Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 5

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimligi huzuridagi kompyuterlashtirish markazi DUK

Viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK viloyat hokimligi huzurida tashkil etilib, O`zbekiston Respublikasining “Mahalliy Davlat hokimiyati tog`risida” hamda “Axborotlashtirish to`grisida”gi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirisih va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etis tog`risida” 2002 – yil 30 maydagi PF-3080-son Farmoni, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar tog`risida” 2005 yil 8 iyuldagi

PQ-117-son qarori hamda Vazirlar mahkamasining “Joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida” 2012 yil 1 fevraldagi 24-son qarori asosida o`z faoliyatini olib boradi.

Markaz viloyat hokimligi muassisligida tashkil etilib, o`z faoliyati tog`risida viloyat hokimida va O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga hisob beradi.

 Markaz quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha:

  • Viloyatda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ishlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish;
  • Viloyat hokimligida hamda joylardagi davlat boshqaruv organlarida lokal va korporativ kompyuter tarmoqlarini tashkil qilish, ularni kengaytirish va takomillashtirish, unda elektron hujjat aylanishi tizimlarini shakllantirish;
  • Viloyatda ma`lumotlar uzatish tarmoqlarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko`rsatish;
  • Ish yuritish, boshqaruv va nazorat qilishning zamonaviy usullariga o`tishni ta`minlaydigan kompyuter dasturlari yaratish va viloyat hokimligi, hamda joylardagi davlat boshqaruvi organlari tizimlarida joriy etish;
  • Viloyat hokimligining markazlashgan elektron ma`lumotlar banklarini shakllantirish, ularning xavfsizligi va barqaror ishlashini ta`minlash;
  • Joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha shahar, tuman hokimliklariga takliflar kiritish;
  • Viloyatda rasmiy veb-sahifalar yaratish, ularning doimiy yangilab borilishini nazorat qilish;
  • Viloyatga sifatli va arzon kompyuter texnikasi olib kelish, viloyat hokimlik tizimiga kompyuter texnikasi sotib olinishida davlat yoki tashkilot mablag`larining talon-taroj qilinishi hamda sifatsiz texnika kelishiga qarshi kurashish, bunday holatlar aniqlanganda viloyat hokimi tegishli organlarga axborot kiritishi;
  • Viloyatda elektron raqamli imzo kalitlarini tarqatish bo`yicha ishlarni tashkil etish;
  • Viloyatdagi dolzarb muammolarni kompyuter texnikasining imkoniyatlarini ishga solish yo`li bilan bartaraf etishda faol ishtirok etish;
  • Qonunchilikda belgilangan tartib asosida viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash va ulardan samarali foydalanishda faol ishtirok etish, jumladan, o`quv markazlari tashkil etish;
  • O`quv markazlarini zamonaviy o`quv kitob kitoblar, qo`llanmalari, darsliklar, asbob-uskunalar va ta`limning yangi texnika vositalari bilan ta`minlash;
  • Audio va Video o`quv dasturlar yaratish ularni yozish, ko`paytirish, ijaraga berish va sotish;
  • Kompyuter va internet tarmog`ini o`rgatish kurslarini tashkillashtirish;
  • Viloyat hokimligi tizimida O`zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo tog`risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi tog`risida”gi, “Axborotlashtirish tog`risida”gi va “Elektron tijorat tog`risida”gi Qonunlari ijro etilishini ta`minlash;
  • Viloyat hokimlik tizimining ichki va tashqi aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish xizmat qilish;
  • Respublikada kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo`yicha olib borilayotgan ishlar va o`tkaziladigan tadbirlarda viloyat mavqeini munosib himoya qilish hamda viloyat manfaatlari uchun kurashish.

Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha:

  • aholiga ijtimoiy, uy-joy, kommunal xo‘jaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha “Yagona oyna” tizimida davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
  • davlat va interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishda axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda davlat boshqaruvi va mahalliy hokimlik organlari hamkorligini tashkil etish;
  • davlat va interaktiv davlat xizmatlari sohasida markazlashgan elektron ma’lumotlar banklarini shakllantirish, ularning xavfsizligi va barqaror ishlashini ta’minlash.

Viloyat hokimligi rasmiy veb-sayti to‘g‘risida Nizom” asosida:

  • viloyat hokimligi rasmiy veb-sahifasini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini ta’minlash;
  • viloyat hokimi tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda katnashish;
  • viloyat hokimligi faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy veb-sayt orqali e’lon qilinishini ta’minlash;
  • aholi uchun Internet tarmog‘ida interaktiv muloqot(forum)ni tashkil etish va doimiy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tadbirkorlarga yetkazish;
  • viloyat hokimligi tomonidan aholining elektron murojaatlari bilan ishlashni tashkillashtirish;
  • viloyat hokimining tegishli topshiriqlari ijrosini ta’minlash.

 

Markaz direktori: Burxanov Alisher Xadjimuradovich

Manzil: Guliston shahri, Mustaqillik ko’chasi 60.

Telefon: 0 (367) 235 02 35

E-mail: sirkompmarkaz@umail.uz

1 331

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Iyun 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« May    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×