Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +35.2C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Maktabdan tashqari taʼlim: muammo va yechimlar” mavzusida 1-Respublika forumi o‘z yakuniga yetdi

Guliston shahrida ikki kun davom etgan forum doirasida ishtirokchilar “Barkamol avlod” bolalar maktabida ham bo‘lishdi.

Unda qatnashchilar maktab faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda to‘garakdagi mashg‘ulotlar jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Forum yakunida viloyat musiqali drama teatrida forum ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev va viloyat hokimi o‘rinbosari Shavkat Zayniddinov ishtirok etdi.

Tadbir avvalida maktabdan tashqari taʼlim tizimining yoshlarni barkamol avlod qilib tarbiyalashdagi ahamiyati, vazir ushbu tizimni yana-da rivojlantirish uchun belgilab bergan vazifalar haqida so‘z bordi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng forum ishtirokchilari uchun madaniy tadbirlar ham tashkil etildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish