Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 33

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimligi huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi

Viloyat hokimligi huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 12 sentyabrdagi “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 395-son qarori asosida tashkil etilgan.

Yagona buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari:

 1. Ishlab chiqarish quvvatlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini mo‘ljallangan muddatlarda foydalanishga topshirish prognozining bajarilishini ta’minlash.

2. Loyiha yechimlarining samaradorligini ta’minlash, arxitektura va shaharsozlik darajasi talablariga rioya qilish.

3. Kapital quyilmalar samaradorligini oshirish, investitsiya sikli muddatlarini qisqartirish.

Yagona buyurtmachi xizmatining asosiy funksiyalari

Prognozlash:

  • Viloyat hokimligi, vazirliklar va idoralarning topshirig’igi ko’ra uy yillik davrda Respublika Investitsiya topshirig’iga ko’ra uch  yillik davrda Respublika Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning parametrlarini aniqlashtirish, belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi yangi loyixalarni kiritish bo’yicha takliflar kiritish.
  • Tasdiqlangan investitsiya dasturlari va markazlashtirilgan manbalar hisobidan ajratilgan limitlar asosida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi va Moliya Vazirligi bilan kelishish uchun qurilishlarning aniq mo’ljalli ro’yxati loyixasini tayyorlash.
  • Pudratchi bilan kelishilgan xolda qurilishning titul ro’yxatini tasdiqlash uchun viloyat hokimligiga kiritish.
  • Investitsiya loyixalari joylashtiriladigan tumanlarda muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish (yo’llar, kanalizatsiya, issiqlik, elektr, gaz, suv ta’minoti, telefonlashtirish va boshqalar) masalalarini ko’rib chiqish va hal etishda ishtirok etish.

Loyihalashtirish :

  • Loyihani ishlab chiqish uchun birlamchi-ruhsat beruvchi hujjatlarni va tanlov hujjatlarini tayerlash,”loyixa” bosqichida loyihalashtirish bo‘yicha ishlarga buyurtma tanlov asosida joylashtirishni tashkil etish .
  • Tanlov savdosi g‘olibi bilan shartnoma tuzish, loyiha hujjatlarini berish, kalendar jadvalini kelishish :
  • Tegishli tashkilotlar bilan eksperimental , ilmiy tekshirish, arxeologiya ishlari va boshqa ishlarni bajarishga shartnomalar tuzish va shartnoma majburiyatlariga rioya etishni nazorat qilish .
  • Loyiha va tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazilishini, kelishilishini, tasdiqlanishini shuningdek ekspertizaning vakolatli organlari xulosalari xamda pudrat tashkilotlarining mulohazalari bo‘yicha tegishli hujjatlarga tuzatish va qo‘shimchalar kiritilishini tashkil etish.

Qurilish maydonini tayyorlash :

  • Qurilish bo‘yicha maydon tanlash va ajratishni belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish va pudratchilarga berish.
  • Qurilish davrida shaharlar va aholi punktlarida gaz, suv va elektr taminoti bo‘yicha hamda o‘rmonni kesish va daraxtlar o‘tkazish buyicha qonunda belgilangan tartibda pudratchi tashkilotlarga ro‘yxatnomalar berish.
  • Ob’yekt qurilishi xududidagi bino va uy joylar buzilishi yoki qayta tamirlanishi kerak bo‘lgan uylarda yashovchi fuqarolarni ko‘chirish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda fuqarolarning xususiy mulki bo‘lgan turar joylar, imoratlar, mevali daraxtlar va ekinlar qiymatini qoplash .
  • Buziladigan imoratlar va inshoatlardan chiqadigan materiallarni belgilangan tartibda sotilishini taminlash .
  • Obyektlarni Davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish . Shuningdek pudratchi tashkilotlarning faoliyat turiga qarab litsenziyalar, Mualliflik va texnik nazorat borligini tekshirish hamda qurilish montaj ishlari bajarishga ruhsatnoma berish .

 

Rahbar: Qarshiboyev Zokirjon O’rinboyevich

Telefon: 0 (367) 227 63 86

E-mail: injiniring@sirdaryo.uz

E-xat: sirdaryo-yabxik@exat.uz

Manzil: Guliston shahri, M. Axtamova ko`chasi 30-uy

 

Tashkilot nizomi (PDF, 932 km)

 

1 119

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Avgust 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Iyul    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×