



Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev bugun ushbu mahallada bo‘lib, faollar va nuroniylar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Og‘ir hudud toifasida bo‘lganligi bois kelgusi yil boshida bu yerda "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlari asosida infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratishga qaratilgan katta hajmdagi qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
Kompleks chora-tadbirlar ijrosi doirasida ijtimoiy muammolarni hal qilish bilan birga, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor tajribalari asosida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallani tadbirkorlik markaziga aylantirish choralari ham ko‘riladi.
Muloqot davomida aholining bu boradagi taklif va tashabbuslari tinglandi. O‘z navbatida ular odamlarning hayotdan rozi qilishdek ulug‘vor maqsad yo‘lida ish olib borayotgan Davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini izhor qilishdi.
O‘rganishlar, bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib “Yo‘l xarita” tayyorlanishi aytildi. Masʼullar oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi