Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +13.4C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Xorijiy investorlar bilan uchrashuv
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev Vetnam va Yaponiya investorlari taʼsischiligida tashkil etilgan "Mareven Food Pamir" MCHJ XK rahbariyatini qabul qildi.

Korxona bosh direktori Rustam Aysarov Sirdaryoda tez tayyorlanadigan makaron mahsulotlari va ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 60,8 million dollarlik 450 dan ortiq ish o‘rniga ega yirik ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish niyatida ekanligini bildirdi.

Loyiha bir necha bosqichda bajariladi. Bunda ishlab chiqarishni ishga tushirishning birinchi bosqichi 2023-yilga, yakuniy qismi 2031-yilga mo‘ljallangan. Kelgusida meva va sabzavotlarni qayta ishlash, un singari yangi turdagi mahsulotlar hisobidan ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish ham rejalashtirilgan.

Muzokaralar davomida viloyat hokimi tomonidan viloyatning mavjud ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi, investitsion salohiyati haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar aniq amaliy chora-tadbirlar ko‘rishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va kelgusida bu boradagi muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish