Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Toshkent shahrida tashkil etilgani kabi Sirdaryo viloyatida ham "Yashil belbog‘" yaratish loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlarda viloyat hokimi boshchiligida 600 nafardan oshiq tuman, shahar hokimlari, viloyat tashkilotlari, sektorlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mirzaobod tumani Bog‘iston mahallasi hududidagi 100 gektar yer maydonida yerning meliorativ holati, iqlim sharoitidan kelib chiqib, 80 ming dona manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilib, bugungi tadbir davomida 5 mingdan oshiqroq ko‘chat o‘tqazildi.
Loyiha doirasida shu atrofda o‘sib turgan daraxtlarga shakl berilib, daraxtlar oqlandi, ariq va zovurlar tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
–"Yashil belbog‘" loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur boqqa ekilgan navnihollar kelgusida katta daraxtlarga aylanib, chor-atrofning go‘zal, yana-da fusunkor va tarovatli bo‘lishiga hissa qo‘shadi, –deydi Sirdaryo viloyati ekologiya, atrof-muhit muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Elmurodov. – Sirdaryoning tuprog‘i sho‘r, ammo ekilgan nihollarga o‘z vaqtida qaralsa, kam-ko‘stsiz, bexato amal oladi. Bu masala ham eʼtibordan chetda qolmadi. "Yashil belbog‘" loyihasi asosida tashkil etilgan boqqa bog‘bon, mutaxassislar biriktirildi.
Guliston shahrida tashkil etilgani kabi "Yashil belbog‘" loyihasi asosidagi bog‘lar har bir shahar, har bir tumanda tashkil etilib, yana 4 million 100 dona manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekiladi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi