Yaqin vaqtlarda ular soni yana ham oshishi mumkin. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turining ko‘payishiga, xizmat ko‘rsatish ko‘lamining kengayishiga, eng muhimi, tumanning eksport salohiyati ortishiga, aholining ishsiz qatlamini ish bilan taʼminlashga hissa qo‘shishi mumkin.
Boyovut tumaniga O‘zbekistonning Quvaytdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ayubhon Yunusov hamrohligida quvaytlik investorlar tashrif buyurdi.
Ular tumanning iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyati bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga tuman markazida ko‘p qavatli uylar qurish, xizmat ko‘rsatish markazlari barpo etish, tibbiy laboratoriya tashkil etish, ekoturizm korxonalarini ochish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha hamkorlik qilish loyihalarini muhokama etishdi.
Tuman hokimi Dilfuza O‘rolova xorijlik investorlar bilan istiqbolli loyihalarni ro‘yobga chiqarish ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishini qayd etib, mutasaddilarga kompaniyalar mutaxassislari bilan loyihalarni amalga oshirishning texnik -iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, ikki tomon rasmiylarining keng doiradagi muloqotlari, mahalliy tadbirkorlar bilan “B2B” formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvdan so‘ng sarmoyadorlar hududlarga chiqib, tumanning imkoniyatlari bilan tanishdi. Jumladan, tuman markazidagi bo‘sh turgan bino o‘rnida ko‘p qavatli turarjoy hamda xizmat ko‘rsatish kompleksi barpo etish, tibbiyot birlashmasi hududida davlat- xususiy sherikchilik asosida tibbiy xizmatlarni tashkil etish hamda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha fikrlashildi.
–Quvaytlik investorlar tuman tibbiyot birlashmasiga ham tashrif buyurib, aholining salomatligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarimiz bilan yaqindan tanishib, kelgusida kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash bo‘yicha davlat- xususiy sheriklik asosida zamonaviy, tibbiy laboratoriya xizmatini yo‘lga quyish yuzasidan o‘z takliflarini berdi,–deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Akromjon Azizqulov.–O‘ylab qaralganda, ushbu xizmat boyovutliklar uchun kerak. Bu esa, tibbiy xizmat ko‘rsatishning yana-da rivojlanishiga, 100 dan ortiq kasallikka erta bosqichlarda tashxis quyish imkonini beradi.
Boyovutga quvaytlik investorlarining tashrifi kelgusida xorijiy investorlar ishtirokidagi korxona va tashkilotlarni ishga tushirishga, eksportga yo‘naltirilayotgan mahsulotlar turining ko‘payishiga yo‘l ochadi, albatta.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi