Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +13.4C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Viloyat bojxona boshqarmasida “26 yanvar – davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev, sektorlar rahbarlari, boshqarma shaxsiy tarkibi va faxriylar ishtirok etdi.

Viloyat hokimi soha xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etar ekan, ular tomonidan erishilgan ijobiy natijalarni alohida eʼtirof etdi.

Bugungi kunda viloyatda “Sirdaryo” va «Xovosobod» chegara bojxona postlari, “Oqoltin” va “Malik” chegara punktlari, «Sayxun», “Guliston”, «Xovos» tashqi iqtisodiy faoliyat va “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qayd etish kerakki, 2022 yil mobaynida viloyat bo‘yicha tashqi savdo tovar aylanmasi 875,1 mln AQSH dollarni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 294,7 mln AQSH dollariga oshgan. Shundan, bojxona rejimida 300,6 mln AQSH dollarga teng bo‘lgan tovarlar dunyoning 36 tadan ortiq davlatlariga eksport qilingan. Shuningdek, 2022 yilda davlat byudjetiga bojxona to‘lovlari tushumi 592 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan 2021 yilga nisbatan 183 mlrd so‘mga oshganligini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, 2022 yilda tadbirkorlar va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga 1,3 trln so‘m bojxona to‘lovlaridan imtiyoz va preferensiyalar qo‘llanilgan. Bu esa o‘z navbatida tejalgan mablag‘larni tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va texnologik asbob-uskunalarini modernizatsiya qilish uchun yo‘naltirishga imkon yaratdi.

O‘tgan yil davomida viloyatimizdagi chegara bojxona postlari orqali 1 215 666 nafar yo‘lovchilar hamda 170 456 ta avtotransport vositalari harakatlangan. Ushbu davr mobaynida bojxona xodimlari tomonidan 552 ta kontrabanda holatlari aniqlanib, 24,2 mlrd so‘mlik noqonuniy tovar moddiy-boyliklari ushlab qolingan.

Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Jaxangir Xatamovga "Bojxona xizmati polkovnigi" maxsus unvoni, 9-sonli umumtaʼlim maktab o‘quvchisi Sevinchoy Isroilovaga “Yosh bojxonachi” ko‘krak nishoni hamda bir guruh xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish