Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
"Talaba yugur" musobaqasi o‘tkazildi
Aholi orasida, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini kamol toptirish maqsadida o‘tkazilayotgan ommaviy sport tadbirlarining ahamiyati juda muhim.

Guliston shahrida ham O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, Sirdaryo viloyat hokimligi, viloyat sport, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Yoshlar ishlari boshqarmalari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda mavjud oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talaba yugur” yugurish musobaqasini o‘tkazdi.

Yugurish musobaqasida elektron ro‘yxatdan o‘tgan 800 nafarga yaqin ishtirokchi 3 km bo‘lgan masofani yugurib o‘tishdi.

– "Talaba yugur" yugurish musobaqasi chin maʼnoda sport bayramiga aylandi. Yugurish musobaqasida ishtirok etgan talaba yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan ishtiyoqi yana-da kuchaygani guvohi bo‘ldik. Sport, ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanayotgan insonlar ko‘paygani naqadar yaxshi. Bugungi marafon buning yana bir ifodasidir,–deydi Sirdaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Bo‘ronov. 

Sport tadbiri yakuniga ko‘ra, Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti, Toshkent kimyo-texnologiya institutidan 24 nafardan talaba sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa Nizomiga asosan g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalarning 6,4,2 oylik kontrakt -shartnoma mablag‘lari to‘lab beriladi hamda ular “Rektor stipendiyasi” bilan mukofotlanadi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish