Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 5

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimining “Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining 10 yilligi” munosabati bilan viloyat televideniyasidagi suhbati

Viloyat hokimi Oybek ASHURMATOVning

“Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining 10 yilligi” munosabati bilan  viloyat televideniesidagi suhbati 

  

2013 yil 22 mart                                              Guliston shahri

 

Assalomu alaykum, hurmatli teletomashobinlar,

Aziz va muhtaram sirdaryoliklar!

 

         Sizlar bilan efir oqali yana  uchrashib turganimdan g‘oyat xursandman.

 

Xabarlaringiz bor, shu yil 15 mart kuni Oqsaroyda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda muhtaram Yurtboshimiz Islom Abdug‘anievich Karimov katta ma’ruza qildilar. Ma’ruzada O‘zbekiston Bolalar sporti jamg‘armasi tashkil etilganligining 10 yilligi to‘g‘risida, mamlakatimizda bolalar sportida erishilgan va qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar,  bolalar sportini  yangi pog‘onaga ko‘tarish masalalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Suhbatimizni  muhtaram Yurtboshimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning mazkur yig‘ilishda aytgan mana bu so‘zlari bilan  boshlamoqchiman:

“Jismoniy tarbiya va sport  bilan shug‘ullanishning eng muhim natijalari xalqaro, mintaqa va mamlakat miqyosidagi  musobaqalarda yuqori natijalarga erishish bilan birga, eng avvalo, yurtimizda bolalar salomatligini mustahkamlash, ma’naviy etuk, jismonan sog‘lom yosh avlodni voyaga etkazishda namoyon bo‘lmoqda.”

         Haqiqatdan ham 2003-2012 yillarda amalga oshirilgan  tadqiqotlar  va har yili o‘tkazilib kelinayotgan  maktab yoshidagi bolalarning profilaktik ko‘rik natijalari shundan dalolat bermoqdaki, jismoniy tarbiya va sport  bilan  muntazam shug‘ullanish bolalarning jismoniy rivojlanishi va salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bugun sizlar bilan viloyatimiz sporti haqida, yana aniqroq aytadigan bo‘lsak, viloyat bolalar sporti haqida, uning o‘tgan 10 yil ichida  qo‘lga kiritgan yutuqlari, taraqqiyot asoslari haqida suhbatlashmoqchimiz.

Eng avvalo, sohada erishayotgan muvaffaqiyatlarimiz, muhtaram YUrtboshimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning aniq rejalari va uzoqni oldindan ko‘ra bilishlari tufayli ekanligini  ta’kidlashimiz lozim.

Hozirgi kunda viloyatda 1530 ta sport maydoni va inshooti mavjud. SHuning 325 tasi sport zali hisoblanadi.

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi barpo etilgandan buyon, 2003-2012 yillarda viloyatning tuman, shaharlarida manzilli dasturga asosan 71 ta sport inshooti, suzish havzalari, musiqa va san’at maktablari qurilib, rekonstruksiya qilindi. Ushbu qurilish va rekonstruksiya ishlariga 29,8 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.  YAna aniqroq aytadigan bo‘lsak:

* 39 ta umumta’lim maktablariga sport zallari qurildi.

* 11 ta bolalar sport inshootlari qurib bitkazildi.

*  3 ta suzish havzasi  rekonstruksiya qilindi.

* 5 ta namunaviy loyihalar asosida qurilgan massivlarda bolalar sport maydonchalari foydalanishga topshirildi.

* 9 ta musiqa va san’at maktablari qurilib, rekonstruksiya qilindi.

Viloyatimizda o‘tgan 10 yil davomida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 71 ta sport inshooti qurildi va rekonstruksiya  qilindi. Ushbu maqsad uchun jamg‘arma hisobidan qariyb 30 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi.

Sport inshootlarining barchasi o‘rnatilgan tartibda belgilangan normativ asosida sport jihozlari bilan to‘ldirildi, eskirganlarining o‘rni yilma-yil yangilanib borilmoqda. 2003-2012 yillarda keltirilgan jihozlar umumiy narxi 1 075,4 mln. so‘mni tashkil etadi.

2012 yilda qurilib, rekonstruksiya qilingan ob’ektlarga 119,2 mln. so‘mlik jihozlar keltirib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 5 maydagi                PQ-1332-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2010 yil 9 iyundagi 07/1-394-sonli topshirig‘iga asosan Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 2004-2009 yillarda barpo etilgan sport inshootlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida yaroqlilik muddati tugagan sport anjomlari va uskunalarni qayta yangilash uchun  viloyatdagi 41 ta sport inshooti 206,3 mln. so‘mlik 20 turdagi sport jihozlari bilan qayta to‘ldirildi.

Xabaringiz bor,  2009 yili “Umid nihollari”ning respublika bosqichi bizning viloyatda o‘tdi. SHu munosabat bilan  viloyatdagi 16 ta sport ob’ektiga 24 mlrd. so‘mdan ortiq homiylar mablag‘i jalb qilindi. Jami  qurilish va rekonstruksiya ishlariga 55 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.

Viloyatimizda sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar soni 2003 yildagi  12384 nafardan  27584 nafarga ko‘paydi.

Qiz bolalarni alohida olib ko‘radigan bo‘lsak, ularning soni 2003 yilda 3013 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich bugunga kelib 9929 nafarga etdi.

10 yil ichida sport inshootlarida muntazam shug‘ullanuvchilar soni – 2,3 baravarga, qizlar soni – 3,1  baravarga ortdi.

Jamg‘arma tashkil etilgan yilda  viloyatda sport federatsiyalari soni ham 25 tani tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich  bugungi kunga kelib 48 taga etdi.

10 yil  ichida viloyatda sportning oldin rivojlanmagan badiiy gimnastika, sinxron suzish, suzish, regbi, stol tennisi kabi turlari rivojlandi.

Qizlar  1513 ta sport seksiyalarini o‘zida birlashtirgan 25 ta sport turida muntazam ishtirok etib kelmoqdalar.

Sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan,  kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga muhtaram YUrtboshimizning farmoyishlariga asosan o‘tgan 10 yil ichida 861,4 million so‘mlik sport formalari bepul berilgan bo‘lsa, 2013 yilning o‘zida 74,6 million so‘mlik 4555 dona sport formalari sovg‘a qilindi.

Muhtaram Yurtboshimiz va hukumatimiz tomonidan yaratilgan sharoit va berilgan imkoniyatlar  natijasida o‘tgan 10 yil ichida maktab yoshidagi 173 nafar farzandlarimiz turli Xalqaro musobaqalarda qatnashdilar,  shularning  71 nafari qiz bolalar ekanligi bizni mamnun qiladi.

Musobaqalarda 31 ta medallar qo‘lga kiritildi. Ularning 9 tasi oltin, 11 tasi kumush va yana 11 tasibronza medallaridir.

2012 yilda esa Xalqaro musobaqalarda 36 nafar o‘quvchi qatnashgan bo‘lsa, ularning 23 nafari qizlar, shundan 9 nafari  viloyatimizga medalь olib keldi.

Qurilib, zamonaviy sport jihozlari bilan to‘ldirilgan sport zallari va bolalar sport inshootlarida shug‘ullanayotganlarning nafaqat soni, balki sport turlaridan ko‘rsatkichlar sifati oshdi. Umid Boltaboev (10 yosh), Vasfiya Berdiqulova (11 yosh), Samandar Kalonov (18 yosh), Iroda Tursunqulova (14 yosh) shashkadan, Sarvinoz Qurbonboeva (18 yosh), Elbek Jumanov (15 yosh) shaxmatdan Jahon, Osiyo birinchiliklari g‘oliblari va sovrindorlari bo‘lgan bo‘lsa, Sherzod Abdurahmonov, Orzibek SHoyimov boksdan, Vladimir CHernenko,  Ruslan Naurzaliev, Sergey Bogdanov akademik eshkak eshishdan, Artyom Dyatlov, Ivan Zaysev engil atletikadan Afina, Yaponiya va Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etib keldilar.

2016 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan 31-Olimpiada o‘yinlariga  respublika terma jamoasi a’zolari Vyacheslav Didrix, Sergey  Tyan eshkak eshishdan, Vasilis Manolis, Artyom Dyatlov va Ivan Zaysevlar engil atletikadan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritganlar.

Viloyatda sport bilan shug‘ullanishni yanada rivojlantirish, Olimpiya sport turlariga alohida e’tibor berish maqsadida viloyat hokimligining qarori qabul qilinib, sport federatsiyalari tarkibi qayta ko‘rib chiqildi. Iqtisodiy salohiyati kuchli bo‘lgan tashkilotlar federatsiyalarga homiy etib tayinlandi.

2013-2014 yillarda sportning dzyu-do, badiiy gimnastika, qo‘l to‘pi (qizlar), engil atletika, regbi, sinxron suzish turlaridan respublika terma jamoasiga a’zolar zahirasini tayyorlash rejasi tuzildi. Bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘tgan o‘n yil ichida murabbiylar soni va sifatiga  alohida ahamiyat berdik. 2003 yilda Bolalar sporti inshootlarida 193 nafar murabbiy faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2013 yilga kelib ularning soni 453 nafarga etdi.

Bugun viloyatimizda 683nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchilari faoliyat yuritmoqda. Ularning 595 nafari    (87,1 %) oliy ma’lumotli, 88 nafari (12,9 %) o‘rta maxsus ma’lumotga ega.

O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida 122 nafar sirdaryolik talaba tahsil olmoqda. Ularning   35 nafari 2013 yilda tamomlaydi. Guliston Davlat universitetida 451 nafar talaba jismoniy tarbiya yo‘nalishida ta’lim olmoqda. Ularning 78 nafari bitiruvchi.

Bugungi kunda sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan 6-17 yoshli bolalarning salomatlik va rivojlanish ko‘rsatkichi ijobiy tomonga o‘zgargan. 2003 yil ko‘rsatkichiga nisbatan mutloq sog‘lom bolalar 56,0 foizdan 67,2 foizga oshgan, vaqtincha kasallangan bolalar ko‘rsatkichi 29,2 foizdan  21,8 foizga pasaygan, surunkali kasalliklar bilan kasallangan bolalar ko‘rsatkichi 14,8 foizdan  11,0 foizga pasayganligi kuzatildi.

So‘nggi yillarda sport bilan shug‘ullanadigan 10-14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jismoniy ko‘rsatkichlari ijobiy tomonga o‘zgardi: o‘g‘il bolalar bo‘yining o‘sishi 48,9 santimetr, qiz bolalar bo‘yining o‘sishi  48,8 santimetrni tashkil qildi.  Vazn ko‘rsatkichlari esa o‘g‘il bolalarda 48,8 kilogramm, qiz bolalarda 24,4 kilogrammga etdi.

Harbiy xizmatga loyiq deb topilganlar  90,4 foizni tashkil qildi. Ularning o‘rtacha bo‘y o‘sishi ko‘rsatkichi 23,4 santimetrga, harbiy xizmatga loyiq deb topilganlarning o‘rtacha vazn ko‘rsatkichi 2,9 kilogrammga oshishi kuzatildi.

Bundan biz xursand bo‘lishimiz, faxrlanishimiz kerak.

 Hurmatli yurtdoshlar!

Aziz ota-onalar! 

Sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning eng muhim vositasi  va u kelajakda ham shunday bo‘lib qoladi. CHunki sport – sog‘lom avlod, sog‘lom kelajak degani. Binobarin, faqat sog‘lom xalq, sog‘lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi.

 Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullangan farzandlarimiz  viloyat, respublika yoxud jahon miqyosidagi sport musobaqalarida yaxshi natijalarga erishibgina qolmay, ular yurtimizda bolalar salomatligini mustahkamlash, ma’naviy etuk, jismonan sog‘lom yosh avlodni  voyaga etkazish ishiga  ham hissa qo‘shgan bo‘ladilar.

Bolalar va yoshlarning sport bilan ommaviy ravishda shug‘ullanishlari ularning xarakterini toblaydi. Kuchli, mard va jasur bo‘lib kamol topishiga xizmat qiladi. Qat’iyatli, hayot sinovlari va qiyinchiliklarini mardona engib o‘tishga qodir insonlar etib tarbiyalaydi.

Sport bilan muntazam shug‘ullanish farzandlarimizning fe’l-atvori va turmush tarzini ijobiy tomonga o‘zgartiradi.

Shunday ekan, biz bolalarimizni sport bilan oshno etish uchun  bor kuch va imkoniyatlarimizni yanada ko‘proq ishga solishimiz, bu borada hech narsani ayamasligimiz kerak.

Har bir ota–ona o‘z farzandini jismoniy, intellektual va ma’naviy jihatdan etuk bo‘lib, hayotda munosib o‘rin egallashini astoydil istardim.

Buning uchun biz umumta’lim maktablarida, litsey va kasb-hunar kollejlarida zamonaviy bolalar sport  komplekslari tarmog‘ini barpo etganmiz. Ularni zamonaviy sport uskuna va inventarlari bilan jihozlaganmiz.

Biz ayniqsa, qizlarimizni yoshligidan sportga jalb etish, qiziqtirishimiz zarurligini unutmasligimiz kerak. Ertaga ona bo‘ladigan, oila va jamiyat tayanchi bo‘ladigan qizlarimizni yoshlikdan sport bilan oshno etish masalasiga jiddiy yondoshishimiz kerak. Eskidan qolgan   qarashlarga butunlay barham berishimiz  lozim.

Sport bilan muntazam shug‘ullangan farzandlarimiz turli sport musobaqalarida ishtirok etish bilan birga, dunyoni ko‘radilar, odam taniydilar. Sportga oid bo‘lgan yig‘ilishlarning birida shaxmat bo‘yicha 14 karra O‘zbekiston chempioni, xalqaro musobaqalarning sovrindori, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi  Sarvinoz Qurbonboeva o‘z so‘zida 15 dan ortiq mamlakatda bo‘lganini faxr bilan gapirib bergan edi.

Sportchi qizimiz SHahzoda Tursunmurodova 8 yoshdan, Vasfiya Berdiqulova 7 yoshdan boshlab Xalqaro musobaqalarda, aytaylik Qozog‘istonda, Polьsha, Rossiya, Mongoliya, Estoniya, Ukraina, Bolgariya, Turkiya va Malayziya davlatlarida ishtirok etib kelmoqdalar. Bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin.

Aziz ota-onalar, farzandlarimizni sport  bilan muntazam shug‘ullanishlarini ta’minlaylik. Buning natijasidan bahramand bo‘laylik.

Shu o‘rinda korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari, sport  federatsiyalarining raislariga ham murojaat qilmoqchiman. Ayniqsa, iste’dodi yilt etgan farzandlarimiz ko‘zdan narida bo‘lmasin. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaylik. Katta yutuqlarga erishish uchun qildek quvvat, madad  katta kuch bag‘ishlaydi.

E’tiboringiz uchun katta rahmat.

 

1 501

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Noyabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Okt    
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×