








Forum ishtirokchilari tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va bunda “Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Bolalar kutubxonalari”, “Yoshlik” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, sohadagi mavjud muammolarni hal etish, tizim xodimlarining bilim va malakalarini doimiy oshirib borish bo‘yicha aniq vazifa va tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova forum davomida mutaxassislar tomonidan bildirilgan tegishli masalalarni hal etish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini bildirib o‘tdi. Jumladan, maktab kutubxonachilarini bibtexnika (jamlanma kitobi, inventar kitobi, kundalik kitobi, kitobxon formulyari, kitob formulyari, alifboli kartochka, qaytaruv varaqasi, cho‘ntakcha) bilan taʼminlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha treninglar tashkil etish choralari ko‘rilishi maʼlum qildi.
Shu bilan birga maktabdan tashqari taʼlimni tashkil etishda xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida masʼul xodimlar va mutaxassislarni xorijiy davlatlarga xizmat safariga yuborish bo‘yicha aniq vazifalar ilgari surildi.
O‘quvchi-yoshlarni sport o‘yinlariga kengroq jalb etish va xalqaro va respublika darajasidagi musobaqalardagi ishtirokini yana-da kengaytirish bo‘yicha masʼullarning axboroti eshitildi hamda kelgusida “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining navbatdan tashqari Qurultoyini o‘tkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Forum doirasida xalqaro darajadagi spikerlar jalb qilinib, ular ishtirokida amaliy-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida olib borilayotgan amaliy ishlar tajribasi o‘rganildi.
Forum tadbirlari ertaga — 20 may kuni davom etadi. Unda ishtirokchilar Guliston shahrida yangidan qurilgan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Sportni ommaviyligini taʼminlash bo‘yicha xalqaro darajadagi sport ustalarining mahorat mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Kun yakunida Forum tadbirlarida eng faol qatnashgan ishtirokchilar vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
104,9 %
2023 yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
97,1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
904 865 kishi %
2023-yilning yanvar oyi holatiga
100,9 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
104,5 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
109.1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi