Videokonferens-aloqa shaklidagi ushbu majlisda vazir o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari, Sirdaryo viloyatidagi studiyadan sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari masʼullari ishtirok etdi.
Tadbirni Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov olib bordi. Muhokama chog‘ida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritilib, ularni amalga oshirish yuzasidan joylardagi masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng majlisda Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash muassasalarida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari natijalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, hududda skrining tizimi talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan. Bolalar o‘rtasida onkogematologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash bo‘yicha Sardoba, Sayxunobod, Xovos va Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmalariga qarashli birlamchi tibbiyot muassasalari faoliyatida kamchiliklar mavjud. Baʼzi hududlarda aniqlangan kasalliklar dispanser nazoratiga olinmagan.
Gelmintoz kasalligini erta aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan skrining jarayoni haqida ham shunday fikrlar aytildi.
Shu bilan birga, sil kasalligi, qandli diabet bo‘yicha skrining va sog‘lomlashtirish ishlari natijalari ham qoniqarli emas. Dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan yillik va oylik ehtiyojlarni shakllantirishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Qolaversa, bugungi kunda viloyatda tibbiyot yo‘nalishida aholi murojaatlari bilan ishlash holati talab darajasida emasligi, ayrim tuman tibbiyot birlashmalarida 1103 qisqa raqamli “Ishonch telefoni“ faoliyati haligacha yo‘lga qo‘yilmagani jiddiy tanqid ostiga olindi.
Yig‘ilishda kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, onalar va bolalar salomatligini asrash, sohada korrupsiyaga qarshi kurashish, kadrlar taʼminoti va ularning salohiyatini oshirish kabi bir qator masalalar ham tahlil etilib, bu bo‘yicha tibbiyot xodimlari zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, jiddiy xato va kamchiliklar hamda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan masʼullarning lavozimga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqilishi taʼkidlandi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi