Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 6

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Uchrashuvlar, muloqotlar. VILOYAT HOKIMI GULISTON TUMANIDA BO‘LDI

11 Yanvar, 2017
323

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev viloyatning tuman va shaharlarida aholi vakillari bilan uchrashuvlar, muloqotlar o‘tkazmoqda.

Respublikamizda inson manfaatlarini ulug‘lash, iqtisodiyotimizni yuksaltirish, turmush farovonligini oshirish,  fuqarolar ongu tafakkurida istiqlol g‘oyalari va milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

G‘ofurjon Mirzayev joylarda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarda, ochiq muloqotlarda ana shular haqida gapirmoqda, aholining murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar faolligini yanada oshirish, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni chuqur o‘rganish va mavjud kamchiliklarni tezroq bartaraf etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilingani bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi.

Ana shundayo uchrashuv va muloqotlardan biri Guliston tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda echimini  kutayotgan qator masalalar muhokama etildi.

Tumandagi “Yulduz” mahallasidan bog‘ qilish uchun  1 gektar er olmoqchiman, dedi kollej bitiruvchisi Sardor Bahromov.  Tuman markaziga suv sporti bo‘yicha majmua qurish bo‘yicha takliflar bildirildi.  2-bog‘cha qurilishi cho‘zilib ketayotganligi tilga olindi.

“Sohilobod” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi maktabda o‘quvchilar ikki smenada o‘qiyotgani, yig‘in hududiga bolalar bog‘chasi zarurligi aytildi. “Uch qahramon” suv iste’molchilari uyushmasi vakillari hududning “Vatan” bo‘limida qishloq vrachlik punkti yo‘qligi,  6 kilometr  uzoqda bo‘lgan “SHarq haqiqati” bo‘limi qishloq vrachlik pungktidan foydalanayotganliklari xususida gapirishdi.

Mahallalarda aralash mollar do‘koni ochish uchun kredit kerakligi, elektr energiyasini o‘chirish – yoqish grafigi joriy etilishi zarurligi to‘g‘risida, yangi uchastkalarda suv, gaz hali yo‘qligi, elektr tarmog‘i tortilishi, xo‘jaliklararo yo‘llar ta’mirtalabligi, ayniqsa  “Soyibobod” mahallasidagi  kollejga boriladigan ko‘chaga yo‘lak qilish, shu kollej  olidiga bekat  zarurligi, ko‘chalarga xavfsizlik belgilari qo‘yilmaganligi haqida e’tirozlar bildirildi.

Fermerlar  tomonidan  Hamid Olimjon suv iste’molchilari uyushmasi hududidagi bir qator fermerlar dalalariga oqar suv etib bormayotganligi, “Yangi bo‘ston” mahallasidan o‘tuvchi 6 kilometr  masofadagi ichki zovurlarni tozalash zarurligi haqidagi masalalar ko‘ndalang qo‘yildi.

Uchrashuvda echimini kutayotgan masalalar, ko‘cha va yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va suv ta’minotini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Ko‘p masalalar shu erning o‘zida hal qilindi. Ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddi idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi.

Shu uchrashuvdan so‘ng viloyat tijorat banklari tomonidan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida tumanga 2396 million so‘mlik  sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta, jami 9 ta kredit ajratildi.

Bu kabi uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda.

 

Ortiq SULTONOV.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil 4 chorak

2017 yil yillik

Videolavha
 
Fevral 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Yan    
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728  


© 2010-2016 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×