Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda "Mahalla obod – yurt obod" shiori ostida xayriya hashari o‘tkazildi

Azal-azaldan xalqimiz hasharni mehr-oqibat, ishonch hamda do‘stlik rishtalarini mustahkamlovchi vosita sifatida eʼzozlab keladi. Sirdaryoda "Mahalla obod –yurt obod" shiori ostida o‘tkazilgan xayriya hasharida bobolarimiz va momolarimizdan bizgacha yetib kelgan o‘ziga xos qadriyat yana bir bor namoyon bo‘ldi.

O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi 239 ta mahallada tashkil etilgan  xayriya hasharida esa 32 ming 634 nafar aholi ishtirok etdi.

Ular tomonidan viloyatdagi 61 ta qabriston obodonlashtirildi, 723 ta ko‘chada"Obod ko‘cha" mezoni bo‘yicha ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

1 ming 967 ta ko‘p qavatli uy-joyning atrofi hamda 54 ta bolalar maydonchasi obodonlashtirilib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj 812 nafariga  tegishli tomorqa yerlari chopilib, tartibga keltirildi.

– O‘tkazilgan xayriya hashari davomida hasharchilar tomonidan 339,7 gektar yer maydoni obodonlashtirilgan bo‘lsa, 431 tonna har xil turdagi chiqindilar chiqarib tashlandi, 97,4 km ariq va zovurlar tozalanib, 24 ming 623 ta daraxt oqlanib, shakl berildi, – deydi uyushmaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Uyg‘un Hotamov.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish