Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan davlat tibbiy sug‘urta tizimi orqali qanday natijalarga erishildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PQ-4890-sonli qaroriga muvofiq 2021 yil 1 iyuldan boshlab Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini tajriba-sinov tariqasida joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

O‘tgan vaqt davomida tibbiy xizmatlar xaridi yo‘lga qo‘yildi, tibbiyot muassasalari bir satrda moliyalashtirilmoqda, ularga moliyaviy mustaqillik berildi. Viloyat shifoxonalarida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar asoratlari bilan shifoxonada yotish kamaydi. Misol uchun, infarkt – 7 foizga, insult – 9 foizga, bronxial astma – 2,5 foizga kamaydi. Shifoxonalarga yo‘llanma asosida murojaat 45 foizdan 85 foizga oshdi. Bemorlarni asossiz yotqizish 45 foizdan 20 foizga kamaydi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining kunduzgi shifoxonalarida davolanganlar soni 75 foizga oshgani davlat tibbiy sug‘urtasi tizimining ijobiy jihatlarini o‘zida aks ettiradi.

Shuningdek, alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun dori vositalarini elektron retsept asosida dorixonalar tomonidan bemorlarga bepul berish va sarf-xarajatlarini qoplash tizimi (keyingi o‘rinlarda – reimbursatsiya tizimi) joriy etilishi natijasida arterial gipertoniya, qandli diabetning 2 turi, astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi) kabi surunkali kasalligi bo‘lgan bemorlarga – 11 turdagi dori vositasini bepul berilmoqda. Har bir muassasada kafolatlangan hajm doirasida bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatilib, qabulga oldindan yozilish imkoniyati tufayli, navbatlarning oldi olinmoqda. Shifokor oldi ko‘rigi xonalari tashkil etilib, oilaviy shifokor va hamshiralar jamoa bo‘lib ishlashi yo‘lga qo‘yildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish