



"Sulpak komputers" MCHJ 2020 yilning aprel oyida ish boshlagan. Akmaljon Maxmudaliyev uning ish jarayonini, mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Qiymati 3,5 mln AQSH dollari bo‘lgan korxona yog‘ochdan shpon, faner, plita va panellar, akril, MDF va laminat ishlab chiqaradi.
Iqtisodiy zonadagi yana bir korxona - "Inter trading group" masʼuliyati cheklangan jamiyatida yiliga 74 ming tonna un tayyorlanadi. Bu yerda korxonaning ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishildi.
"Euratsian industrial union" korxonasi ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur korxonada yiliga 90 ming quti penopolistirol plintuslar ishlab chiqarilmoqda.
Suv o‘tkazmaydigan doska chiqaradigan "Eco vood plyus" korxonasida esa 60 kishi mehnat qilmoqda. Yillik eksport hajmi esa 7,5 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Viloyat hokimi korxonalarda mahalliylashtirish darajasini oshirib, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yana-da kengaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi