Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +27.1C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Xitoy kompaniyasi Sirdaryoda genetik markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yadi

Sirdaryoda O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma loyihasi doirasida genetika markazi ishga tushadi. Bu esa yiliga 5 ming nafar chaqaloqlarda 48 turdagi skrining tekshiruvlarni o‘tkazish, chaqaloqlarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va davolash imkonini beradi.

— Xitoyda, qolaversa, dunyodagi ko‘pgina mamlakatlarida bolalarda uchrayotgan genetik kasalliklarni aniqlash va tashxislashda o‘z nufuziga ega bo‘lgan "BGl Genomies" kompaniyasi bilan innovatsion loyihalar asosida hamkorlik aloqalarini o‘rnatganmiz, — deydi Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova. — Sirdaryoga taqdim etayotgan yangi loyihamiz nogironlikka sabab bo‘luvchi genetik kasalliklarni aniqlashga va tashxislashga mo‘ljallangan bo‘lib, genetik kasalliklar sabab nogiron bo‘lib qoladigan bolalar sonini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.

Shu maqsadda Sirdaryoga tashrif buyurgan Xitoyning "BGl Genomies" kompaniyasi, uning MDH davlatlar bo‘yicha vakili Jun Cheng xonim Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi vakillari "Ona va bola" skrining markazi faoliyatini ko‘zdan kechirib, bolalarda uchrayotgan genetik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va tashxislash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, kelgusida Sirdaryoda genetika sohasini rivojlantirish, 48 turdagi genetik kasalliklarni aniqlash va tashxislashga ixtisoslashgan markaz faoliyatini davlat-xususiy sherikchilik asosida yo‘lga quyish masalasi yuzasidan fikr almashishdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish