







Boyovut tumani tibbiyot birlashmasida Gavi (vaksina uyushmasi) va UNISEF tashkiloti tomonidan ajratilgan 1 milliard 748 million so‘m grant mablag‘i evaziga qurilgan tibbiy biologik chiqindilarni zararsizlantirib, qayta ishlaydigan utilizatsiya shoxobchasi foydalanishga topshirildi.
Unda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Gavi va UNISEF tashkiloti vakillari hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi masʼullari boshchiligidagi soha xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida OAV vakillari uchun press-tur ham tashkil qilinib, mutasaddilar mazkur shoxobchaning imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, shoxobcha qurilishigacha tuman tibbiyot birlashmasi, uning davolash profilaktika bo‘limlaridan chiqayotgan “b” guruhidagi (shpris, igna, shisha, reagent, plyonka, rezina qo‘lqop kabi tibbiy biologik) chiqindilar maxsus pechlar yordamida yondirilib, yo‘q qilingan bo‘lsa, endi shoxobchaga o‘rnatilgan apparatda qayta ishlanib, kimyoviy jihatdan bezarar chiqindiga aylantirilmoqda.
Muassasaning ochilishga bag‘ishlangan taqdimot jarayonida Gavi va UNISEF tashkiloti vakillari ham so‘z chiqib, UNISEF va Gavi, Vaksinatsiya alyansi tomonidan mazkur muassasaga 3,2 million AQSH dollardan ziyod beg‘araz yordam sertifikatini topshirdi.
104,9 %
2023 yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
97,1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
904 865 kishi %
2023-yilning yanvar oyi holatiga
100,9 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
104,5 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
109.1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi