Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 3

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Sog‘lom ona va bola yili. OILA –JAMIYAT TAYANCHI

27 Oktabr, 2016
444

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan joylarda jamiyatimiz asosi bo‘lgan oilani mustahkamlash,  e’tiborni kuchaytirish, yoshlar va ota-onalarda nikoh va oilaga bo‘lgan qarashlarni munosabatlarni kuchaytirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Guliston qurilish kasb-hunar kollejining faollar zalida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, viloyat “Oila”markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi viloyat bo‘limi va “Oydin yo‘l” gazetasi hamkorligida tashkil etilgan “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” deb nomlangan tardbirda  Mirzaobod tumanida joylashgan harbiy qismlarda xizmat qilayotgan ofitser va serjantlarning oilalari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan  viloyat bosh imom-xatibi yordamchisi Farhod Rahmonov, oilaviy psixolog Sabohat Sharopova, Guliston shahar tibbiyot birlashmasi shifokori Zamira Mahmudova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Hayotxon Ortiqboeva, viloyat “Oila”markazi rahbari Sabohat Zununova va jurnalist Zebo Haydarovalar jamiyat mustahkamligida oilaning o‘rni, o‘z navbatida oilada erkak va ayol, ota va onaning o‘rni, sog‘lom turmush tarzi, turli salbiy illatlardan oilani asrash yo‘llari haqida o‘z fikr va mulohazalarini yig‘ilganlar bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, tadbir  ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

– Bugungi tadbirga  harbiy xizmatchilarimizning oilalari, ularning turmush o‘rtoqlari taklif etilganining  sababi bor, – deydi  Guliston garnizoniga  qarashli N- harbiy qismi kasaba uyushmasi raisi Shuhrat Qoraqulov. –  Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari qanchalik ahil va inoq yashash lari, turmushlari tinch va xotirjam bo‘lishi ularning ish faoliyatiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘ngillari xotirjam bo‘lib,  xizmat vazifalarini a’lo darajada bajarishadi. Aksincha, harbiy xizmatchining  oilasida notinchlik bo‘lsa,   turli muammolar tug‘ilsa,  uning   noxush kayfiyati, asablari buzilishi Vatanimizni qo‘riqlashdek mas’uliyatli vazifasini bajarishiga xalal beradi.  Shuning uchun ham biz harbiy qismda xizmatchilarimiz hamda ularning oilalari uchun  tez-tez ma’naviyat soatlari o‘tkazib turamiz. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xizmatchilarimiz va ularning oila a’zolari kayfiyatlariga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, dunyoqarashlari o‘zgarib, tafakkurlari  o‘sadi, ularning Vatanga, xalqiga va oilasiga bo‘lgan mehr-sadoqat tuyg‘ularini oshiradi.

 

Xolida ESHONQULOVA

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Iyul 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Iyun    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×