Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 6

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

SIRDARYOGA FAYZ-U BARAKA KIRMOQDA

25 Fevral, 2017
873

Guliston shahridagi muhtasham «Yoshlar markazi» binosi viloyatimizning  ijtimoiy soha vakillari bilan liq to‘ldi. Bu erda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev bilan uchrashuv bo‘ldi. Uchrashuvgina emas,  chin yurakdan, samimiy suhbat bo‘ldi.

– Bugungi uchrashuvimiz, muloqotimiz rasmiylikdan yiroq, ochiq bo‘lishini xohlardim, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev. – Dilimda tugib yurgan gaplarni men aytsam, sizlarning ham so‘zlaringizni tinglasak, bu uchrashuvimiz, muloqotimizni bir katta tadbir oldidan bo‘lib o‘tadigan masalahatday tashkil qilsak, degan istak bildirardim.

Tadbir xuddi shunday bo‘ldi. Viloyat hokimi bu erga tashrif buyurgan viloyatimiz ziyolilarini ma’rifatchilar, ezgulik tarqatuvchi fidoyilar deb atadi. Sizlar bor joyda nur bor, sizlar tashrif buyurgan joyda ma’rifat bor. Viloyatda ish boshlagan dastlabki kunlardanoq  “Bolalar shaharchasi”da bo‘ldim, dedi u, litsey va kollejlar bilan yaqindan tanishdim. Mehnat jamoalarida, korxona, tashkilot va muassasalarga tashrif buyurdim. Ajoyib xalqimiz bor,  suhbatlashgan sari suhbatlashging keladi. Men ularning yuz-ko‘zlaridagi yurtdan, hayotdan mamnunliklarini,  shukronalar aytayotganliklarini ko‘rib, o‘zimga katta kuch-quvvat oldim. Ayniqsa, ularning “Sirdaryoga fayz-u baraka kirayapti” degan so‘zlari menga madad berayapti.

G‘ofurjon Mirzayev litsey, kollej o‘quvchilarining ta’lim-tarbiyasi haqida,   bilimi, odobi haqida gapirdi, tizimdagi ayrim muammolarga to‘xtaldi. Hamma joyda rahbar har jihatdan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak, aks holda o‘sha ishda unum bo‘lmaydi, dedi.

Shahar marshrutidagi avtobuslarda yurgani, bozorda uy-ro‘zg‘or uchun xarid qilayotgan chog‘idagi ayrim gap-so‘zlarga, shaharni piyoda qadamba-qadam kezib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishayotgani, odamlar bilan uchrashib, suhbatlashayotgani haqida gapirib, ularga o‘z munosabatlarini bildirdi.

Ziyolilarni, hammani  kitob o‘qishga da’vat qildi. To‘g‘ri, kopyuter va boshqa yangi texnika vositalari o‘z yo‘liga, biroq bari bir kitob o‘qish kerak. Kitobning o‘ziga xos ifori bor. Ana shu hidga to‘yingan odam  barkamol bo‘ladi.

Viloyat hokimining viloyat kelajagi haqidagi   gaplari  barchaga manzur bo‘ldigina emas, ana shunday viloyatda yashayotganliklaridan faxr va iftixor hissiga to‘layotganliklari ularning yuz-ko‘zlaridan ko‘riinib turardi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Aliqul Xonimqulov Sirdaryoda, xususan Boyovut tumanida ekin erlaridan unumli foydalanish masalasiga to‘xtaldi. Erning umrini bekor o‘tkazayotgan ayrim yurtdoshlaridan nolidi. Guliston davlat universitetining professori Hazratqul Qarshiboyev  ishlab chiqarishga ilm-fan yutuqlarini joriy qilish, masalan, shirinmiya o‘simligini etishtirishni yo‘lga qo‘yish,  soya o‘simligini o‘zimizda etishtirish imkoniyati borligi masalasini o‘rtaga tashladi. Soya etishtirishning yana bir qulay tomoni borki, uni takroriy ekin sifatida eksa bo‘ladi.

Sirdaryo shahridagi san’at maktabi direktori Jahongir Ne’matov bir necha respublika ko‘rik-tanlovlarida xonanda sifatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgani, viloyatimizda bo‘lib o‘tayotgan ayrim ko‘rik-tanlovlarning saviyasi past ekanligi, sohadagi ayrim muammolar xususida to‘xtaldi.

O‘zbekston Yozuvchilari uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Hayotxon Ortiqboyeva, Guliston davlat universiteti dotsenti Ravshan Mahmudov, viloyat o‘lkashunoslik muzeyi direktori Zokir Xoldorov, “Sirdaryo haqiqati”-“Sыrdarinskaya pravda” gazetalari bosh muharriri Alisher Toshmatov, “Xalq so‘zi” gazetasining viloyatdagi o‘z muxbiri Ahmadali SHernazarov va boshqalar ham bugungi uchrashuvdan boy  taassurotlarga ega bo‘lganliklari, viloyat ravnaqi uchun bor kuch va imkoniyatlarini sarflashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shoir Hayot Shodmonning Sirdaryo haqidagi yangi she’ri tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Uchrashuv va muloqotni viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayyev yakunladi va ertagi ishimiz uchun g‘oyat asqotadigan mazkur tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tadbir yakunida viloyatning ko‘zga ko‘ringan san’atkorlari va ijrochi yoshlari ishtirokida konsert namoyish etildi.

 

Ortiq SULTONOV.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Mart 2019
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Fev    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×