Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Akmaljon Maxmudaliyev Boyovut tumani markazidagi ko‘p qavatli uylar, yirik ishlab chiqarish quvvatlari va dehqon bozori faoliyati bilan tanishdi

Dastlab, “Agro Global” MCHJ tomonidan joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ipakni qayta ishlash va undan gilam to‘qish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, dastlabki bosqichda ipak xom ashyosidan ip ishlab chiqariladi, keyinchalik gilam to‘qish yo‘lga qo‘yiladi. Ustoz-shogird anʼanasi asosida shu sohaga qiziquvchilar o‘qitilib, so‘ng ishga qabul qilinadi. Pirovardida 120 nafar aholi ish bilan taʼminlanadi. Umumiy qiymati 1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan fabrikada to‘qilgan gilamlarni Yevropa davlatlariga eksport qilish mo‘ljallanmoqda.

So‘ngra, viloyat hokimi “Boyovut techno cluster” MCHJning umumiy qiymati 20,7 million AQSH dollariga teng, ayni kunda 450 nafarga yaqin ishchi mehnat qilayotgan ip yigiruv fabrikasida ishlab chiqarish jarayonini ham ko‘zdan kechirdi.Bugungi kunda tumandagi 300 dan ziyod xotin-qizlar mehnat qilayotgan "Stella moda" tikuv fabrikasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda ishchilarga yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi. Korxona taʼsischilari va ishchilari bilan suhbatlashildi.

Shuningdek, Akmaljon Maxmudaliyev “Maʼnaviyat” mahallasida aholi vakillari bilan uchrashib, hududda yechimini kutayotgan muammoli masalalar xususida fikr almashdi.

Dehqon bozorida sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, bozor atrofini tartibga keltirish va avtomobilda tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratish bo‘yicha tuman masʼullariga vazifalar belgilab berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish