


Dastlab Chjeszyan provinsiyasi partiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari E Chjenbo bilan muzokaralar olib borildi. Unda 4 ta yo‘nalish - Chjeszyan provinsiyasi bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatish, pragmatik iqtisodiyot va savdo sohasini rivojlantirish, yangi savdo hamkorlik yo‘nalishlarini ochish, onlayn platformalar orqali savdoni rivojlantirish, O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining onlayn savdosini yo‘lga qo‘yish hamda gumanitar sohada hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xitoyning quyosh panellari ishlab chiqaruvchi yirik “Longi” kompaniyasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan ishlash bo‘yicha menejeri Zoya xonim bilan o‘tgan uchrashuvda kompaniya hisobidan Shirin Energetika kolleji negizida quyosh panellariga xizmat ko‘rsatish sohasida 22 nafar mutaxassislarni qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari Xitoyning “TIANJIN ZHONGHENG GLORY TECHNOLOGY” kompaniyasi rahbari Viktori xonim “Sports and Chinese Medicine Health Industry Branch” kompaniyasi prezidenti o‘rinbosari Van Lin bilan muloqot davomida Yangiyer shahrida Xitoy xalq tabobati markazi filialini tashkil etishga kelishildi. Bunda shahar markaziy shifoxonasi fizioterapiya bo‘limida davolash ishlari Xitoy anʼanaviy tibbiyoti usullari tatbiq etiladi. Shu bilan birga bo‘sh turgan bino negizida xususiy klinika - Xitoy tabobat markazi ham tashkil etiladi.
Shuningdek, “Shanxi Dayun Automobile Manufacture” kompaniyasining sotuv bo‘yicha menejeri janob Xeydi bilan Yangiyer shahrida “Dayun” brendi ostida turli xil elektromobil va elektroskuterlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. Shuning bilan viloyatimiz vakillarining amaliy safari yakunlandi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi