Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Ijtimoiy himoya – davr talabi

 

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 27-dekabrdagi "O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyatga integratsiya qilish va mustaqil hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritilib, unga 535 nafar yolg‘iz keksalar kiritilib, ularga 68 nafar ijtimoiy xodim biriktirildi.

– Ushbu toifaga kirgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida 61 nafar shaxsning uy-joyi moslashtirildi, 21 nafar shaxsning qarindoshlari va yaqinlari bilan aloqalari tiklandi, 535 nafari esa chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 46 nafariga imtiyozli dori vositalarini olishda ko‘maklashildi, 333 nafar shaxsga har oylik moddiy yordam berilib kelinmoqda, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi shuʼba mudiri Dilobar Kattabekova. – Bundan tashqari, o‘tgan bir yil mobaynida 192 nafar shaxs sog‘ligi yaxshilanganligi va yaqin qarindoshlari bilan munosabatlari tiklanganligi hamda vafot etganligi sababli reyestrdan chiqarildi.

Qaror asosida o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, balki farzandlari va qarovchilari bo‘lgan nuroniylar, alohida parvarish talab qiladigan insonlarga shartnoma asosida 30 dan ziyod ijtimoiy-tibbiy, madaniy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

– Prezidentimizga biz kabi yolg‘iz keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani, shart-sharoit yaratib bergani uchun ming rahmat. To‘g‘ri, yoshligingda yolg‘izligingni, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lib qolishingni his etmasliging mumkin. Yoshing o‘tib, kuching ketganda yolg‘iz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lib qolganingda buni chuqur his etarkansan. Yaratganga shukr, mana shunday saxovatli, mehr-muhabbatli insonlar borligi uchun. Ular yordami, eʼtibori sabab o‘zimni yolg‘iz emas, baxtli va baxtiyor his etayapman, – deydi Habiba Usmonova.

Muhtojlarga mehr-saxovat ko‘rsatish xalqimizning o‘lmas qadriyatlaridan. Shu boisdan yurtimizda o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yakka-yolg‘izlarni ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan yaxlit bir tizim yaratildi. Bu esa, o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yakka-yolg‘iz kishilarga baxtli lahzalarni tuhfa etyapti.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish