








Bugun erta tongdan "Yoshlar markazi"da o‘tkazilgan tadbirda o‘zida xalqimizga xos insoniylik, mehr va oqibat ruhini aks ettirgan "Inson qadri uchun – mehr karvoni" aksiyasiga start berildi.
Shu yerning o‘zida 100 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchini yo‘qotgan va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan yigit-qizlarga bosh-oyoq issiq kiyim va o‘zbek jadidchiligining 8 nafar yirik vakili — G‘ulom Zafariy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, asarlari haqidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan “Jadidlar” to‘plami topshirildi.
Shuningdek, aksiya doirasida bugunning o‘zida viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida yashovchi 1 000 nafar ana shunday toifadagi yoshlar holidan xabar olinib, mehr-muruvvat ko‘rsatildi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi