Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 30

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Tug`ilganlikni, o`limni , nikohni ro`yhatdan o`tkazish, nikohni bekor qilish, otalikni beliglash, farzandlikka olish, familiyani, ismni va ota ismini o`zgartirish tartibi to`g`risida axborotlar taqdim etish.

TUG’ILGANLIKNI QAYD ETISH TARTIBI

Bolaning tug’ilishini qayd etish majburiy bo’lib, bola tug’ilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash joyidagi FHDYo organida amalga oshirilishi lozim.Tug’ilganlikni qayd etish uchun: tibbiyot muassasasining bola tug’ilganligi to’g’risidagi tibbiy ma’lumotnomasi, ota-onalarining pasportlari yoki ularning o’rnini bosuvchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi to’g’risidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda bo’lmagan onaning arizasi taqdim etiladi.

Tibbiyot muassasasi tomonidan beriladigan tug’ilganlik to’g’risidagi ma’lumotnomada:

onaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;

bolaning tug’ilgan vaqti va sanasi, jinsi, vazni, bo’yi;

berilgan vaqti to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi zarur.

Ma’lumotnoma tibbiyot muassasasi mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.

Tug’ruqxonalardan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tug’ilgan bolaning tug’ilganligini qayd etish uning shu onadan tug’ilganligiga guvohlik beruvchilar imzolagan va uchastka shifokori yoki feldsherining imzosi bilan tasdiqlangan dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.

Ota-onalardan birining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo’lmagan alohida hollarda FHDYo organi tug’ilganlikni qayd etishni rad qilishi mumkin emas. Bunda hujjatlari bo’lmagan ota yoki ona haqida ma’lumotlar nikoh yoki avvalgi bolalarining tug’ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlari asosida ko’rsatiladi.

Ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lmaganda bolaning tug’ilganligini qayd etish tibbiyot muassasasi ma’muriyatining yoki vasiylik va homiylik organining arizalariga asosan amalga oshiriladi.

 

OTALIKNI BELGILASH TARTIBI

Nikohda bo’lmagan ota-onadan tug’ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga yetmagan hisoblansa, unda uning ota-onasi yoki qonuniy vakili) tomonidan FHDYo organiga birgalikda berilgan arizasi asosida amalga oshiriladi. Otalikni belgilash to’g’risidagi ariza tug’ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDYo organiga beriladi. Otalikni belgilash ariza berilgan kuni ota-onasining ishtirokida amalga oshiriladi.

Otalikni ishonchnoma bo’yicha belgilashga yo’l qo’yilmaydi

 

FARZANDLIKKA OLISH TARTIBI

Farzandlikka olish haqida o’zgartirishlar kiritish sudning qaroriga asosan tug’ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDYo organida, farzandlikka olingan bolaning tug’ilgan joyi o’zgartirilganda esa farzandlikka oluvchilar yashaydigan joydagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olinayotgan bolaning tug’ilganligi to’g’risidagi yozuvlar daftariga zarur o’zgartirishlar FHDYo organlari tomonidan, farzandlikka olish to’g’risidagi qaror chiqqan kundan boshlab o’n kun mobaynida kiritiladi. FHDYo organiga ko’rsatib o’tilgan muddat tugagandan keyin murojaat qilingan taqdirda farzandlikka olish to’g’risidagi qarorning haqiqiyligini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.

Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDYo organiga:

a) sudning farzandlikka olish haqidagi qarori asl nusxasi;

b) farzandlikka olinayotgan bolaning tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi;

v) farzandlikka oluvchi(lar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

 

NIKOHNI QAYD ETISH TARTIBI

Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to’g’risida ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organiga belgilangan shakldagi ariza bilan murojaat etgan kundan bir oy o’tgach qayd etiladi.

FHDYo organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikohini qayd etish to’g’risidagi arizasini qabul qilishda belgilangan tartibda tibbiy ko’rikdan o’tish uchun yo’llanma beriladi, FHDYo organi mudiri uzrli sabablar bo’lganda, arizachilarning iltimoslariga ko’ra bir oylik muddatni qisqartirishi mumkin.

Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi — bolalarining tug’ilganligi haqidagi guvohnomalari, tibbiyot muassasasining kelinning homiladorligi haqidagi ma’lumotnomasi, xizmat safari to’g’risidagi va shu kabi hujjatlar ko’rsatiladi Belgilangan shakldagi ariza nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida to’ldiriladi va barcha savollarga aniq va to’liq javoblar berilishi kerak. Ariza aniq, tushunarli dastxat bilan yozilishi kerak.

Nikohga kirish haqidagi arizani berishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar: pasport, harbiy bilet, ofitser yoki praporshchikning shaxsiy guvohnomasi ko’rsatilishi kerak.

 

NIKOHDAN AJRATISH TARTIBI.

Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDYo organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) bo’lmagan er-xotinlardan nikohdan ajralish to’g’risidagi arizani qabul qiladi.

Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

Arizani qabul qilishda arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjatda voyaga yetmagan farzandlari to’g’risida belgi bor-yo’qligi tekshirilishi lozim.

Agar nikohdan ajralishga er-xotinning o’zaro roziligi bo’lgani holda umumiy mulk haqida yoki mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinning ta’minoti haqida nizolar bo’lsa, u holda nikohdan ajratish sud tartibida hal etiladi.

FHDYo organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish to’g’risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish to’g’risidagi guvohnomani beradi.

Er-xotinlarning shaxsini tasdiqlovchi pasportlar yoki boshqa hujjatlarga nikohdan ajratilganlik to’g’risida FHDYo organi tomonidan shtamp qo’yiladi.

 

O’LIMNI QAYD ETISH TARTIBI

O’limni qayd etish marhumning yashash joyi yoki o’lim sodir bo’lgan joydagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

O’limni qayd etish to’g’risidagi ariza o’lim to’g’risidagi tibbiy guvohnoma berilgan vaqtdan boshlab 3 kundan kechikmay berilishi kerak.

O’limni qayd ettirish to’g’risida marhumning qarindoshlari yoki yaqin kishilari, shuningdek tibbiy muassasa ma’muriyati murojaat etishlari mumkin, ular o’lim to’g’risida tibbiy guvohnoma va marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etadilar.

 

FAMILIYA, ISMVAOTAISMINIOZGARTIRISHTARTIBI

Familiya, ismvaotaisminio’zgartirishhaqidagiarizalararizaberuvchi 16 yoshgato’lgachturarjoydagiFHDYoorganitomonidanko’ribchiqiladi. Familiya, ism, ota ismini o’zgartirish to’g’risidagi arizaga quyidagilar:

a) ariza beruvchining tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi;

b) agar ariza beruvchi nikohda turgan bo’lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo’lsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;

v) agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari bo’lsa, u holda bolalarning tug’ilganlik haqidagi guvohnomalari;

g) ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan ko’chirma;

d) agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo’lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;

e) 1 dona (3 x 4 o’lchamli) fotosurat ilova qilinadi.

FHDYo organi tomonidan oshiriladigan harakatlar uchun fuqaroning shaxsan o’zi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birgalikda murojaat etishi va amalga oshiriladigan harakat turiga qarab belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni taqdim etishi lozim bo’ladi. Shu munosabat FHDYo organi internet tarmog’i orqali fuqarolarga xizmat ko’rsata olmaydi. FHDYo organlari tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarni qayd etishda va xarakatlarni amalga oshirish bo’yicha talab qilinadigan hujjatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishni so’rab murojaat qilgan fuqarolarga interaktiv xizmatlar orqali huquqiy xizmatlar ko’rsatilishi mumkin.

829

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Avgust 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Iyul    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×