Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Hududlarda 2023 yil hosili uchun chigit ekish ishlariga kirishilmoqda

Hududlarda 2023 yil hosili uchun chigit ekish ishlariga kirishilmoqda

Xususan Sirdaryo, Boyovut, Sardoba, Sayxunobod va Oqoltin tumanlarida chigit ekish ishlarini tizimli tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminarlar o‘tkazildi.

Unda sektorlar rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. Soha mutaxassislari tomonidan chigitni maqbul muddatlarda, tez va sifatli ekib, undirib olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Mavjud texnikalar kuchidan oqilona foydalanish, shuningdek, barcha moddiy resurslar, urug‘lik chigit, yoqilg‘i moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar bilan taʼminlash vazifalari belgilab olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish