Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 9

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Tashkiliy nazorat guruhi

Guruhning vazifalari va funksiyalari

 

  •          ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari bajarilishi holatini o’rganish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  •          boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalarida, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalarida, tumanlar, shaharlar hokimliklarida ijro intizomi ahvolini o’rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda zarur yordam ko’rsatish, kamchiliklar to’g’risida viloyat hokimini (uning o’rinbosarlarini) xabardor qilish;
  •          belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantirish, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
  •          boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llash to’g’risidagi takliflarni hokimning ko’rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritish;
  •          tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, ko’rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o’rganishni va ular bo’yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta’minlash;
  •          kelgusida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko’tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etish;
  •          davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib borish;
  •          boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig’majildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qilish;
  •          zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qilish;
  •          hokimning mutasaddilik qiladigan o’rinbosarlari bilan birgalikda hokimlik apparati kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo’yicha takliflar tayyorlash;
  •          davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta’minlash;
  •          tashkiliy-kadrlar masalalari bo’yicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, hokim rahbarligida o’tkaziladigan yig’ilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko’rish;
  •          O’zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlashga doir ishlarni amalga oshirish, ushbu yuzasidan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, tumanlar, shaharlar hokimlik-larining, boshqa tashkilotlarning ishlarini muvofiqlashtirish;
  •          O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlarini, O’zbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tegishli saylov komissiyalariga yordam ko’rsatish;
  •          xalq deputatlari Kengashining, uning komissiyalarining va boshqa ishchi organlarning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash, deputatlarga ularning o’z vakolatlarini amalga oshirishda ko’maklashish;
  •          fuqarolarning mahalla yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovlarini tashkil etish va o’tkazishda hududiy davlat organlariga ko’maklashish;
  •          tumanlar, shaharlar hokimliklari tashkiliy-nazorat guruhlari faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish.

Guruh o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  •          boshqaruv apparatida Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 12-son qaroriga muvofiq hujjatlar va topshiriqlarning o’z vaqtida ijro etilishi bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
  •          viloyat hokimiga boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalarida, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalarida, tumanlar, shaharlar hokimliklarida ijro intizomi ahvolini o’rganish natijalari to’g’risida axborot berish, uning topshirig’iga muvofiq aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish to’g’risida qaror va farmoyishlar loyihalarini tayyorlash;
  •          har chorakdagi majlislarda ko’rib chiqish va muhokama qilish uchun o’tgan chorakdagi ijro intizomi ahvoli to’g’risida ma’lumotlarni tayyorlash va viloyat hokimi, uning o’rinbosarlari va boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari rahbarlariga berish;
  •          xodimlarni lavozimga tayinlashda (egallab turgan lavozimidan ozod etishda) hisobga olish hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish, tegishli ko’rsatma hujjatlarni tayyorlash;
  •          boshqaruv apparatida, tumanlar va shaharlar hokimliklarida kadrlar hisobini yuritish, ushbu masala bo’yicha axborotlar ishlab chiqish;
  •          boshqaruv apparati xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning turli shakllari bo’yicha ishlarni tashkil etish;
  •          boshqaruv apparati xodimlariga taalluqli tushadigan xatlar, shikoyatlar va arizalarni ko’rib chiqish;
  •          ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
  •          O’zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjatlarni tayyorlash.
  •          Guruh qonunchilik hujjatlariga va viloyat hokimining hujjatlari (topshiriqlari)ga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi.

 

Rahbar: Vakant

Telefon: 0 (367) 225-14-60, 0 (367) 225-04-83

E-mail: tng@sirdaryo.uz

Manzil: Guliston shahri, Mustaqillik ko`chasi 60-uy

Guruh NIZOMI (DOC, 72 kb)

Guruh NIZOMI (PDF, 163 kb)

Viloyat hokimligi, shahar va tuman hokimliklari boshqaruv apparatlari to`g`risidagi na’munaviy nizomlarni tasdiqlash haqida (PDF, 263 kb)

1 677

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Oktabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Sen    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×