









Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan erta tongdan Guliston shahrida turli mehnat jamoalari, yoshlar, nuroniylar, sportchilar, havaskorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Yangi nafas” yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Masofa 3 kilometrni tashkil qilib, unda 3 mingdan ziyod sirdaryoliklar ko‘ngilli ravishda faollik ko‘rsatdi.
G‘oliblar yosh, “Absolyut” va “Havaskor” toifalari bo‘yicha aniqlandi. Taqdirlash marosimida so‘z olgan viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev mamlakat bosh ramzlaridan biri bo‘lgan davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi bilan barchani qutladi, O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida millatni birlashtirishga qaratilgan mazkur vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi.
Yakunda g‘oliblarga viloyat hokimligining medal va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
104,9 %
2023 yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
97,1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
904 865 kishi %
2023-yilning yanvar oyi holatiga
100,9 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
104,5 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
109.1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi