Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 6

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Tez-tez uchraydigan savollar

Savol: O’zbekiston Respublikasining rezidentlari deganda kimlar tushuniladi?

Javob: O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yxatidan o’tgan yuridik shaxs; O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o’n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O’zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasining rezidenti deb e’tirof etiladi.
O’zR Soliq kodeksi 19-modda

Savol: Kimlar qo’shimcha foyda solig’i to’lovchilar bo’ladi?

Javob: Ayrim foydali qazilmalarni (foydali komponentlarni) kavlab olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi er qa’ridan foydalanuvchilar; Foydali qazilmalardan ishlab chiqariladigan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar. Ayrim turdagi mahsulotlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilmagan boshqa shaxslar qo’shimcha foyda solig’i to’lovchisi etib belgilanishi mumkin.
O’zR Soliq kodeksi 248-modda

 

 

Savol: Guliston shahrida jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy joy qurish uchun ajratilgan yerlar bo’yicha soliq stavkalari to’g’risida tushuntirish bering.

Javob: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son Qarori 20-ilovasining 6-jadvalida shaharlar va shaharchalarda er uchastkalaridan foydalanganlik uchun er solig’i stavkalari belgilangan bo’lib, Guliston shahrida 1 kv.m uchun 1-zonaga 100,0 so’m, 2-zonaga 84,0 so’m, 3-zonaga 67,9 so’m qilib belgilangan. Agar ajratilgan er maydoni normativdan ortiq yani 10 sotixdan ortiq bo’lsa, normativdan ortiq qismiga belgilangan bazaviy stavkaning 1,5 barobari qo’llaniladi. O’zR Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son Qarori 20-ilovasi

 

Savol: Yagona yer solig’i to’lashdan kimlar ozod qilinadi?

Javob: Yagona yer solig’ini to’lashdan quyidagilar ozod qilinadi: ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslar davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu imtiyoz qo’llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi; yuridik shaxslar, yer uchastkasining qaysi qismida tomchilatib sug’orishdan foydalanilayotgan bo’lsa, o’sha qismida tomchilatib sug’orish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga. Qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar – yagona yer solig’i to’lovchilarga O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan yer solig’i bo’yicha imtiyozlar ham tatbiq etiladi. O’zR Soliq kodeksi 367-modda.

 

Savol: Yagona soliq to’lovini to’lash tartibi qanday amalga oshiriladi?

Javob: Yagona soliq to’lovi quyidagicha to’lanadi: mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay; mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan – har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa – yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay.

 

 

 

Savol: Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq qanday stavkalarda to’lanadi?

Javob: Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi 2015 yil 1 yanvardan boshlab:
benzin  – 1 litr uchun 335 so’m G’ 1 tonna uchun 445 000 so’m;
dizel yoqilg’isi  – 1 litr uchun 335 so’m G’ 1 tonna uchun 407 025 so’m;
suyultirilgan gaz – 1 litr uchun 230 so’m;
siqilgan gaz – 1 kub metr uchun 275 so’m miqdorida belgilangan.

O’zR Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son Qarori 22-ilovasi.

 

 

 

 

Savol: MTekshirish yakuni bo’yicha qo’shimcha hisoblangan soliqlarni qancha muddatda to’lash mumkin?

Javob: Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish yuborib, tekshiruvlar natijalari bo’yicha qo’shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shuningdek moliyaviy sanktsiyalar summalarini to’lashni undirish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda amalga oshirishga haqli.

 

 

 

 

 

 

 

 

Savol: Soliq tekshiruvida davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxsi va soliq to’lovchidan boshqa yana kimlar ishtirok etishi mumkin?

Javob: Soliq tekshiruvlarida soliq to’lovchining vakili ishtirok etishi mumkin. Soliq kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq tekshiruviga soliq tekshiruvi natijasidan manfaatdor bo’lmagan ekspert, tarjimon va xolislar jalb etilishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari birlashmalarining a’zosi bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining soliq tekshiruvlari tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari so’roviga ko’ra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin                                                                                                                                  O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 87-modda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Savol: Tadbirkorlik sub’ekti faoliyatida rejadan tashqari tekshirishlarni o’tkazishga ruxsat berish yoki rad etish to’g’risidagi qarorlar (xatlar) qaysi vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi?

Javob: Tadbirkorlik sub’ekti faoliyatini muddati bir kundan ortiq bo’lgan rejadan tashqari tekshirish o’tkazishga ruxsat berish yoki rad etish to’g’risidagi qarorlar Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika Kengashi tomonidan qabul qilinadi. (Qaror Kengash raisi (o’rinbosari) tomonidan imzolanadi). Tadbirkorlik sub’ekti faoliyatini muddati bir kun bo’lgan rejadan tashqari tekshirish o’tkazishga ruxsat berish yoki rad etish to’g’risidagi qarorlar Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish viloyat hududiy komissiyalari tomonidan qabul qilinadi.                                                                                                                                      O’zR Adliya vazirligida 2006 yil 6 mayda 1573-son bilan ro’yxatga olingan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari-yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 18-20-bandlari.

 

 

Savol: Tumanda yashayotgan tadbirkor viloyat markazidagi bozorda faoliyatini amalga oshirsa, qat’iy belgilangan soliqni qaysi stavkada to’laydi?

Javob: Davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan joyda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, soliqni ro’yxatdan o’tkazilgan joyda va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joyda belgilangan stavkalar orasida eng yuqori stavka bo’yicha ro’yxatdan o’tkazilgan joy bo’yicha to’laydi.

O’zR Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarori 12-ilovasi 

 

2 634

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Dekabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Noy    
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×