Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 15

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Viloyat tabiati va ekologiyasi

SIRDARYO VILOYATI O‘ZBEKISTONNING SHARQIY QISMIDA JOYLASHGAN BO‘LIB, SIRDARYONING CHAP QIRG‘OG‘IDAN BOSHLANUVCHI MIRZACHO‘LNING KATTAGINA MAYDONINI EGALLAGAN.

Bugungi kunda Mirzacho‘lning tabiiy holati hisobga olinadigan bo‘lsa, uni cho‘l deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Aslida u bahorda unib chiqib, yozda qurib qoladigan turli-tuman o‘simliklar o‘suvchi gil tuproqli pasttekislikdir. Uning ba’zi joylarida qamishzor va taroqsimon bargli o‘simliklar uchraydi. Bahor va yoz oylarida, ayniqsa, janubi-sharqiy qismida tez-tez yoqimsiz garmsel shamoli esib turadi.

“Sayxun” parvarishxonasi.

sirdaryotabiat1

Viloyat hududi tabiatining o‘tmishi va buguni o‘rtasida juda keskin farq bor. Chunki inson omili tufayli Mirzacho‘lga madaniy dehqonchilik jadal sur’atlarda kirib kelgani uning tabiati bioxilma-xilligiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatdi. Bir paytlar poyonsiz kengliklarda o‘sib yotgan cho‘lning yovvoyi o‘simliklari bugun o‘z o‘rnini madaniy o‘simliklarga bo‘shatib berdi. Paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va uzumchilik, sabzavotchilikda juda katta yutuqlar qo‘lga kiritilib, endilikda Sirdaryoda etishtirilayotgan poliz mahsulotlarining dovrug‘i mamlakatimiz tashqarisida ham ma’lum va mashhurdir.

Viloyatning umumiy maydoni 427,6 ming gektarni tashkil etib, uning qariyb 60 foizida dehqonchilik qilinadi. Bir foizga yaqin maydoni o‘rmonzorlardan iborat bo‘lsa, 5 foiz hududini yaylov tashkil qiladi.

Viloyat hududida qish qattiq kelmaydi. SHunday bo‘lsa-da, ba’zi holatlarda harorat -34 darajagacha tushishi mumkin. Yozi esa quruq va issiq bo‘lib, harorat +42+45 darajagacha ko‘tariladi.

Suv zaxiralari cheklangan bo‘lib, viloyatning asosiy obi hayot manbai Sirdaryo va undan poyonsiz tekisliklar orqali o‘tgan sun’iy kanallar hisoblanadi. Bundan tashqari viloyat hududida bir qator ko‘llar va sun’iy suv havzalari mavjud, ularda 20 xildan ziyod baliq etishtiriladi.

Viloyat hududida 10 ga yaqin zilol suvli tabiiy buloq ham ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan Xo‘jamushkent, Sag‘anoq, Sarmich, Tojikiston Respublikasi chegarasiga yaqin joydagi O‘ratepa buloqlari alohida o‘rin tutadi.

Viloyat hududida bitta muhofaza etiladigan hudud mavjud. U ham bo‘lsa, Sirdaryo bo‘yidagi to‘qayzorlarda 1995 yili tashkil etilgan va noyob yovvoyi qushlarni ko‘paytirishga ixtisoslashgan “Sayxun” xo‘jaligidir. Xo‘jalik faoliyati yovvoyi o‘rdak va g‘ozlarni ko‘paytirishdan tashqari 382 gektar maydondagi to‘qayzorlarni ham asl holatda saqlab qolishga yo‘naltirilgandir. Bu erda O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan 30 xildan ortiq daraxt va buta, o‘simliklar o‘sadi, dasht qora iloni, to‘ng‘iz, shoqol, Sirdaryo qirg‘ovuli, umuman 20 xildan ziyod yovvoyi parranda qo‘nim topgan.

Sirdaryo tumanining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida bahordagi toshqinlar davrida Sirdaryoning suvi toshib suvda suzuvchi qushlar uchun to‘xtab o‘tuvchi ajoyib maskanlarni hosil qiladi. Ana shu davrda bu erga o‘n minglab suvda suzuvchi qushlar hordiq chiqarish uchun qo‘nadilar. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob qushlardan – qoshiqburun, vishildoq oqqush, pushti saqoqush, jingalak saqoqush, olaqanot, marmar churrak bor.

 

Sirdaryo qirg‘ovuli.

qirgovul

Qoravoy.

qoravoy

Dasht qora iloni.

dashtqorailoni

Atayka o’rdagi.

atayka

Sirdaryo viloyatida faqat ushbu hudud uchun xos bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan Maligin baliqqo‘zi, qora sirttan kabi noyob o‘simliklar o‘sadi.

Viloyat hududida oq sazan, Turkiston mo‘ylabdori, ko‘ndalang yo‘lli bo‘ritish, olaqanot, ilonburgut, dasht burguti, burgut kabi O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan jonzotlar yashaydi. Ulardan Bogdanov yirtqichi faqat ushbu hudud uchun xos hisoblanadi.

Viloyat hududi qurilish ashyolarining kattagina zaxirasiga ega.

Viloyatning Sirdaryo bo‘yidagi to‘qayzorlari ekoturizmni rivojlantirish uchun juda qulaydir.

2 700

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Avgust 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Iyul    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×