Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Kurash bo‘yicha viloyat prokurori kubogi Guliston shahar jamoasiga nasib etdi

Guliston shahridagi "Alpomish" sport majmuasida viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, Kurash federatsiyasi, viloyati Yoshlar siyosati va sport Bosh boshqarmasi tomonidan kurash milliy sport turi bo‘yicha 18 yoshdan oshgan sportchilar o‘rtasida viloyati prokurori Kubogi uchun kurash musobaqasi o‘tkazildi.

Chempionatda viloyatning barcha tuman (shahar)laridan ishtirok etgan 200 nafarga yaqin polvonlar 7 ta vazn toifasida chempionlik uchun bellashishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan, murosasiz o‘tgan bahslarda 32 nafar g‘oliblar saralab olinib, ularga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev hamda viloyat prokurori Savid Imatovlar tomonidan chempionlik medallari, diplomlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish