Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +27.1C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Isroil davlatining "Razore Investments Engineering and Consulting" kompaniyasi vakillarini qabul qildi

Muloqot davomida viloyatda donni qayta ishlash va bu orqali omuxta yem, lizin va glyuten olish, shuningdek, muqobil energiya manbalaridan foydalanishda zarur bo‘ladigan uskunalar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ayni jarayonda isroillik investorlar tomonidan viloyatning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda quyosh panellari va shamol generatorlari yordamida olinadigan energiyaga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganilgach taklif ishlab chiqilishi va ikki tomonlama manfaatli loyiha doirasida investitsiya kiritilishi taʼkidlandi.

Viloyat hokimi hamkorlikka, investorlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini maʼlum qilib, xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘li bo‘yiga shamol generatorlari o‘rnatish, viloyatdagi mavjud erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida esa mahsulot ishlab chiqarishni boshlash uchun yetarlicha shart-sharoitlar mavjudligini qad etdi.

Uchrashuv davomida kelgusida aniq loyihalarni ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbiq etishga kelishib olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish