Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 3

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimining 2013 yil 1-oktabr – O’qituvchi va Murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda so’zlagan nutqi

Sirdaryo viloyati hokimi O.Ashurmatovning 1 oktyabr-“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zlagan

nutqi 

         2013 yil 1 oktyabr                                             Guliston sh.

 

Assalomu alaykum,  hurmatli ustozlar va murabbiylar!

Aziz mehmonlar!

 Siz, azizlarni, sizlar orqali barcha mehribon ustozlar va murabbiylarni o‘z nomimdan va barcha sirdaryoliklar nomidan qutlug‘ bayram munosabati bildan chin qalbimdan tabriklayman.

 Ota-bobolarimiz qadim-qadimdan ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti  va millat ravnaqining eng asosiy sharti deb bilganlar va bunga erishganlar.

 Shuning uchun ham istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab  yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor berildi. Bu masala Muhtaram Islom Abdg‘anievich Karimov tomonidan davlat siyosati darajasiga  ko‘tarildi.

Siz, aziz ustozlar va murabbiylar  shuni yaxshi bilasizlarki, dunyo davlatlari orasida birortasida ustozlarni ulug‘lab “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmaydi. Qolaversa, bu bayram kuni bizda dam olish kuni, deb e’lon qilingan.

Muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov o‘qituvchilar va murabbiylar bayramiga yuksak baho berib, uni shunday  ta’riflaganlar: “Bu bayram avvalo o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining namunasidir”. Bundan-da orttirib bir narsa deyish qiyin.

Qolaversa, muhtaram Yurtboshimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitoblaridagi   “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir” degan so‘zlari har birimizda yod bo‘lib ketgan.

Xabarlaringiz bor, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi doirasida birgina viloyatimizda  52 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseylar barpo etildi, 272 ta umumta’lim maktablarida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, 8 ta  maktab binosi yangidan qurildi. 93 ta maktab kapital rekonstruksiya, 109 ta maktab kapital va 70 ta maktab ta’mirdan chiqarilib, 15 mlrd. so‘mdan oshiq o‘quv-laboratoriya asbob uskunalari, mebelь jihozlari olib kelindi.

Birgina 2013 yilning o‘zida Investitsiya Dasturi doirasidajami 26 ta ta’lim ob’ektlari, shundan, 17 ta maktab rekonstruksiya qilindi va kapital ta’mirlandi, 4 ta sport zali va 3 ta bolalar musiqa va san’at maktablari yangidan qurilgan bo‘lsa, 4 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabi ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun  5 mlrd. 374 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.

Aziz ustozlar!

         Xabarlaringiz bor, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni  munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhi muhtaram Yurtboshimiz tomonidan mukofotlandilar. Ular orasida sirdaryolik fidoyi o‘qituvchi va murabbiylar ham bor. Boyovut tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatning matematika fani o‘qituvchisi Rahmatulla O‘rozov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi. Guliston tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi Abduvali O‘rolov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan,    Guliston davlat universiteti qoshidagi  Guliston akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi Hamidaxon Najmiddinova “Do‘stlik” ordeni bilan, Mirzaobod tumanidagi 33-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani  o‘qituvchisi Gulsara Omonova,  Sardoba tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani  o‘qituvchisi Nodira Ergashevalar “Shuhrat” medali bilan mukofotlandilar.

Bu  Siz, aziz o‘qituvchi va murabbiylarning samarali mehnatlaringizga  Yurtboshimiz tomonidan berilgan yuksak bahodir.

Biz ham siz – azizlarni shunday yuksak  mukofot bilan tabriklaymiz va ezgu ishlaringizda omadlar tilaymiz.

 Hurmatli ustoz va murabbiylar!

          Muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan siz, azizlarni samimiy muborakbod etdilar. Ularning tabrigidagi yurakdan chiqqan so‘zlarni men ham takrorlashni o‘zimning burchim deb bilaman: “Biz siz, azizlar – maktab, litsey va kollejlarda, oliy o‘quv yurtlarida, umuman, ta’lim sohasida mehnat qilayotgan yuz minglab o‘qituvchi va murabbiylar, domlalar timsolida el-yurtimizning kelajagi, hayot-mamotini hal qiluvchi ta’lim va tarbiya sohasiga bamisoli jon bag‘ishlayotgan qudratli kuchni ko‘ramiz va yuksak baholaymiz.”

 Fursatdan foydalanib, ta’lim va tarbiyaning sharafli yukini  elkasida ko‘tarib kelayotgan Siz, aziz muallimlarni, ustozlarni, sizlar orqali viloyatimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarini kasb bayramlari bilan yana bir karra qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilayman.

Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, muhtaram Yurtboshimiz baxtimizga doimo sog‘-salomat bo‘lsinlar.

E’tiborlaringiz uchun rahmat!

 

982

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Sentabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Avg    
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×