
Joriy yilning aprel oyida Guliston shahrida ИИИ Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda ishtirok etishi kutilayotgan mahalliy va xorijiy ishtirokchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida ayni kunlarda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun aytish lozimki, Sirdaryo viloyatida ham baxshichilik sanʼati vakillari bor. Xususan, baxshi Saidmurod Gulmurodovning o‘g‘li Dilmurod Gulmurodov ayni paytda mamlakatimizning taniqli yosh baxshilaridan biri sanaladi. Qolaversa, uning olti nafar shogirdi ushbu sanʼat sirlarini o‘rganmoqda. Guliston shahridagi 2- bolalar musiqa va sanʼat maktabida havaskor baxshi Bozorboy Qodirov boshchiligida faoliyat yuritayotgan baxshichilik to‘garagida esa 10 nafar o‘quvchi ayni sanʼat yo‘nalishidan saboq olmoqda.
— Festivalga puxta tayyorgarlik ko‘rish bilan birga, unda faol ishtirok etishni ham maqsad qilganmiz, — deydi Sirdaryo viloyati madaniyat boshqarmasi xalq ijodiyoti va havaskorlik sanʼatini rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi Abduvaqqos Rahmonov. — Yaʼni mazkur sanʼat bayramida baxshilarimiz qatorida 37 ta havaskor jamoalarimiz ham qatnashishga hozirlik ko‘rmoqda.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi