
Bemor Tovboy Yaxshiboyev — 68 yoshda. Sayxunobod tumanining Gulbuloq mahallasidan. U mazkur muassasaga bir necha kun muqaddam arterial qon bosimi 220/160 mm. simob ustunidan tushmaganligi va qilingan muolajalar samara bermagani sababli murojaat qilgan.
Markaz mutaxassislari tomonidan funksional va laborator tekshiruvlar o‘tkazilgach, bemorning buyrak arteriyasida aterosklerotik torayish aniqlandi. Shundan so‘ng unda yuqori texnologik stentlash operatsiyasi bajarildi.
Amaliyotdan so‘ng qisqa vaqt ichida bemorning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgardi. Shikoyatlar kamayib, umumiy ahvoli yaxshilandi. Hozir u shifokorlar nazorati ostida kerakli muolajalarni olmoqda.
Markazimizda rentgen-endovakulyar xirurgiya bo‘limining ochilishi uyqu, oyoq, son, qorin, o‘mrov suyak hamda buyrak arteriyalarida yuqori turdagi noyob tashxislash va davolash usullarini o‘tkazish imkonini bermoqda, — deydi filial direktori Shuhrat Husanov. — Bu esa o‘tkir miokard infarktga chalingan og‘ir bemorlarni sog‘lom hayotga qaytarish, ularning umrini uzaytirish imkonini berayotir.
Maʼlumot o‘rnida aytish lozimki, bugungacha mazkur muassasada mingdan ortiq bemorda koronarografik tashxislash, besh yuzdan ortiq kishida esa murakkab stentlash operatsiyasi amalga oshirildi. Bundan tashqari, yurak nuqsoni bor bolalarga okklyuder o‘rnatish yo‘lga qo‘yildi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi