Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati
eye Ko'zi ojizlar uchun
Xovoslik Kamronga uy sovg‘a qilindi

Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 9-avgustida “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori qabul qilingandi.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda amaliy ishlar bajarilmoqda. Jumladan, Xovos tumani “Istiqlol” mahallasidan Kamron Jo‘raboyevga 2 xonali xonadon tantanali ravishda topshirildi. Unda Xovos tuman hokimi Ulug‘bek Yo‘ldoshev, tuman sektor rahbarlari, nuroniylar, tegishli masʼullar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Mazkur xonadon 12 turdagi zaruriy uy jihozlari, gilam, stol-stul, muzlatkich, televizor, gaz plita, yotoq mebellari va boshqa kerakli anjomlar bilan taʼminlandi. – Prezidentimizdan bir umr minnatdorman. Endi mening ham o‘z uyim bor va unda xotirjam yashaydigan bo‘ldim, – deydi Kamron sevinchini yashirolmay. 

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish