va osoyishtalik ta’minlanmoqda. Bu  ulug‘ ne’mat barcha muvaffaqiyatlarimizning garovi bo‘lmoqda.

Zero, muhtaram Yurtboshimiz shunday degan edilar: “Bugungi sharoitda faqat puxta tayyorgarlikka ega bo‘lgan, har tomonlama yaxshi ta’minlangan va ijtimoiy himoyalangan Qurolli Kuchlargina  xavfsizlik va barqarorlikning, sarhadlarimiz daxlsizligi va mamlakatimiz hududiy yaxlitligining, pirovard natijada elu yurtimizning tinchligi va osoyishtaligining, osuda hayotimizning mustahkam va ishonchli kafolati bo‘la oladi”.

        Hurmatli tantana qatnashchilari!

 Bayram kunlari hammamiz yana bir xushxabarning guvohi bo‘ldik. Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i  Akbar Yangibaevich Temirov muhtaram Yurtboshimizning farmonlari bilan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi.

Fursatdan foydalanib, sizlar ishtirokingizda Akbar Yangibaevich Temirovni yuksak  mukofot  bilan yana bir karra chin dildan tabriklaymiz va ularning mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bu albatta, viloyatimizdagi har bir harbiy xizmatchining mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlash, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shayotgan katta hissasiga berilgan yuksak bahodir. Buni biz  milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlashda mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatayotgan huquq-tartibot idoralarining mehnatini  munosib taqdirlash, deb bilamiz.

 Hurmatli tantana qatnashchilari!

 Tevarak-atrofga sinchkovlik bilan bir nazar tashlang: dunyoning ko‘plab joylari  chayqalib turibdi. Qaerdadir urush ketayapti, qaerdadir turli mojarolar tinchlikka, xavfsizlikka tahdid solayapti. Qaerdadir terror oqibatida ko‘plab begunoh odamlar nobud bo‘layapti. Suv toshqinidan aziyat chekayotgan, yong‘in ichida qolayotgan mamlakatlar ko‘p. SHularni o‘ylaganimizda, o‘zbek xalqi muhtaram Yurtboshimiz rahnamoligida mustaqillik sharofati bilan dunyoda eng baxtli xalq martabasiga erishganidan Allohga beadad shukurlar aytamiz.

Bugun bizni butun dunyo tan oldi. Olam ahli erishgan yutuqlarimizdan lol qolmoqda.  SHuning uchun ham bugun shunday deyishga haqlimiz: shavkatli armiyamiz, huquq-tartibot organlari xodimlarining vatanparvarligi tufayli ozod va obod yurtimiz jahonning rivojlangan mamlakatlari safidan munosib joy oldi,  u qudratli kuchga aylandi.

 Hurmatli tantana qatnashchilari,

askar va ofitserlar !

   Bu yil viloyatimizdaVatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 22 yilligi bayrami o‘zgacha tarzda,  rang-barang va qiziqarli dasturlar asosida o‘tkazilmoqda. Bayramga tayyorgarlik jarayonidagi  “O‘zbekiston – yagona Vatanim” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirlari har bir mehnat jamoasiga, har bir mahallaga, har bir oilaga kirib bordi. Bayram shukuhini his etmagan fuqaro qolmadi.

  Mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelib xizmat qilayotgan  yigitlarimiz bilan aloqalarimiz yanada mustahkamlanmoqda. Yaqinda Sirdaryo viloyatida xizmat qilayotgan 43 nafar Namangan viloyatidan harbiy xizmatga kelgan askarlarning ota-onalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilgan “telemuloqot” hayajoni hali bosilgani yo‘q. Olim Xo‘jaev nomidagi viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan “Askar onalarini sharaflaymiz!” deb nomlangan dastur uning ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ikki kun muqaddam Shirin shahrida bo‘lib o‘tgan chegarachilar va ularning oila a’zolari ishtirokidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham harbiylarga bo‘lgan ehtiromimizning namunasi bo‘ldi.

Viloyatimizdagi barcha harbiy qismlarida, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda bayram munosabati bilan esda qoladigan tadbirlar o‘tkazildi.   Viloyat hokimligi, tuman va shahar hokimliklari, xotin-qizlar qo‘mitalari, mudofaa ishlari bo‘limlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari ham bayramni ko‘ngildagiday o‘tkazishga o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘shmoqdalar. Bayram tadbirlari hali nihoyasiga etgani yo‘q.

        Aziz do‘stlar !

      Fursatdan foydalanib, bugungi tantanada qatnashayotgan siz azizlarni, o‘z postlarida hamisha hushyor va sergak  harbiylarimizni Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 22 yilligi bayrami bilan samimiy  tabriklayman.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, oilaviy xotirjamlik, xizmat va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Mustaqil O‘zbekistonimizning osmoni beg‘ubor va musaffo, xalqimiz tinch, omon bo‘lsin. Baxtimizga muhtaram YUrtboshimiz hamisha sog‘-salomat bo‘lsinlar!

E’tiborlaring uchun rahmat !

 

 

 

1 149

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Noyabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Okt    
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×