Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryo va Krasnodar o‘lkasi o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy safari doirasida Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratyev bilan uchrashdi.

Unda may oyining oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Rossiya-O‘zbekiston hududlararo Kengashi majlisi vaqtida boshlangan muzokaralarni faol davom ettirish, hududlararo savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi loyihalar istiqbollari muhokama qilindi.

2023 yilda Sirdaryo viloyati va Krasnodar o‘lkasi o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 133 million dollarni, joriy yilning yanvar-may oylarida esa bu ko‘rsatkich 35 million dollarni tashkil etgani qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati va turizm kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan tomonlar birdek manfaatdor ekanligi taʼkidlandi. Bu maqsadlar yo‘lida biznes vakillarini faol qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar berishga kelishib olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish