Guliston shahridagi “Yoshlar markazi”da "Besh tashabbus olimpiadasi" ikkinchi mavsumi doirasida mahalla yoshlari o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Turnirining tuman va shahar saralash bosqichida jami 37 ta jamoa, 260 nafarga yaqin yosh qatnashdi. Har bir hududdan bittadan eng kuchli jamoalar viloyat bosqichiga yetib keldi.
Shiddatli kurashlar va his-hayajonga boy o‘tgan musobaqa yakunida 1-o‘rin Yangiyer shahar Shukrona mahallasi jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Guliston tumani Oltin vodiy mahallasi jamoasi, 3-o‘rinni Sirdaryo tumani Bunyodkor mahallasi jamoasi egalladi va har uchala jamoa ham turnirning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Taqdirlar marosimida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ham ishtirok etib, yoshlarni kitobxonlikka, ilm olishga chorladi va g‘olib jamoalarga keyingi bosqichda omad tiladi. Ularga immatbaho sovg‘alar topshirildi.
Turnir davomida, shuningdek, “Zakovat” teleo‘yini boshlovchisi, «Zakovat intellektual klubi» NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev ishtirokida mahorat darslari ham tashkil qilindi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi