Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Boks” majmuasi ochildi

Shirin shahrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sportning boks va boshqa turlariga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida boks zali qurilib, foydalanishga topshirildi.

Shahar aholisining taklifi va tashabbusi bilan yangidan qurilgan  boks majmuasining qurilishiga "Tashabbusli byudjet"ning 500 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘i yo‘naltirildi.

Boks majmuasi  yosh sportchilarning talabi va taklifiga binoan zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlandi. Unda bir vaqtning o‘zida 100 nafarga yaqin sportchi nafaqat boks, sportning boshqa turlari bilan ham shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratildi.  

Majmuaning  ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda  shahar hokimi va Sirdaryo viloyat sport boshqarmasi vakillari, nuroniylar, sportchi yoshlar va ularning yaqinlari ishtirok etib, boks sport majmuasida  sportning boks va boshqa turlari bilan shug‘ullanib, yurtimizning faxri bo‘lgan chempionlar yetishib chiqishiga ishonch bildirishdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish