Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryo viloyatining 2025 yil uchun mahalliy byudjeti muxokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligida Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Sadullayev Samandar Asadovich ishtirokida Sirdaryo viloyatining 2025 yil uchun mahalliy byudjeti muxokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, 2025 yilda byudjet hamda soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va 2025 yilgi ustivor vazifalar muxokama qilindi.

Jumladan, 2025 yilda Sirdaryo viloyati mahalliy byudjeti daromadlari 1 trln 739,4 mlrd so‘m, xarajatlari 2 trln 552,3 mlrd so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda.

Respublika byudjetidan Sirdaryo viloyati mahalliy byudjetiga 812,8 mlrd so‘m miqdorida tartibga soluvchi transfertlar o‘tkazilib beriladi.

Daromadlar bo‘yicha:

2025 yildan boshlab quyidagi soliq turlari to‘liq (qisman) tuman byudjetiga o‘tkaziladi:

Aylanmadan olinadigan soliq;

jismoniy shaxslar daromad solig‘ining kamida 50 foizi;

yuridik shaxslar mol-mulk va yer soliqlari;

davlat mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromadlar (donor tumanlar va yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno).

Natijada:

2025 yilda tuman (shahar) byudjetlari daromadi 435,2 mlrd so‘mga yoki 126,0 foizga oshadi, transfertning tuman va shaharlardagi xarajatidagi ulushi 57,5 foizdan 51.7 foizga kamayadi, 2025 yilda 9 ta, 2026 yilda 2 ta tuman transfert oluvchilar safidan chiqadi;

transfert oluvchilar safidan 2026 yilda 2 ta hudud 1 ta tuman va 1 ta shahar chiqadi. (2025 yilda Shirin shahrida transfert ulushi 36 foizni, Sardoba tumanida transfert ulushi 46 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Mazkur hududlar byudjeti xarajatini o‘zi qoplash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘riladi).

Xalq deputatlari Kengashlariga quyidagi vakolatlar beriladi:

- Tumanlarning rivojlanish darajasidan kelib chiqib, YATTlar uchun qat’iy soliq stavkasini eng kam va eng yuqori stavkalar doirasida belgilash;

Noruda qurilish materiallariga belgilangan qat’iy stavkasini 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffisiyent qo‘llash;

- Suv solig‘i stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi va 1,5 gacha oshiruvchi koeffisiyent qo‘llash;

Soliqqa tortiladigan turar va noturar ob’yektlarining minimal ijara miqdoriga 2 foizgacha oshiruvchi koeffisiyent qo‘llash.

Xarajatlar bo‘yicha:

Mahalliy byudjetlar mustaqilligini yanada oshirish maqsadida ayrim xarajatlarni tuman byudjetidan yuqori byudjetga o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan 2020 yilda maktab va bog‘cha ish haqi xarajati,
2024 yilda ijtimoiy nafaqalar tuman byudjetidan respublika byudjetida hamda 2022 yilda Sirdaryo viloyati Davlat tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tgan sog‘liqni saqlash muassasalari viloyat byudjetiga o‘tkazilgan.
2025 yildan Sirdaryo viloyatida Soliq qo‘mitasining hududiy organlari va kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limilarining saqlash xarajatlari tuman va shahar byudjetidan viloyat byudjetiga o‘tkazilmoqda.

Tuman mahalliy byudjeti xarajatlarini mahalliy hokimliklar majburiyatlariga muvofiqlashtirish ishlari davom ettiriladi.

Bunda tuman va shahar byudjetlarida asosan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi.

– aholi punktlarini obodonlashtirish, xususan, ichki yo‘llarni saqlash, ko‘chalarni tashqi yoritish, qabristonlarni obodonlashtirish, drenaj ishlari, nazoratsiz hayvonlarni tutish;

– Maktagacha va umumta’lim muassasalarining boshqa xarajatlari, maktabdan tashqari ta’lim, madaniyat, bolalar musiqa va san’at, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlash xarajatlari;

– Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlar;

– Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, “Suv yetkazib berish xizmati” muassasalarini saqlash xarajatlari;

– Hokimliklar, davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalarini saqlash xarajatlari (xalq deputatlari Kengashi, xalq qabulxonalarining texnik xodimlari, oila va xotin qizlar bo‘limi, iqtisodiyot va moliya bo‘limi, yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, madaniyat bo‘limi, ijtimoiy moslashuv markazi, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollarini saqlash xarajatlari)

– Mahalliy byudjet zaxira jamg‘armasi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga asosan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan Davlat dasturlari va tadbirlari uchun 2025 yilda 248 mlrd so‘m mablag‘lar ko‘zda tutilmoqda.

- Ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalarini ta’mirlash va yangilash dasturiga 1 mlrd so‘m;

- Norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘riladigan zararlarni xar oy yakuni bo‘yicha subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplashga 4 mlrd so‘m;

"Mahalla byudjeti" jamg‘armasi mablag‘lariga 9 mlrd so‘m;

Tashabbusli byudjet tadbirlariga 120 mlrd so‘m;

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash 36 mlrd so‘m;

Xususan Mahalliy hokimliklar tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash maqsadida tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tarkibida Ichki yo‘llarni saqlash uchastkalari tashkil etilmoqda, mazkur tadbirlar uchun jami 68,8 mlrd so‘m ajratilmoqda, jumladan:

har bir tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalariga ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash uchun 4,0 mlrd so‘mdan jami
44,0 mlrd so‘m;

ichki yo‘llarni saqlash uchun zarur bo‘ladigan 25 ta maxsus yo‘l texnikalarini xarid qilish uchun 22,7 mlrd so‘m;

har bir tuman (shahar)larga qo‘shimcha ajratilayotgan shtat birliklarini (bo‘lim boshlig‘i, muxandis, xaydovchi va yo‘l ishchilari) saqlash uchun 2,1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.

Bundan tashqari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi ko‘kalamzor maydonlarga 18 km sug‘orish tizimi va 11 ta suv chiqarish quduqlarini tashkil etish tadbirlariga jami 3,6 mlrd so‘m;

Ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish hududlarini saqlash maqsadida boshqarmalar moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 5 ta maxsus texnikalar xarid qilish uchun 5,0 mlrd so‘m.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish