Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 30

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi

Guruhning vazifalari va funksiyalari

  • a) tadbirkorlik faoliyati sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni amalda joriy etishni ta’minlash bo’yicha:
  •          – tumanlar, shaharlar hokimliklarining kichik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
  •          – davlat organlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha faoliyatini tahlil qilish;
  •          – tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlari me’yorlari va talablarini amalda joriy etilishini monitoring qilish;
  •          – hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
  •          – tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishni tashkil etish va o’tkazishga doir qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini tahlil qilish;
  •          – tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning keng muhokamasini tashkil etish, shuningdek mazkur sohada jamoatchilik nazorati natijalarini ko’rib chiqish;
  • b) tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish va ruxsat beruvchi tartib-taomillardan o’tishni takomillashtirish bo’yicha:
  •          – “yagona darcha” tamoyili bo’yicha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko’rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini tahlil qilish;
  •          – biznesni yuritish, shu jumladan biznesni ro’yxatdan o’tkazish, er uchastkalari berish, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va shu kabilar bo’yicha xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari doirasida baholanadigan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda joriy etilishi monitoringini olib borish va chuqur tahlil qilish;
  •          – davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish;
  • v) qulay biznes muhitni yaratish va kichik biznesni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha:
  •          – ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to’g’risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritish;
  •          – kichik biznes korxonalari faoliyati yo’lga qo’yilishi va tugatilishi dinamikasini, faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalar sonini qisqartirish va nol qiymatda hisobot topshirayotgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish;
  •          – tegishli ishlab chiqarish infratuzilmasiga ega bo’lgan foydalanilmayotgan er uchastkalari va bo’sh turgan ko’chmas mulk ob’ektlari negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish va rivojlantirish bo’yicha takliflar tayyorlash;
  •          – tadbirkorlik sub’ektlarining bank muassasalarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish;
  •          – tadbirkorlik sub’ektlariga qonunchilik hujjatlariga asosan berilgan imtiyozlar va preferentsiyalarning qo’llanilishini monitoring qilish;
  •          – tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo’yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o’tkazish, shuningdek tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to’g’risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo’li bilan tadbirkorlik sub’ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish.

Guruh o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

  •          o’z vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha axborotlarni to’plash va umumlashtirish;
  •          tegishli sohada va hududlarda ishlarning ahvolini o’rganish hamda viloyat hokimi va uning o’rinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlash;
  •          tegishli sohani rivojlantirish, tegishli sohalarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib borish;
  •          O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
  •          tegishli soha bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini ta’minlash;
  •          viloyat hokimi (tegishli o’rinbosar) ko’rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni tayyorlash;
  •          viloyat hokimligiga kiritilgan hujjatlar loyihalari ekspertiza-sini amalga oshirish va ularni ishlab chiqish, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlash;
  •          viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar tomonidan o’tkaziladigan yig’ilishlarga materiallar tayyorlash va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish;
  •          o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo’jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  •          viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar boshchilik qiladigan tegishli komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo’mitalar ishi samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  •          jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish va ularda qo’yilgan masalalarni hal etish bo’yicha takliflar tayyorlash, ularning o’z vaqtida ko’rib chiqilishini nazorat qilish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish.
  • Guruh qonunchilik hujjatlariga va viloyat hokimining hujjatlari (topshiriqlari)ga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi.

 

Rahbar: Boboyev Xayrulla

Telefon: 0 (367) 225 23 69

E-mail: sirsanoat@sirdaryo.uz

Manzil: Guliston shahri, Mustaqillik ko`chasi 60-uy

Guruh NIZOMI (DOC, 69 kb)

Guruh NIZOMI (PDF, 160 kb)

Tadbirkorlik masalalari ustuvor vazifalari (DOC, 62 kb)

Viloyat hokimligi, shahar va tuman hokimliklari boshqaruv apparatlari to’g'risidagi na’munaviy nizomlarni tasdiqlash haqida (PDF, 263 kb)

888

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Avgust 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Iyul    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×