Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Navro‘z — birdamlik va rizq-ro‘z bayramidir
Navro‘zi olam o‘zining yangilanish, bahor nafasini boshlab kelishi xalqimiz qalbiga chuqur singib ketgan. Har qaysi oila, har qaysi mahallada shodu xurramlik olib kirishi bilan qadrli milliy bayramdir. Bu kunda yurtimizning har bir go‘shasida bahoriy taomlaru, turli milliy o‘yinlarga alohida urg‘u beriladi.

Viloyatning Sayxunobod tumani “Nurli yo‘l”, Mirzaobod tumani “Nurafshon, Xovos tumani «Sharqobod» hamda Boyovut tumani “Sohil" va "Uchturgon”, Guliston tumani Furqat, Sardoba tumani “Qo‘yitosh", “Navro‘z”, “Bo‘ston”, Oqoltin tumani “Ko‘rkam diyor” mahallalarida bayram sayllari, milliy o‘yinlar va sport musobaqalari o‘tkazildi.

Doshqozonlarda ming dardga davo milliy taomlarimizdan sumalak qaynadi. Osh, halim va ko‘ksomsa bayram dasturxonining ko‘rkiga aylanadi. Bir tomonda milliy o‘yinlar dorboz, belbog‘li kurash va polvonlar chiqishlari bo‘lsa, bir tomonda xalq qo‘shiqlari asosida laparu-o‘lanlar yangradi.

Joylardagi mahallalar qatori Sirdaryo tumanida joylashgan muruvvat uyida ham bayram dasturxoni hozirlanib, mehr-saxovat ifodasi sanalgan ayyom nishonlandi.

Bizga meros qolgan udum va anʼanalar bugun barcha mahallalarda davom etayotganligi tinchligimiz, mustaqillik neʼmatidir. Zero, tinch yurtga mana shunday bayramlar, to‘ylar yarashadi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish