Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +13.4C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun salomatlik aksiyasi o‘tkazilmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 1 fevralidan 1 martiga qadar tashkil etilgan «Qishloq xo‘jaligi xodimlari salomatligi oyi» aksiyasi Sirdaryo viloyatida ham qizg‘in davom etmoqda.

Agrar soha xodimlari - fermer, dehqon va bog‘bonlar, obodonlashtirish, klaster xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun tuman tibbiyot birlashmalari va ularga qarashli oilaviy shifokorlik, qishloq vrachlik punktlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik, skrining tekshiruvlar tashkil etilyapti.

Xususan, Boyovut tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik hamda skrining tekshiruvlariga 3 ming 278 nafar dehqon-fermer va ularning oila aʼzolari qamrab olindi.

Ushbu aksiyaning shu kunlarda boshlangani agrar soha xodimlari uchun ayni muddao bo‘ldi, — deydi Boyovut tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov. — Bilamizki, oldinlari boshqa soha xodimlari uchun shu turdagi tibbiy ko‘rik, skrining tekshiruvlar tashkil etilgan. Yurtimizda ilk marotaba tashkil etilgan mazkur tibbiy ko‘rik agrar soha xodimlari, ishchi-xizmatchilariga sog‘liklarini mustahkamlashlari uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Ular nevropatolog, kardiolog, ginekolog, onkolog, stomatolog, oftalmolog, xirurg, pediatr va boshqa tor doiradagi malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, zarur tibbiy tavsiyalar olmoqdalar.

Aksiya viloyatning barcha tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish