






Dehqonchilikda ekin ishlarini o‘z vaqtida bajarish hosildorlikning asosiy garovi sifatida qaraladi. Shu maqsadda mavjud ekin yer maydonlaridan samarali foydalanish, chigit ekish ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda bu boradagi vazifalarni belgilab olish maqsadida Boyovut tumanida ko‘rgazmali amaliy seminar tashkil etildi.
Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev, viloyat, tumanlar sektorlari rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Seminarda viloyat rahbari qishloq xo‘jaligiga masʼul bo‘lgan mutasaddilar oldida turgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Taʼkidlanishicha, Sirdaryoda joriy yil hosili uchun 77 ming 500 gektar maydonda chigit ekish rejalashtirilgan. Ishlarni sifatli tashkil etish va amalga oshirish uchun viloyat bo‘yicha 197 ta otryadlar tuzilgan.
Shuningdek, tadbirlar so‘z olganlar tomonidan har bir hududda yer tekislash, pushta olish, pushta suvi berish tadbirlarining amalga oshirilishi tahlil qilindi va soha mutaxassislari tomonidan chigit ekish, parvarishlash va zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi