Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda 30 turdagi yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti yo‘lga qo‘yildi
Viloyatda yurak qon tomir tizimida muammosi bor, jarrohlik uchun moddiy imkoniyati yo‘q 136 nafar bemorda davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan yurak koronar arteriyalarida yuqori texnologiyali diagnostika va stentlash amaliyoti o‘tkazildi.

Ushbu amaliyot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialining «Rentgenendovaskulyar» xirurgiya bo‘limida sirdaryolik mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi.

Bu turdagi yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti uchun filial va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan, davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan 829 million va 357 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari yo‘naltirildi.

— O‘tgan yili mutaxassislarimiz tomonidan yurak, yurak qon tomir tizimida bir qator yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bajarildi, - deydi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali direktori Shuhrat Husanov. — Jumladan, 856 nafar bemorda koronarongiografiya tekshiruvlari, 324 nafar bemorda koronar arteriyalarida stentlash, 2 nafar bemorda EFT va RTA amaliyotlari, 3 nafar bemorga doimiy elektrokardiostimulyator o‘rnatish amaliyoti, 5 nafar bemorda kam uchraydigan yurak tug‘ma nuqsoniga okklyuder quyish, 22 nafar bemorga shuntografiya, 3 nafar bemorga ventrikulografiya o‘rnatish ishlari bajarildi. Yuqorida ko‘rsatib, aytib o‘tilgan amaliyotlar uchun bundan bir, bir yarim yil muqaddam sirdaryolik bemorlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markaziga, Rossiya va Hindiston kabi davlatlarga borishga majbur bo‘lar edi.

Viloyatdagi «Rentgenendovaskulyar» xirurgiya bo‘limida yurak qon tomiri tizimi bilan bog‘liq kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga yordam ko‘rsatish maqsadida 30 turdagi yuqori texnologik amaliyotlar yo‘lga qo‘yildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish