Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Xush kelding, Navro‘z!
Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida Guliston shahridagi “Markaziy yurt bog‘i”, “Bilimdonlar maskani” hamda viloyat musiqali drama teatri hududida bugun erta tongdan bayram tadbiri hamda xalq sayllari tashkil etildi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Dastlab mehmonlar ko‘klam nafasi ufurib turgan maydonda tashkil etilgan hududlarning o‘ziga xos jihatlarini namoyon etgan bayram dekoratsiyalari, milliy hunarmandchilik buyumlari, bahoriy taomlar ko‘rgazmasi, sportchi yoshlarning ko‘rgazmali chiqishlari, milliy o‘yinlar musobaqalarini tomosha qilishdi.

Tantanali bayram tadbirining badiiy qismida so‘z olgan viloyat hokimi barchani sharqona yangi yil – Navro‘z bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, futbol bo‘yicha U-20 Osiyo Kubogi g‘olibi, chempionatining “Eng yaxshi futbolchisi” sirdaryolik Abbos Fayzullayevning ota-onasiga viloyatimiz ahli nomidan “Umra” safariga yo‘llanma berildi.

O‘ylaymizki, keyingi jahon chempionatlarida ham vatanimiz bayrog‘ini yuqori cho‘qqiga ko‘tarishda Abbosbekning hissasi katta bo‘ladi. Jamoatchilik kengashi bilan kelishib, 2023-yil aprel oyida sizlarni (Abbos Fayzullayevning ota-onasiga qarab) Umra safariga yuborish bo‘yicha qaror qabul qildik”, dedi A.Maxmudaliyev.

Bayram tadbirida dilrabo taronalar, ko‘ngilochar dasturlar, badiiy havaskorlik va folklor jamoalarining chiqishlari barchaga o‘zgacha kayfiyat, ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish